4-mavzu: viruslarning tabiati va kelib chiqishi viruslarning tabiati



Yüklə 27,11 Kb.
səhifə2/5
tarix27.03.2023
ölçüsü27,11 Kb.
#90215
1   2   3   4   5
4-mavzu

Viruslarni ochilishi
Viruslar guruhni borligini isboti 1892 yili o‘simliklar fiziologiyasi mutaxassisi D.I.Ivanovskiy (1864-1920 yy.) tomonidan tamakining “mozaika” kasalligini o‘rganish jarayonida topildi. Bundan avvallari ham epidemik xarakterga ega bo‘lgan kasalliklar o‘simliklarda paydo bo‘lib turar edi. 1883-84 yy.da gollandiyalik botanik va genetik olim de Friz “gullarni yashillashishi” epidemiyasini kuzatib bu kasallikni yuqumlilik tabiati borligini aytgan edi. 1886 y.da Gollandiyalik nemis olimi Mayer mozaika kasalligi bilan kasallangan o‘simlikdan ajratilgan shirani boshqa o‘simlikga inokulyasiya qilinganda u o‘simlikda ham xuddi shunga o‘xshash kasallikni namoyon bo‘lishini kuzatib bu kasallikni mikroorganizmlar yuzaga keltiradi degan fikr bildiradi.
19 asrda tamakini bu kasalligidan Rossiya va boshqa mamlakatlarda qishloq xo‘jaligida katta zarar ko‘riladi. Shu sababli Ukrainaga bir guruh olimlar yuboriladi. Bular qatoriga Peterburg universitetining talabasi D.I.Ivanovskiy ham kiradi. D.I.Ivanovskiy va V.V.Polovsevlar tamakini mozaikali kasalligi ikki hil kasallikdan – “ryabuxa” (zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan) va kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan kasalliklardan iborat ekanligini aniqlashadi. D.I.Ivnovskiy bu ishlarini akademik A.S.Faminitsin rahbarligida Nikitskiy nomli botanika bog‘ida olib boradi. Mozaika simptomli tamaki o‘simligi shirasini eng mayda bakteriyalarni ham ushlab qoladigan Shamberlen filtridan o‘tkazib, filtratni tamaki bargiga yuqtiradi va uning bargida mozaika kasalligini qo‘zg‘atadi. Ammo bu shirani ozuqa muhitiga ekilganda natija bermadi (bakteriyalar kabi o‘smadi). Demak, deb xulosa qiladi D.I.Ivanovskiy, kasallikni qo‘zg‘atuvchisi odatdan tashqari tabiatga ega va u bakterial filtrdan o‘tadigan, sun’iy ozuqa muhitida o‘smaydigan xususiyatga ega ekan, deb xulosa qiladi. Bu shirani 60o-70o S qizitilsa u o‘z yuqumliligini yo‘qotishini aniqlanadi (oxirgi yillarda olingan natijalar bo‘yicha tamaki mozaikasi virusini harorat ta’sirida yuqumliligini yo‘qotishi shtammlariga qarab 90-96o Sni, ba’zi shtammlariniki esa 80-82o S ni tashkil qilishi aniqlangan), bu xususiyat mozaika kasalligidan ajratilgan shirani tirik tabiatliligini isbotlaydi. D.I. Ivanovskiy mozaika kasalligini qo‘zg‘atuvchisini filtrlanuvchi bakteriya deb ataydi va uning qilgan ishlari 1888 yili tayyorlagan dissertatsiyasiga asos bo‘ladi. Olingan natijalarini 1892 yili “Tamakini ikki kasalligi haqida” degan kitobida chop etadi.
Viruslarni ochilishiga gollandiya olimi Beyerinkni (1851-1931 yy.) ham qo‘shgan katta hissasi bor (ba’zi chet el mamlakatlarida uni virusologiyani asoschisi deb ham atashadi). U ham tamaki mozaikasi kasalligi ustida ishlar olib boradi, D.I. Ivanovskiy tajribalarini qaytarib tekshirib ko‘radi va 1898 yili u ham o‘z ishlarini chop etadi. M. Beyerink filtrdan o‘tkazilgan mozaika simptomiga ega bo‘lgan o‘simlik shirasini agar-agar (geli) ustiga quyadi va ma’lum vaqt inkubatsiya qiladi, natijada agar-agar ustida bakteriya koloniyalari o‘sib chiqadi. Ularni agar-agar yuzasidan olib tashlaydi, ichki qavatini esa o‘simliklarni kasallantirish uchun ishlatadi. O‘simliklarda kasallik alomatlari hosil bo‘ladi. M. Beyerink bu ishlaridan quyidagicha xulosa qiladi, ya’ni kasallikni sababchisi bakteriya emas, balki “qandaydir suyuq substansiya” bo‘lib, u agar-agar ichiga kiraolish xususiyatiga ega va uni Beyerink “contagium vivum fluidum (“jidkoe zaraznoe nachalo”–“yuqadigan suyuq substansiiya”) deb ataydi. U o‘z ishlarini D.I. Ivanovskiyni ishlari bilan taqqoslab mozaika kasalligini qo‘zg‘atuvchi substansiya nobakterial tabiatga ega ekanligini aytib o‘tadi. Viruslarni ochilishidagi birinchilik Ivanovskiyga taalluqligini tan olindi. Hozirgi kunda butun jahon bo‘yicha viruslarni birinchi kashf qilgan olim - D.I. Ivanovskiy deb tan olingan va 1892 yil viruslarni ochilish yili deb hisoblanadi.

Yüklə 27,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin