yoqlardan iborat bo‘lgani uchun,ularga namoyish silliqligini berishda turli
silliqlash algoritmlari foydalaniladi. Bu texnologiya asosan 3D o‘yinlarni va
virtual
borliqni yaratishda keng qo‘llanadi.
4.11-rasm. Poligonal obo‘ektlar.
4.12-rasm. Beze sirti.
Beze sirtlari
(Bezier patches) - bu Beze cho‘qqilarining
joylashishi bilan silliq
sirtlardir.Bu cho‘qqilar sirtga urinma vektorlar (tangent) uchlarida joylashgan
qo‘shimcha boshqaruvchi nuqtalar (control points)
yordamida sirtni egriligini
aniqlaydi.
Bu sirtlar hisoblash tizimi uchun ma’lum qiyinchiliklarni to’g‘dirishiga
qaramay, ular yordamida murakkab egri chiziqli ob‘ektlarni modellashtirish
mumkin.
NURBS sirtlar
- bir jinsli bo‘lmagan egri chiziqli sirtlarni
modellashda ishlatiladigan eng universal va samarali vositadir.Bunday
sirtlar
maxsus to‘rt o‘lchovli bir jinsli fazoda ifodalanadi.Unda har bir boshqaruvi
cho‘qqi, uchta X, Y, Z koordinatadan tashqari qo‘shimcha vazn (weigat) tavsifiga
ham ega.Cho‘qqining o‘rni va nisbiy vaznini o‘zgartirish orqali obo‘ekt shaklini
aniq boshqarish mumkin.