4-Mavzu. Transformatorlar


Transformatorning ish rejimlari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə9/21
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#47660
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
KaH9pHEaTk7WXW0G37

Transformatorning ish rejimlari


Salt ishlash rejimi. Transformatorlarni ishlatish jarayonida ko‘pgina vaqt ularning birlamchi chulg‘ami manbaga ulanib, ikkilamchi uchlari bo‘sh qoladi. Bunday rеjim transformatorning salt (yuklamasiz) ishlash rejimi dеyiladi. Salt ishlash rejimida U1 = Unom va I2 = 0 bo‘ladi. Bunga mos sxеma 4.6-rasmda ko‘rsatilgan.



4.6-rasm. Salt ishlash rejimi tajribasi


Transformatorning birlamchi chulg‘amiga bеrilgan sinusoidal kuchlanish U1 ta’sirida chulg‘amdan salt ishlash toki I0 w1 oqib o‘tadi. Bu tokning magnitlovchi kuchi I0 w1 po‘lat o‘zak bo‘ylab tutashuvchi asosiy magnit oqimi Ф = Фmsinωt ni va qisman havo hamda po‘lat o‘zak orqali tutashib tarqalgan magnit oqimi Ф1S ni hosil qiladi. Bu o‘zgaruvchan magnit oqimlari o‘zining chulg‘amlarda induksiyalangan EYuK lari bilan quyidagi bog‘lanishga ega:

𝑒 = −𝑤

𝑑Φ

= 𝜔𝑤 Φ



sin(𝜔𝑡 − 900)



1 1 𝑑𝑡

1 𝑚


𝑒 = −𝑤

𝑑Φ

= 𝜔𝑤 Φ




sin(𝜔𝑡 − 900)
(4.5)

1 1 𝑑𝑡

1 𝑚


𝑒 = −𝑤

𝑑Φ

= 𝜔𝑤 Φ



sin(𝜔𝑡 − 900)



1𝑆

1 𝑑𝑡

1 𝑚

Dеmak, EYuK lar ularni induksiyalangan magnit oqimlaridan faza bo‘yicha 900 ga kеchikadi. Bu EYuK larning ta’sir etuvchi qiymatlari:


𝐸 = 𝐹1𝑚 = 𝜔w Φ



= 2𝜋ƒ

𝑤 Φ

(4.6)


1 2

2 𝑚



2 1 𝑚

yoki E1 = 4,44 · f1 · w1 · Фm

E2 = 4,44 · f · w2 · Фm (4.7)

E1S = 4,44 · f · w1 · Ф1S

Birlamchi chulg‘amga berilgan kuchlanish 𝑈̅1 EYuK ( 𝐸̅1 va 𝐸̅1S larni, shuningdek, chulg‘amning aktiv qarshiligi R1 kuchlanishning pasayishini kompensatsiya qiladi. U holda Kirxgofning II qonuniga binoan birlamchi chulg‘am zanjirining elektr muvozanat holati:



Ū1 = −𝐸̅1 + 𝐸̅1S + 𝐼0 R1

Agar EYuK 𝐸̅1S ni chulg‘amdagi kuchlanishning induktiv pasayuvi 𝐼0 · XL1 bilan

kompensatsiya qilinadi desak va 𝐼0 R1=𝑈̅R1 bo‘lsa:



yoki


Ū 1 = −𝐸̅1 + Ū R1 + ŪL1

Ū 1 = −𝐸̅1 + 𝐼0 R1 + 𝐼0 XL1 (4.8)

Tok I0 birlamchi chulg‘am nominal tokining (3‚10) % ini tashkil etgani uchun vektor diagrammada hosil bo‘lgan kuchlanishlar uchburchagi real masshtablarda qurilsa, juda kichik bo‘ladi. Shuning uchun U1 E1 deyish mumkin. U holda olingan nisbat va E1 = 4,44fw1Fm ga binoan asosiy magnit oqimi Ф ni kuchlanishga proporsional deyish mumkin. Salt ishlash rejimida transformatorning quvvat koeffitsienti cosφ0 = 0,2‚0,3, ikkilamchi chulg‘amdagi tok I2 = 0 bo‘lgani uchun U20=E2 bo‘ladi. Natijada K= I10 / I20 ; P0 = Ppo’lat

Yuklama rejimi. Bu rejimda kuchlanish yuklamaga bog‘liq emas. Transformatorning ikkilamchi chulg‘amini biror yuklama ga ulaganimizda EYuK E2 ta’sirida undan I2 yuklama toki Z2n o‘ta boshlaydi. Bu tok hosil qilgan magnitlovchi

kuch 𝐼2 w2 po‘lat o‘zak va havo orqali tutashgan, tarqalgan magnit oqimi Ф2S ni hosil

qiladi (4.7-rasm).





