4-mavzu. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Reja: O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. «O‘zbek modeli»



Yüklə 379,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix10.04.2023
ölçüsü379,82 Kb.
#95967
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-mavzu

to‘g‘risida»gi 616-XII-sonli Qonun qabul qilindi. 
Gerbning markazida tasvirlangan – qanotlarini keng yozib 
turgan Xumo qushi – baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Buyuk 
bobokalonimiz Alisher Navoiy Xumo qushini barcha tirik 
mavjudotlar ichida eng saxovatlisi deb ta’riflagan. 
Gerbning yuqori qismida respublikamizning sobit va 
barqarorligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. U «qutlug‘» 



degan ma’noni anglatadi. Uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz 
ifodalangan. 
Quyosh tasviri – davlatimizning yo‘li hamisha nurli bo‘lishi uchun 
bildirilgan yaxshi niyat timsoli. Ayni paytda u respublikamizning noyob iqlim 
sharoitini ham ko‘rsatib turadi. 
Boshoqlar – rizq-ro‘zimiz bo‘lmish g‘allaning timsoli, oppoq bo‘lib 
ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g‘o‘za shoxlari – serquyosh 
yurtimizning dong‘ini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimiz ramzidir. 
Bug‘doy boshoqlari va paxta chanoqlarining davlat bayrog‘iga o‘xshagan lenta 
bilan o‘rab qo‘yilganligi – bu respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining 
timsolidir. 
Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Xumo qushi kumush rangda; quyosh, boshoqlar, 
paxta chanog‘i va «O‘zbekiston» degan yozuv tillarangda; g‘o‘za shoxlari va 
barglari, vodiylar yashil rangda; tog‘lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar
yarim oy va yulduz oq rangda; O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 
tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan. 
Gerb suveren davlatimiz ramzi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda keng 
qo‘llaniladi. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitim va 
shartnomalarida, davlatlararo aloqa va diplomatik hujjatlarda O‘zbekiston 
Respublikasining davlat gerbi tasviri tushirilgan bo‘ladi. Shuningdek, gerb davlat 
ahamiyatiga molik ichki hujjatlarda, davlat korxonalari va muassasalarining 
muhrlarida, o‘zaro aloqa hujjatlarida ham gerb tasviri bo‘ladi. Milliy valyutamiz – 
so‘mda ham davlat gerbi o‘z ifodasini topgan. 
1992-yil 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI 
sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi 768-
XII sonli Qonun qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O‘zbekiston xalq shoiri 
Abdulla Oripov, musiqasi O‘zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan 
tayyorlangan. 
Davlat madhiyasi davlat mustaqilligining timsoli bo‘lib, u O‘zbekiston 
fuqarosida vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otadi. O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib, 
qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib kuylaydilar va tinglaydilar. 

Yüklə 379,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin