4-mavzu. Grafik modellashtirish. Loyihalash jarayonida amaliy da
Grafik modellashtirish dasturini asosiy modullari va funksiyalari. 3D Studio Max dasturida ob’yektlar yaratish.
Ob’yekt toifalari.3 Ds max dasturi yordamida ob’yektni bir necha
toifalarga ajratish mumkin:
✓
Geometry (Geometriya)
✓
Shapes (Shakllar)
✓
Lights (Yorug’lik manbai)
✓
Camers (Kameralar)
✓
Helpers (Yordamchi ob’yektlar)
✓
Space Wars (deformasiya hajmlari)
✓
Systems (qo’shimcha qurilmalar).
3D MAX dasturi orqali standart sodda geometrik shakllarni ixtiyoriysini
qurish mumkin.Biz quyida misol tariqasida paralellopipedning panjarali (karkasli)
qurilishini ko‘rib o‘tamiz.
Buning uchun Create (yaratish) buyruqlar panelidagi Geometry
(geometriya) ob’yektiga kiramiz,natijada ob’ektga ta’lluqli tugmalari ro‘yxatidan
Extended Primitives (sozlangan sodda shakllar) tanlanadi va Object Type (ob’ekt
turi) Compound Objects - article Systems Patch Grids MURBS Surfaces Dynamiks
Objekts ro‘yxatidan oddiy 7 qulay turlariga mos keluvchi yozuvli tugmalar paydo
bo‘ladi.
So‘ngra Chamfer Box (paralellopiped) tugmasi tanlanadi. Buyruq panelining
quyi qismida uch yozuv : Creation Method (yaratish usuli),Keybo‘rd Entry (klavia-
turali kiritish) va Parameters (parametrlar) paydo bo‘ladi.Sichqonchaning chap
tugmasi bilan Perspective proyeksiyasi oynasini tanlang va tugmani qo‘yib
yubormasdan, parallelepiped asosini chizish uchun ko’rsorni diagonal bo‘yicha
tortib boramiz, Parameters (parametrlar) da length (uzunligi) va Width (kengligi)
parametrlar miqdorining o‘zgarishini kuzating).Asos uzunligi va kengligini
o‘rnatish uchun sichqon tugmasini qo‘yib yuborish mumkin.Paralellopiped
balandligini berish uchun sichqoncha ko’rsatgichini yuqorida qo’yib yuborilgan
nuqtada ko’rsorni joylashtirish va sichqonchaning chap tugmasini bosib, so’ngra
ko’rsorni biror masofa yuqoriga siljiting va yana chap tugmasini bosish kerak
bo‘ladi.Hozir siz o‘lchagan masofa,450 burchak bilan qirqiluvchi faska kengligiga
teng bo‘ldi.Faska balandligini shuningdek Fillet (faska) parametri yordamida ham
berish mumkin.Faska sirtini siliqlovchi Smooth (silliqlash) reji- mini ulagach,
natijada, yasalgan parallelepiped ko‘rsatilgan ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak.
Biz segmentlar soni birga teng bo‘gan paralellopiped hosil qildik.