4
ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan
choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti
yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib
keldi va bundan
keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
5
Bozor iqtisodiyotiga
bosqichma – bosqich
o‘tib borish
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv iqtisodiy
qonunlarning
talablarini
hisobga
olgan
holda,
o‘tmishdagi «inqilobiy sakrashlar»siz, ya’ni evolyusion
yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichma – bosqich amalga
oshirilishi kerak.
Shunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va
amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Bu barcha tamoyillar demokratik va iqtisodiy
qayta o‘zgartirishlar jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hal
qiluvchi ahamiyat kasb etib, hayot sinovidan o‘tdi.
Amaliy islohotlar jarayonida,
xususan XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish
strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi
faoliyatimizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning XIV
sessiyasida (1999-yil 14-aprel) quyidagi oltita ustuvor yo‘nalish bilan to‘ldirildi:
1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada
erkinlashtirish.
2. Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish.
3. Kadrlar masalasi.
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o‘sishi aholini yanada kuchli
ijtimoiy himoya qilish.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash.
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni,
sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz yaxlitligini ta’minlash.
Islohotlarning
strategik
maqsadlari.
Ijtimoiy
yo‘naltirilgan
bozor
iqtisodiyoti O‘zbekiston davlat suverenitetining iqtisodiy asosi bo‘lib qoldi. Bu
yo‘lni shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo,
iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodini bosqichma-bosqich shakllantirish,
milliy boyliklarning o‘sishini, kishilar turmushi
va faoliyati uchun munosib
sharoitni ta’minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim
yaratish;
ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, kishining mulkdan begonalashuvini
bartaraf etish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama o‘sishi uchun asos
bo‘ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini
ta’minlash;
korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish,
ularning
xo‘jalik ishlariga davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodni
boshqaruvning ma’muriy – buyruqbozlik usullarini yo‘q qilish, iqtisodiy vositalar
va rag‘batlantirishlarni keng qo‘llash;
5
moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanishni,
raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyot tizimiga
kirib borishni ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish va raqobatbardosh
mahsulotlarni ishlab chiqarish;
jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish;
kishilarda
yangicha
iqtisodiy
tafakkurni
shakllantirish,
ularning
dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini qo‘llash sohalari va
shakllarini o‘zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish.
Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy – islohotlarning
asosiy va muhim
tomonlari aniq belgilab olindi. Eng avvalo, birmuncha o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni yaqin vaqtlar ichida hal etishga yordam beradigan asosiy
tarmoqlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi:
mulkiy islohotlar;
institutsional va moliya – kredit islohotlari;
agrar islohotlar;
tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari;
ijtimoiy sohadagi islohotlar.
O‘zbek modelining o‘ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy
qadriyatlarning
qayta tiklanishi, o‘zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning
ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarining tiklanishi va rivojlanishi,
demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi va inson huquqlarining kafolatlanishi
va boshqalarda o‘z ifodasini topdi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari. O‘zbekiston 1991-yil 31-avgustda
mustaqillikka erishgandan keyin mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan
amaliy choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i
to‘g‘risida, respublika gerbining nushasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni
haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasiining ekspert
guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy
Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi
ijodiy guruhi bilan
hamkorlikda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib,
navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi.
1991-yil 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII
sessiyasida 13 moddadan iborat bo‘lgan
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat
Dostları ilə paylaş: