4-мavzu. Mantiqiy dasturlash texnologiyasi. Reja



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix17.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#99079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-ma\'ruza

algoritmi. 
 
#include  
#include  
#include 
using namespace std; 
int main(int argc, char *argv[]) 
{ unsigned int a
/*berilgan musbat sonni a o’zgaruvchisiga o’qish*/ 
scanf("%d",&a); 
/*bo’luvchilar soni va bo’luvchini o’zida saqlovchi 
o’zgaruvchilar*/ 
int k=0,i=0; 
do { i++; 
/*berilgan son bo’luvchilarini topish,ularni miqdorini 
hisoblash va chop etish*/
if(!(a%i)){ k++; 
cout<cout<<"\n";}} 
while(a>=i); 
/*son bo’luvchilari miqdorini chop etish*/ 
cout<system("PAUSE"); 
return EXIT_SUCCESS;} 


Tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash. 
Mantiqiy tur − mantiqiy ifodalarning qiymatlarini qabul qiluvchi o’zgaruvchilarni e’lon 
qilishda ishlatiladi. Bu turga tegishli o’zgaruvchilar 0 (yolg’on) yoki 1 (rost) qiymatlardan birini 
qabul qiladi.
Dasturlash tillarida tuzilgan mantiqiy ifodalar to’liq matematik mantiq qonuniyatlariga 
asoslanadi. 
Matematik mantiq − fikrlashning shakli va qonuniyatlari haqidagi fan. Uning asosini 
mulohazalar hisobi tashkil qiladi. Mulohaza – bu ixtiyoriy jumla bo’lib, unga nisbatan rost yoki 
yolg’on fikrni bildirish mumkin. Masalan «-5>-25», «11–juft son», «Toshkent-Hindistonning 
poytaxti», «Samarqand−tarixiy shahar» va hokazolar. Lekin «78 987 256 katta son» jumlasi 
to’g’ri mulohaza hisoblanmaydi, chunki «katta son» tushunchasi juda ham nisbiy, ya’ni katta son 
deganda qanday sonni nazarda tutish aniq emas. Shuning uchun ham yuqoridagi jumlaning rost 
yoki yolg’onligi haqida fikr bildirish qiyin. Mulohazalarning rost yoki yolg’on bo’lishi 
holatlarga bog’liq ravishda ham o’zgarishi mumkin: Masalan, «hozir soat 13.00» jumlasining 
rost yoki yolg’onligi qaralayotgan vaqtga bog’liq. Xuddi shunday «x>0» ifodaning qiymati x 
o’zgaruvchisining qiymatiga bevosita bog’liq bo’ladi. 
C oilasidagi dasturlash tillarida mantiqiy ifodalar qurish uchun quyidagi taqqoslash 
amallari kiritilgan “>” (katta), “<” (kichik), “>=” (katta yoki teng), “<=” (kichik yoki teng), “==” 
(teng), “!=” (teng emas). 
C++ tilida mantiqiy tur «Bul algebrasi” asoschisi, Angliyalik matematik Jorj Bul 
sharafiga bool kalit so’zi bilan ifodalangan.
“Bul algebrasi” da mantiqiy mulohazalar ustida uchta amal aniqlangan: 
Inkor – A mulohazaning inkori deganda A rost bo’lganda yolg’on, yolg’on bo’lganda rost 
qiymat qabul qiluvchi mulohazaga aytiladi. C++ tilida inkor – ‘!’ belgisi bilan ifodalanadi. 
Masalan, A mulohazaning inkori «!A» ko’rinishida yoziladi; 
Konyunksiya − ikkita A va B mulohazalar konyuksiyasi yoki mantiqiy ko’paytmasi «A 
&& B» ko’rinishida yoziladi. Bu mulohaza qiymati A va B mulohazalarning har ikkalasi rost 
bo’lgandagina rost bo’ladi, aks holda esa yolg’on bo’ladi («&&» amali «va» deb o’qiladi). 
Masalan, «bugun oyning 8-kuni va bugun payshanba» mulohazasi oyning 8-kuni payshanba 
bo’lgan kunlar uchungina rost bo’ladi; 
Dizyunksiya – ikkita A va B mulohazalar dizyunksiyasi yoki mantiqiy yig’indisi «A || B» 
ko’rinishida yoziladi. Bu mulohaza rost bo’lishi uchun A yoki B mulohazalardan hech 
bo’lmaganda bittasi rost bo’lishi yetarli. («||» amali «yoki» deb o’qiladi). Masalan, bugun 
“dushanba yoki chorshanba” mulohazasi haftaning dushanda yoki chorshanba kunlari uchun rost 
hisoblanadi;
Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida mantiqiy amallar uchun rostlik jadvali aniqlangan: 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin