for takrorlash operatorining sintaksisi quyidagicha: for (; ; )
;
Bu operator amal qilishni bajarishdan boshlaydi. Keyin takrorlash qadamlari
boshlanadi. Har bir qadamda bajariladi, agar natija 0 dan farqli yoki rost (true) bo’lsa,
sikl tanasi - bajariladi va oxirida bajariladi, aks holda boshqaruv
takrorlash operatoridan keyingi operatorga o’tiladi. Sikl tanasi – sifatida
bitta operator, shu jumladan bo’sh operator, yoki operatorlar bloki kelishi mumkin. [7]
Sikl takrorlanishi davomida bajarilishi lozim bo’lgan operatorlar majmuasi sikl tanasi
deyiladi. Sikl tanasi sifatida bir yoki bir nechta operatordan foydalanish mumkin.
Agar sikl tanasida bir nechta operatordan foydalanmoqchi bo’lsak bu operatorlarni blok {
} orasiga olishimiz kerak.
for sikl operatorining boshqa imkoniyatlari for sikl operatorida qavs ichidagi ifodalar bo’lmasligi mumkin, lekin ";" bo’lishi shart.
Eng sodda doimiy takrorlanuvchi sikl operatori quyidagicha:
for ( ; ; )
cout << "doimiy takrorlanish";
Agar takrorlash jarayonida bir nechta o’zgaruvchi bir vaqtda sinxron o’zgarishi lozim
bo’lsa, ularni va da zarur bo’lgan o’rinda vergul bilan ajratib yozish mumkin.
#include using namespace std;
int main()
{
int n;
cin >> n;
for (int i = 1, j = 1; i <= n; i++, j += i)
cout << i << " " << j << endl;
return 0;
}
Shuni ham ta’kidlash joizki, C++ tilida for operatorining parametrlari haqiqiy turga
tegishli bo’lishi, takrorlanishlar qadami ham ixtiyoriy holatda belgilanishi mumkin. Bu
imkoniyatlar operatorning keng qamrovli ekanligini bildiradi.
do - while operatorining umumiy ko’rinishi:
do {
operator;
} while ( shart );
Bu yerda do va while xizmatchi so’zlar. ( shart ) sikl tanasi bajarilgandan so’ng, sikldan
chiqish uchun tekshiriladigan shart. (mantiqiy ifoda).