qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni
o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoyishida qayd etilgan.
Ushbu
farmoyish
bilan
tasdiqlangan
«O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga
tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi» doirasida
yurtimizda Asosiy Qonunimizning chorak asrlik to‘yiga bag‘ishlangan turli chora-
tadbirlar amalga oshirildi. Binobarin, hayotimizning Bosh qomusi bo‘lmish
Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida ijtimoiy
hayotning barcha sohalarida
bosqichma-bosqich va tizimli ravishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli
demokratik islohotlarning mustahkam yuridik manbayi
hamda asosiy huquqiy
kafolati hisoblanadi.
12
Prezident Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va 2017-yil 7-
fevralda
tasdiqlangan
2017–2021-yillarda
O‘zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining
normalarida belgilab berilgan demokratik yangilanish hamda modernizatsiya
jarayonlarining
mantiqiy va qonuniy, izchil va uzviy davomidir. «Harakatlar
strategiyasi» davlatimiz va jamiyatimizni rivojlantirishning mutlaqo yangi
bosqichini boshlab berdi.
Talabalar uchun qo‘shimcha ma’lumotlar: O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasida
«fuqaro» so‘zi – 66 marta,
«shaxs» – 30 marta,
«xalq» – so‘zi
esa 25 marta ishlatilgan.