4.7-rasm. Yuklama rejimidagi transformator sxemasi


Bu oqim asosiy magnit oqimiga qarama-qarshi yo‘nalgani uchun uni, shuningdek, elektr yurituvchi kuch E1 ni ham kuchsizlantirmoqchi bo‘ladi. U holda transformator elektrik muvozanat holatining buzilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ammo birlamchi chulg‘amning magnitlovchi kuchi 𝐼1̅ w1 shunday o‘zgaradiki, natijasida

transformatorning muvozanat holati saqlanib, o‘zakdagi asosiy magnit oqimi Ф miqdor jihatidan o‘zgarishsiz qoladi. Bu holda magnitlovchi kuchlar muvozanati quyidagicha ifodalanadi:




𝐼1̅ w1 + 𝐼2

w2 = 𝐼0

w1 yoki 𝐼1

w1 = 𝐼0

w1 - 𝐼2

w2 (4.9)

Demak, birlamchi tokning magnitlovchi kuchi ikkilamchi tokning magnitsizlash ta’sirini kompensatsiyalaydi. Agar (4.9) ifodaning ikkala tomonini wг ga bo‘lsak, magnitlovchi kuchlar tenglamasidan toklar tenglamasiga o‘tish mumkin:



Bu yerda 𝐼̅` = 𝐼 w2

(4.10)
kattalik ikkilamchi tokning magnitsizlash ta’sirini


2 2 w1

muvozanatlovchi birlamchi tokning tashkil etuvchisi hisoblanadi. Shuning uchun bu kattalik ikkilamchi tok deyiladi. U holda birlamchi tok



𝐼1

= 𝐼0

- 𝐼`̅ 2 (4.11)



Ya’ni salt ishlash toki bilan keltirilgan ikkilamchi tokning geometrik yig‘indisiga teng. Yuklama toki I2 noldan boshlab, tok I1 esa salt ishlash toki I1 dan boshlab ortadi. Salt ishlash toki nominal tokning I0 = (2,5‚10%) • I1nom ulushini

tashkil etadi. Taxminiy hisoblashlarda 𝐼1

≈ 𝐼̅`

deyish mumkin.




2
Yuklama toki I2 ning o‘zgarishi bilan tok I1 ning tashqi ta’sirsiz o‘z-o‘zidan o‘zgarishi transformatorning o‘z-o‘zidan rostlanishi deyiladi. U holda ikkilamchi zanjirning yuklama rejimidagi elektr muvozanati tenglamasi Kirxgofning ikkinchi qonuniga binoan

Ū 2 = 𝐸̅2 - Ū R2 - 𝐸̅2S ,

Bu yerda: Ū2 — ikilamchi chulg‘am uchlaridagi kuchlanish; I2 x R2 = ŪR2 ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanishning aktiv pasayishi; E2s - tarqalgan magnit oqimi Ф2S tufayli induksiyalangan EYuK.

F2S ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanishning induktiv pasayuvi ŪL1 = 𝐼2

bilan kompensatsiya qilinadi, u holda



· XL2


yoki

Ū2 = 𝐸̅2 + Ū R2 + ŪL2 (4.12)


Ū 2 = 𝐸̅2 + 𝐼2

R2 + 𝐼2

XL2


(4.8), (4.11) va (4.12) tenglamalar yordamida transformatorning yuklama rejimidagi vektor diagrammasini qo‘shib quramiz.
Qisqa tutashuv rejimi. Bu rejimda ikkilamchi chulg‘am uchlari o‘zaro tutashib, tashqi qarshilik Z2n = 0 bo‘ladi. Transformator uchun bunday rejim nomaqbul rejim hisoblanadi. Bunda ikkilamchi, shuningdek birlamchi tok nominalidan 18- 20 marta ortib ketadi. Bu hodisaga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun real sharoitlarda transformatorni qisqa tutashuv tokidan saqlash maqsadida avtomatik ajratkichlar o‘rnatiladi. Transformatorlarni laboratoriya sharoitida tekshirish uchun «qisqa tutashuv» pasaytirilgan kuchlanishlarda amalga oshiriladi.

Transformator nominal yuklama bilan ishlaganda uning chulg‘amlaridan nominal tok o‘tib, chulg‘amlar qiziydi. Keltirilgan quvvat bir qismining issiqlik tarzida atrof-muhitga tarqalishi miss chulg‘amlardagi quvvat isrofi Pm deyiladi, uni transformatorning qisqa tutashuv rejimida ishlash tajribasidan (4.9-rasm) aniqlanadi. Sxemadan ko‘rinadiki, transformatorning ikkilamchi chulg‘ami ampermetr A2 orqali qisqa tutashtirilgan.






Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin