8
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
O‘zbekiston Respublikasi yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning
tarixiy ahamiyati. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritilgach, tabiiy ravishda
davlat mustaqilligi va suverenitetini Konstitutsiya asosida
mustahkamlash zarurati
yuzaga keldi.
O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi dastlab I.A.
Karimov tomonidan 1990-yilning mart oyida ilgari surildi. 1990-yil 20-iyun kuni
bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining II sessiyasida yangi
Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya O‘zbekiston
Prezidenti I.A. Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat
Konstitutsiya loyihasini
tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Komissiya
tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va viloyatlar
vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar,
mutaxassislar kiritilgan.
Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini
ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi. Konstitutsiya
loyihasini ishlab chiqishda
konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari,
demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobiga
olindi. Milliy
davlatchiligimizning tajribasi, Amir
Temur
va boshqa
allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga
asos qilib olindi.
Loyihaning dastlabki varianti 1991-yil oktabr-noyabrigacha
tayyorlab
bo‘lindi. U muqaddima, olti bo‘limga bo‘lingan 158 moddadan iborat edi. Bu
loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq edi. Uning ustida yanada
jiddiyroq va talabchanlik bilan ishlash zarur edi. 1992-yil bahorida esa loyihaning
149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. 1992-yil 26-sentabrda
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi
umumxalq muhokamasi
uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama
jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992-yil 26-
noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida
6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Prezident I.A.
Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o‘zining
katta hissasini qo‘shdi.
1992-yil 8-dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashning XI sessiyasi bo‘ldi. Unda mamlakatning
Asosiy Qonunini qabul
qilish masalasini muhokama qildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin
9
o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib,
shu kuni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi
«O‘zbekiston
Dostları ilə paylaş: