Takrorlash o’zining kirish va chiqish nuqtalariga ega bo’lib, ba’zan
chiqish nuqtasi
bo’lmasligi ham mumkin. Agar chiqish nuqtasi bo’lmasa cheksiz takrorlanish sodir bo’ladi.
Cheksiz takrorlanish uchun takrorlashni davom ettirish sharti doimo rost bo’ladi.
Takrorlash shartini tekshirish, takrorlanish tanasidagi operatorlarning bajarilishidan oldin
tekshirilishi mumkin (
for, while takrorlash operatorlarida) yoki takrorlanish tanasining
operatorlari bir marta bajarilgandan keyin tekshirilishi mumkin (
do-while).
Takrorlanishlarni tashkil etishda takrorlanishlar soni va qadami oldindan ma’lum bo’lgan
holatlar uchun
for operatoridan,
boshqa hollarda esa while hamda
do-while operatorlaridan
foydalanish maqsadga muvofiq.
C++ programmalashtirish tilida sikl operatorining bir necha xil turi mavjud.
for sikl operatori
do ..
while sikl operatori
while sikl operatori
Yechilayotgan masalaga qarab, programmist o’zi uchun qulay bo’lgan sikl operatoridan
foydalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: