Yunusali1987
11
5.11-rasm. Gazogeneratorning ishlash printsipi
Avtomobillardan tashqari katta ahamiyat yengil transport vositalari (ETV) ga
qaratilgan. Ular asosan elektr yuritmada ishlaydi. Bularga misol: elektrvelosiped, giroskuter,
elektroskuter, monog’ildirak, elektromobillar va boshqalar. Bularning ta`minot manbai
avtonom (elektrbatareyalar) bo`ladi.
ETV ichki yonuv dvigatellar bilan ishlaydigan transportga alternativ bo`lib, asosan
hozirgi vaqtda davolash maskanlarida, turistik va xiyobon komplekslarda va x.k.da ishlatiladi.
14 dyumli monog’ildirak Hoverbot S2 ning texnik parametrlari quyida keltirilgan:
quvvati 800 Vt, maksimal tezligi 18 km/soat, bitta zaryadkada o’tish yo’li 20 km, gabarit va
yoritish lampalari mavjud.
ETV yaratishning asosini katta momentli elektrdvigatel bazasidagi ―motor-g’ildirak‖
tipidagi mexatronik modullar tashkil qiladi.
5.1-jadvalda ETV uchun harakatning mexatronik modullarining texnik
xarakteristikalari keltirilgan.
5.1-jadval
ETV uchun harakatning mexatronik modullarining texnik xarakteristikalari
Elektryuritmali ETV
Texnik ko`rsatgichlar
Maksimal
tezlik,
km/soat
Ishchi
kuchlanish,
V
Quvvat,
kVt
Nominal
moment,
Nm
Nominal
tok,
A
Massa,
kg
Kreslo –Kolyaska
6
24
0,15
25
8
10
Elektr-Velosiped
15
24
0,3
20
15
12
Giroskuterlar
20
24
0,5
15
20
12
Minielektrmobillar
80
110
2,5
30
28
25