Parkovkani nazorat qilish –Parking distance control (PDC). Akustik
parkovkalash tizimi ultratovushli datchikli tizim bo`lib, asosiy maqsadi parkovka
vaqtida avtomobil va to`siqlar orasidagi distantsiyasini nazorat qilishdir. Ul
tratovushli datchiklar mashina va yaqin turgan to`siqlar orasidagi distantsiya
o`lchaydi va bu distantsiya kamayishi bilan akustik signallar xarakteri o`zgaradi va
displeyda haydovchi uchun ogo hlantirish signali paydo bo`ladi.
2003 yilda parallel parkovkalash imkoniyatiga ega avtomobil chiqdi.
Birinchi bo`lib bu ishni Toyota Prius uddaladi.
Zamonaviy avtomobillarda avtomatik parkovkalash tizimlari mavjud. Ular
quyidagicha ishlaydi:
1)
ultratovushli datchiklar (ultrasonic sensor) mashina perimetri bo`ylab
joylashtiriladi. Ular soni qancha ko`p bo`lsa, shuncha yaxshi. Ular atrof-mu hit
haqidagi vaziyatni skanirlab boshqaruv blokiga signalni etkazishadi. Faoliyat
masofasi o`rtacha 4 m dan ko`proq. elektr energiyani ul tratovush to`lqinlariga
(chastotasi 20 kGts dan ortiq bo`lgan mexanik tebranishlarga) o`zgartirib beruvchi
sensorli qurilma ul tratovushli datchik deyiladi. Uning ishlash printsipi radarga
o`xshash;
2)
sistemaning ―bosh miyasi‖ bo`lgan boshqarish bloki ultratovushli
datchiklardan signallarni qabul qilib olib, qayta ishlaydi va samarali parkovkalash
uchun kerakli barcha boshqa boshqaruv tizim va modullarni ishga tushiradi;
3)
mashinaning kurs bo`yicha barqarorlik sistemasi avtoparkovka
rejimida boshqarish blokidan nazorat qilinadi va mashinani berilgan traektoriyada
saqlab turish uchun javob beradi;
4)
dvigatel to`liq avtoparkovka rejimi nazoratiga o`tadi. Bunda
aylanishlar soni rostlanib, yonilg’i berish jadalligi nazorat qilinadi;
5)
rul boshqaruvi – rul g’altagi aylanishi ul tratovushli datchiklardan
olingan signallar asosida amalga oshiriladi. Uning aylanish jadalligi real
vaqt
rejimidagi avtoparkovka sistemasi tomonidan boshqariladi. Haydovchi ishtiroki
kerak bo`lmaydi.
6)
uzatmalarni avtomatik korobkasi avtoparkovka nazoratiga olinadi.
―parking‖ va ―to drive‖ rejimlarini o`zaro almashtirish elektronika boshqaruvi
bilan bajariladi.
Xavfsizlik va avariya holatini yo`qotish maqsadida haydovchi xoxlagan
vaqtida parkovkalashni o`z qo`liga olish imkoniyatiga ega. Lekin oxirgi yillardagi
ko`plab testlar bu tizimni ishonchli ekanligini ko`rsatdi. Bu tizimlar xavfsiz va
4
Middleton, W. E. K, and Spilhaus, A. F., Meteorological instruments, University of Toronto, 3rd ed.-2002, 402 р.
Yunusali1987
8
ishlatish uchun qulaydir.
Keyingi qadam – avtomobilni butunlay avtonom boshqarish sistemasiga
o`tish. 2015 yil kuzida Tesla kompaniyasi Autopilot dasturiy ta`minotini yaratdi.
Bu butunlay pilotsiz harakatlanish bo`lmasdan, balki rivojlangan kruiz-kontroldir
(adaptiv kruiz-kontrol ). Bunday ishlarni Volvo S90 Pilot Assist sistemasi bilan va
E-klassdagi yangi Mercedes Drive Pilot jihozi bilan birga bajardi.
Avtomobilni boshqarish uchun har tomonga qarab turuvchi ko`proq
―ko`rish organlari‖ – radarlar va datchiklar kerak bo`ladi. Bu asboblardan
kelayotgan ma`lumotlarni ―sun`iy intellekt‖ qabul qilib, harakat yo`lidagi barcha
ob`ektlarni, yo`l chiziqlarini, burilishlarni, yo`l belgilarni ―ko`ra oladi‖, va bu
ma`lumotlar asosida elektronika yo`l marshruti va rejimlarini belgilaydi va ularni
bajarish uchun ijro mexanizimlariga komanda beradi.
Dostları ilə paylaş: |