O`yinchoq-ovutmacholar - harakatchan, ko„pincha ovoz chiqaradigan bo„ladi. Ular bolalarni o„zlarining ajoyib xatti-harakatlari bilan quvontiradilar, syujetlari esa vaqtichog„lik bag„ishlaydi.
Qo‘lbola o`yinchoqlarni kattalar bolalar bilan birgalikda tayyorldaydilar va turli ertak, hikoyalarni sahnalashtiriladi. O`yinchoqlarni tayyorlanadigan materiali bo„yicha tayyorlash: hunarmandchilik, qo„lbola, fabrika usullari bor.
Tanili pedagog A.S.Makarenko o`yinchoqlarning 3 turini ajratib ko„rsatgan edi: tayyor o`yinchoqlar, yarim tayyor o`yinchoqlar va o„yin materiallari. Birinchi turi-bolalarni buyumlar va narsalarning rang-barangligi bilan tanishtiradi, tasavvurini o„stiradi. Ikkinchi turi-boladan faol faoliyatni talab qiladi, mantiqan va aqlan o„sishga yordam beradi. Uchinchi turi-bevosita bolaning ijodiy faoliyatini ta‟minlaydi.
Tug„ilgandan 2,5 oylik bolalar uchun mo„ljallangan o`yinchoqlar.
Bu yoshdagi bolalarning asab-ruhiy rivojlanishlariga yordam beradigan yorqin rangdagi turli xildagi o`yinchoqdan foydalaniladi. Bu o`yinchoqlar bolalarning yotoqxonasi va krovatlariga ilib qo„yiladi. Bola bu o`yinchoqlarga
qaraydi, ularni ko„zdan kechiradi, tanish tovush uni o„ziga darhol jalb qiladi, tinchitadi va quvontiradi.
6-9 oylik bolalarga yorqin rangdagi ovoz chiqaruvchi shiqildoqlar, xalqacha, doirachalar, turli – tuman qqo„g„irchoqqlar, xayvon va qushlarni shakllari, bola qo„li etishi mumkin joylarga o`yinchoqlarni osib qo„yiladi va ularni ushlatiladi. Shuningdek yumalatib o„ynash uchun to„p va sharlar, chelakcha, o`yinchoqlarni joylash uchun maxsus yashikcha, puflab tayyorlanadigan o`yinchoqlar, emaklash uchun yordam beradigan o`yinchoqlar tavsiya etiladi.
9-12 oylik bolalar uchun – xalqali minorachalar, ikki qavatli matryoshkalar, rangli kubiklar, ajratib olinadigan va bir-birining ichiga solib qo`yiladigan, buyumlar solingan tovoqchalar, qo„lga taqib olinadigan bilakuzukchalar, siqqanda ovoz chiqaradigan rezinka o`yinchoqlar, plastmassali va yog„ochli bolg„achalar, suv quyish uchun mo„ljallangan suv chelakchasi, suv purkagich, teplovoz va boshqa o`yinchoqlardan foydalanish mumkin.
Tarbiyachilar bolalar o„yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishlari lozim:
O„yin bilan mehnat o„rtasida to„g„ri munosabat o„rnatish;
O„yinda bolalarning bo„lajak mehnat ahliga xos bo„lgan jismoniy va ruhiy sifatlarini tarbiyalash. O„yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash tizimida, maktabgacha ta‟lim muassasasining ta‟lim - tarbiya ishida axloqiy, mehnat va estetik tomondan tarbiyalashda katta o„rin tutadi.
O„yinda yosh organizmga xos bo„lgan talab va ehtiyojlar qondiriladi. Hayotiy faollik yaratiladi. Birdamlik, tetiklik, quvnolik tarbiyalanadi. O„yin ta‟lim va mashg„ulotlar bilan kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog„liq bo„lib, juda katta ta‟limiy - tarbiyaviy ahamiyatga ega. O„yinda aks ettirilgan narsani bilib olishga qizikish uyg„onadi, ko„pincha o„yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrlarini, bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Bolalar o„yinlari o„zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ular o„z mazmuni va tashkil etqilishiga ko„ra, qo„llaniladigan buyumlarning turlariga ko„ra kelib chiqishiga ko„ra turlichadir. Bularning barchasi bolalar o„yinlarini turkumlashtirishni
favqulodda noziklashtiradi, biroq o„yinlarga rahbarlik qilish uchun ularni albatta guruhlash zarur.
Pedagogikada o„yinlarni ikki katta guruhga bo„lish juda keng taralgan. Ijodiy va qoidali o„yinlar. Ijodiy o„yinlarning mazmunini bolalarning o„zlari o„ylab topadilar va ularda o„z tassurotlarini, borli haidagi tushunchalarini hamda unga munosabatlarini aks ettiradilar.
Qoidali o„yinlar esa kattalar tomonidan yaratiladi va bola hayotiga olib kiritiladi. Mazmuni qoidalarning murakkabligiga qarab, ular turli yoshdagi bolalarga mo„ljallangan bo„ladi. Tayyor qoidali o„yinlarning katta guruhini xal o„yinlari tashkil etadi, ularning ko„plari avloddan-avlodga o„tib, bizgacha etib kelgan.
O„yinlarning har ikkala guruhi ham o„zining xilma-xil ko„rinishlariga ega. Ijodiy o„yinlar guruhini syujetli rolli o„yinlar tashkil etadi. O„yinlar o„z mazmuni va qoidalari, tarbiyaviy ta‟siriga ko„ra shartli ravishda didaktik o„yinlar va musiqiy o„yinlarga bo„linadi. Didaktik o„yinlarda avvalo bolalarning aqliy faoliyati rivojlanadi, ularning bilimlari chuqurlashadi va kengayadi, harakatli o„yinlarda bolalarning turli harakatlari takomillashadi, hamda musiqali o„yinlarda musiqiy kobiliyatlar rivojlanadi. Demak, har bir o„yinning o„ziga xos sifatlari mavjud, biroq ular qator umumiy xususiyatlarga ham ega.
O„yin - bu bola faoliyatining turi bo„lib, masadning mavjudligi, rejali harakatlar, natijaning o„ziga xosligidadir. N.K.Krupskaya bolalar rivojlanishiga qarab, uning o„yinda o„z oldiga qo„yadigan masadining tabiati ham o„zgarishini bolalar taqlidi harakatlardan asta-sekin o„ylangan asosli maqsadlarga o„tishlarini ko„rsatib o„tgan edi. Bola o„yindagi maqsadiga erishishi uchun o„ziga sheriklar tanlaydi, zarur o`yinchoqlarni topadi, o„yin davomida muayyan harakat va qiliqlar qiladi. Boshqa faoliyat turlarida bo„lgani singari o„yin jarayoniga bolaning butun shaxsiyati, uning psixik bilish jarayonlari, irodasi, xissiyoti va ta‟sirchanligi, ehtiyoj va qiziqishlari jalb etiladi, o„yinda bola faol harakat qiladi, gapiradi, o„z bilimlarini qo„llaydi.
O„yin o„ziga xos xususiyatga ega, o„yin bolaning shaxsiy tashabbusiga ko„ra vujudga keladigan, o„zining faol ijodiy yo„sindagi, yuksak ta‟sirchanlik ruhi bilan ajralib turadigan erkin va mustail faoliyatdir. O„yin ertalab nonushtagacha (15-20 daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin, mashg„ulotlar o„rtasida, ochik havoda, uyqudan keyin o„tkaziladi. Ertalab rolli o„yinlar, qurish-yasash, harakatli o„yinlarni tashkil qilish tavsiya etiladi, Mashg„ulot o„rtasida harakatlti, qoidali o„yinlar ham o„tkazib turiladi.
Ochiq havodagi o„yinlarga esa yugurish, otish, sirpanish bilan bog„liq bo„lgan o„yinlar, qoidali o„yinlar (ok terakmi ko„k terak, ona bo„ri kabilar kiradi.
Kunduzgi uyqudan keyingi o„yinlarga qurilish o„yinlari, ertak bo„yicha sahnalashtiriladigan, roli o„yinlar, didaktik o„yinlar kiradi.
Syujetli - rolli o‘yin o„z xususiyatiga ko„ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak- atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o„yin mazmuni uchun manba bo„lib xizmat qiladi. O„yinning syujeti - o„z harakati, munosabatlari bilan bog„langan voqea-xodisalar va ularning harakatlari xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqtirib, unda yaxshi kayfiyat uyg„otadi.