4-мavzu. Mantiqiy dasturlash texnologiyasi. Reja



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix17.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#99079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-ma\'ruza

Mulohazalar 
Mulohazalar ustida amallar 


!A 
A&&V 
A||V 




















Mantiqiy tur qiymatlari ustida mantiqiy ko’paytirish, qo’shish va inkor amallarini 
qo’llash orqali murakkab mantiqiy ifodalarni qurish mumkin. Misol uchun, «x–manfiy va y ning 
qiymati [-1..3] sonlar oralig’iga tegishli emas» mulohazasining mantiqiy ifodasi quyidagicha 
bo’ladi: (x<0) && (u<-1) || (y>3). 
Shart operatori 
Programma tuzish mobaynida o’zgaruvchilar qiymatiga qarab u yoki bu natijani qabul 
qilishga to’g’ri keladi. Bu o’z navbatida programmani tarmoqlanishga olib keladi. 
Tarmoqlarning qaysi qismi bajarilishi ayrim shartlarga qarab aniqlanadi.


Biz shartga ko’ra bir necha harakat yo’lidan bittasini tanlaymiz. Misol uchun: agar 
bolaning yoshi 7 ga teng yoki katta bo’lsa u maktabga borishi mumkin bo’lsin. Buni C++ da if ni 
qo’llab yozaylik. 
if (yosh >= 7)
maktab(); 
Bu yerda shart bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin. Agar yosh o’zgaruvchisi 7 ga 
teng yoki undan katta bo’lsa shart bajariladi va maktab() funksiyasi chaqiriladi. Bu holat true 
(to’g’ri) deyiladi. Agar yosh 7 dan kichik bo’lsa, maktab() tashlab o’tiladi. Yani false (noto’g’ri) 
holat yuzaga keladi. 
Shart operatori boshqarishni qaysi tarmoqqa uzatishni ta’minlaydi. Shart operatorining 
ikki xil ko’rinishi mavjud. Operatorning umumiy ko’rinishi va qisqa ko’rinishi. 
Shart operatorining umumiy ko’rinishi: 
if (

else 
;
if agar, else aks holda ma’nolarini anglatadi. 
Shart operatorining qisqa ko’rinishi: 
if ()
 tekshirilishi lozim bo’lgan mantiqiy ifoda 
Agar shart rost (true) qiymatga ega bo’lsa bajarilishi lozim bo’lgan 
operator.
Agar shart yolg’on (false) qiymatga ega bo’lsa bajarilishi lozim bo’lgan 
operator.
if ni qo’llaganimizda ifoda faqat shart haqiqat bo’lgandagina bajariladi, aks holda 
tashlanib o’tiladi. if/else yordamida esa shart bajarilmaganda (false natija chiqqanda) else orqali 
boshqa bir yo’ldan borishni belgilash mumkin. Misolimizni takomillashtirsak. Bola 7 yosh yoki 
undan katta bo’lsa maktabga, 7 dan kichkina bo’lsa bog’chaga borsin. 
if (yosh >= 7) 
maktab(); //nuqta-vergul majburiydir 
else 
bog’cha(); 
Yuqorida if ga tegishli bo’lgan blok bitta ifodadan (maktab()) iborat. Shu sababli nuqta-
vergul qo’yilishi shart. Buni aytib o’tishimizning sababi, masal Pascalda hech narsa 
qo’yilmasligi shart. C++ da bitta ifoda turgan joyga ifodalar guruhini {} qavslarda olingan holda 
qo’ysa bo’ladi. Masalan: 
if (yosh >= 7){ 
cout << "Maktabga!\n"; 
maktab(); 

else{ 
cout << "Bog’chaga!\n"; 
bogcha();

Shart operatori tarkibida ixtiyoriy operatordan foydalanish mumkin. Shu o’rinda Shart 
operatoridan ham.
Misol: Berilgan a sonini juft yoki toqligini aniqlovchi programma tuzilsin. Agar a sonini 
2 ga bo’lganda qoldiq 0 ga teng bo’lsa, bu son juft, aks xolda toq.
#include 
using namespace std;


int main()
{
int a;
cin >> a;
if (a % 2 == 0)
cout << "juft";
else
cout << "toq";
return 0;
}
C++ tili operatorlarni blok ko’rinishida bo’lishiga imkon beradi. Blok ‘{‘ va ‘}’ belgi 
oralig’iga olingan operatorlar ketma-ketligi bo’lib, u kompilyator tomonidan yaxlit bir operator 
deb qabul qilinadi. Blok ichida yangi o’zgaruvchilarni ham e’lon qilish mumkin. Bu 
o’zgaruvchilar faqat blok ichida ko’rinadi, undan tashqarida ko’rinmaydi, ya’ni blokdan 
tashqarida bu o’zgaruvchilarni ishlatib bo’lmaydi. Blokdan keyin nuqtali vergul qoyilmaydi, 
lekin blok ichida har bir operator nuqtali vergul bilan yakunlanishi shart.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin