do - while operatorning ishlash tartibi:
do xizmatchi so’zidan
keyingi operatorlar bajariladi, keyin while xizmatchi so’zidan
keyingi shart tekshiriladi. Agar shart rost (true) natija bersa do xizmatchi so’zidan keyingi
operatorlar qayta bajariladi.
Shart qayta tekshiriladi, bu jarayon shart yolg’on ( false) natija
berguncha takrorlanadi. Qachon while xizmatchi so’zidan keyingi shart yolg’on ( false )
qiymatga ega bo’lsa, boshqarilish do - while operatoridan keyingi operatorga uzatiladi.
while operatorining umumiy ko’rinishi:
while ( shart ) {
sikl_tanasi;
}
while operatori sikl tanasida qanday operatorlar bo’lishi mumkin?
sikl_tanasi ixtiyoriy operator yoki operatorlar majmuidan iborat bo’lishi mumkin.
while sikl operatorning ishlash tartibi:
Agar ( shart ) rost ( true ) qiymatga ega bo’lsa, sikl_tanasi bajariladi.
Qachonki shart
yolg’on (false) qiymatga teng bo’lsa sikl tugatiladi.
Agar ( shart ) true qiymatga ega bo’lmasa sikl tanasi biror marta ham bajarilmaydi.
while sikl operatoridan qanday chiqiladi?
while sikl operatoridan, qachon ( shart ) false (yolg’on) qiymat qabul qilsa chiqiladi.
Ya’ni boshqarilish while operatoridan keyingi operatorga uzatiladi. Agar ( shart ) false qiymat
qabul qilmasa, while sikl operatoridan chiqib ketilmaydi va bu jarayon sikllanib qolish deyiladi.
Programmalash san’ati. do - while va while sikl operatorlarida
sikl tanasi sifatida
faqat bitta operator ishlatiladigan bo’lsa, bu operatorni blok orasiga { } olmasdan ham yozish
mumkin. Lekin professional programmistlar har qanday holda sikl tanasini blokka { } olib
yozishni tavsiya qilishadi. Bu esa sodir bo’lishi mumkin bo’lgan mantiqiy xatoliklarning oldini
oladi.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Mantiqiy turga tegishli bo’lgan o’zgaruvchilar qanday qiymatlarni qabul qiladi?
2. C++ tilida mantiqiy tur
kimni sharafiga bool kalit so’zi bilan ifodalangan?
3. “
Bul algebrasi” da mantiqiy mulohazalar ustida nechta
amal aniqlangan va ular
qaysilar?
4. Shart operatorining nechta ko’rinishi mavjud?
5. Takrorlash operatorini qanday turlari bor?
6. Tanlash operatorini qanday ishlatiladi?
7. Ma’lumotlarni qanday turlari bor?