4-mavzu. Grafik modellashtirish. Loyihalash jarayonida amaliy dasturlarni grafik imkoniyatlaridan foydalanish. Reja



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix01.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#151373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4-mavzu. Grafik modellashtirish. Loyihalash jarayonida amaliy da

Fraktal grafik – 
bu matematik tenglamalar yordamida tashkil etiladigan tasvirdir. 
Eng sodda fraktal ob’ekt sifatida qor uchqunlarini,yoki paporotnik bargini keltirish 
mumkin.Shuning uchun ham fraktal ob’ekt chizish yoki bezash asosida emas, balki 
programmalashtirish asosida hosil bo’ladi.Kompyuterda tashkil qilingan turli 
o’yinlarda ham fraktal grafikasidan foydalaniladi.Fraktal grafikasi kompyuter 
xotirasida saqlanib turmaydi.Har bir tasvir tenglama yoki tenglamalar sistemasi 
asosida quriladi.Fraktal grafikadagi tenglamaning biror koeffitsientini o’zgartirish 
orqali butunlay boshqa tasvirni hosil qilish mumkin. 
Loyihalash jarayonida amaliy dasturlarni grafik imkoniyatlaridan 
foydalanish. 
Sanab o’tilgan kompyuter grafikasi turlarini tashkil qilish va ularni 
boshqarish uchun bir qator programmalar ishlab chiqilgan.Kompyuter grafikasi 
programmasida ishlash juda ham qiziq.«Kompyuter grafikachining o’qitish 
uslubiyati» mavzusi juda qiziqarli mavzulardan biri va talabalar katta qiziqish 
bilan programmaning imkoniyatlarini o’rganadilar.Bunda yangi pedagogik 
texnologiyalardan foydalanish darsning samaradorligini oshiradi. 
Adobe Photoshop dastur haqida umumiy ma’lumot. 
Vektorli grafika muharrirlariga misol qilib Adobe Illustrator, Corel Draw 


va Macromediya Flash dasturlarni aytish mumkin. Ushbu dasturlarda rasmlar har 
xil chiziqlar va qiyshiq vektorlardan iborat bo’ladi. 
Vektorli grafikada yaratilgan rasmlar logotip,illustratsiyalar va zastavkalar 
yaratishda foydalaniladi.Rastrli grafika muxarrirlariga misol qilib 
Adobe 
Photoshop va Paint
dasturlarni aytish mumkin.Ushbu dasturlarda rasmlar mayda 
kvadrat - piksellardan iborat bo’lib mozaika holatida rasmni hosil qiladi.Rastrli 
grafikadan raqamli fotosuratlar va skanerdan olingan rasmlar bilan ishlash 
uchun foydalaniladi.Kompyuter grafikada dyumdagi piksellar soni (ppi) asosiy 
shart bo’ladi.Qancha ko’prok piksellar soni bo’lsa shuncha tasvir sifatlirok 
bo’ladi.Masalan agar ppiq 72 bo’lsa u holda 1 kvadrat dyumga 5184 piskel 
joylashadi va uning xajmi 6 Kb bo’ladi, agar esa ppi 144 bo’lsa u xolda 1 kvadrat 
dyumga 20736 piskel joylashadi va endi uning xajmi 21 Kb ga teng bo’ladi.Shu 
bilan birga monitorning ko’rsatish va printerning chiqarish sifati - dyuymga 
piskellar soni (dpi) (72 yoki 96 dpi) va dyumga chiziqlar soni (ipi) (300-2400 dpi 
lazerli, sepuvchi printerlar uchun va 75-200 dpi matritsali printerlar uchun), 
hamda kompyuter ranglar sifati (2, 16, 256, 32 000, 16 000 000 ranglar soni) ham 
katta ahamiyatga ega bo’ladi.Rang holatlari - ranglarni chiqarish va ko’rsatish 
yo’li. Rang xolatlari 2 xil bo’ladi:RGB (qizil, zangor, kuk) monitorlarda tasvir 
ko’rsatishda foydalaniladi,CMYK (xavorang, purpur, sariq, qora) bosmada 
foydalaniladi.RGB xolatidagi ranglar soni CMYK xolatga qaraganda ko’proq. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin