4-Mavzu: Oila tarbiyasi. (4 soat) Reja


Ota-onangiz sizdan rozimi?



Yüklə 62,66 Kb.
səhifə4/20
tarix03.03.2023
ölçüsü62,66 Kb.
#86426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
4-Mavzu Oila tarbiyasi. (4 soat) Reja

Ota-onangiz sizdan rozimi? 
Imom Nasafiydan rivoyat qilinishicha, farzand ota-onasi oldida oltmish sohada burchli va qarzdor ekan. Quyida shularni ba’zisini muxtasar holda alohida-alohida ko’rib chiqamiz.
I.Tan bilan hizmatda bo’lish. 
- Tanu vujudingiz bilan ota-ona hizmatida hoziru nozir turing.
- Gunoh bo’lmaydigan ishga buyurishsa, buyruqlarini shu zahoti, so’zsiz bajo keltiring.
- Hatto hajga yoki ilm izlab ketayotgan bo’lsangiz ham, ularning roziligisiz safarga chiqmang.
- Biror ishni bajarishdan qaytarishsa (agar bu qaytish gunoh bo’lmasa), qayting.
- Ularni ko’rganda o’rningizdan turing va o’ltirganlaridan keyingina o’ltiring.
- Otz-ona bilan ko’chada ketayotganda oldinga o’tib ketmay, bir qadam orqada yuring (faqat loy, muzgarchilikda yoki qo’riqlash ma’nosida oldinda yoki yonida yurishga ijozat beriladi).
- Ularning nomlarini aytib chaqirmang, hazil-mazah qilmang.
- Ular huzurida qovoq solmang, ho’mrayib qaramang.
- Chaqirishsa "labbay" deb huzurlariga tez yetib boring.
- Ular hizmatida ish buyurishsa, erinchoqlik bilan malol ko’rmang.
II.Til bilan hizmatda bo’lish.

  • Ota-onangiz bilan so’zlashganda yumshoqlik va odob bilan gaplashing.

  • So’zlashgan paytda ovozni baland ko’tarmang.

  • Ota-ona huzurida zaruriyatdan ortiqcha gaplarni gapirmang.

  • Gaplashayotganda so’zlarni bo’lib tashlab yoki so’z qistirib ketmang.

  • Ularni so’zlarini also rad qilmang.

  • Ular bilan buyruq yoki ta’na ohangida gaplashmang.

  • Ota-onaga qahr ohangida gapirib, norozi qilmang.

  • Tanbeh bilan gapirmang.

  • Biror xizmat buyurishsa yoki maslahat berishsa "uf" demang.

III. Dil bilan hizmatda bo’lish.

  • Dil-dildan ota-onangizga rahm-shafqat ko’rsating.

  • Ota-onani chin dildan do’st tuting.

  • Ularni shodlik paytlarida hursand bo’ling.

  • Ota-onani g’amgin holatida hamdard bo’ling.

  • Ular tomonidan biror kamchilik o’tsa, ranjimang.

  • Qilayotgan ishingiz yoki aytayotgan gapingiz haq bo’lsa ham, ularga ozor yetkazishdan tiyiling.

  • Ularga ozor bermaslikni doimo niyat qilib yuring.

  • Ulardan jafo ko’rsangiz ham, umrlari uzun bo’lishini tilang.


Yüklə 62,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin