5.1-rasm. Zamonaviy avtomobilning umumiy ko`rinishi
1- shinalardagi bosimni nazorat qilish tizimi; 2-pnevmoyuritmali kuzov holatini
rostlash tizimi; 3-boshqaruvni nazorat qilish dinamik tizimi; 4-amortizatorlarning
qattiqligi (tarangligi)ni rostlaydigan elektron tizim; 5-tormozni antiblokirovkalash
tizimi; 6-dvigatelni boshqarish raqamli elektron tizimi; 7-aktiv kruiz-kontrol; 8-
dinamik stabilizatsiyalash tizimi; 9-ruldagi uzatmalarni almashtirish tizimi.
Lekin, avtomobillarga asosiy qo`yiladigan talab – ularning xavfsizligidir. Shuning
uchun, quyida avtomobillarning xavfsizlik sistemalarini ko`rib chiqamiz.
Hozirgi vaqtda avtomobil ixtirochi-olimlarning asosiy maqsadi yo`l-transport
hodisalar (YTH) ni kamaytiruvchi ―aqlli‖ elektron qurilmalarni ishlab chiqarish hisoblanadi.
Bu ishlarning natijasi - avtomobilni xavfsiz boshqarish tizimi (AXBT)ning yaratilgani bo`ldi.
Inglizchada (AVSM -Advanced vehicle safety management). Bu tizim avtomatik ravishda
mashinalar orasidagi kerakli oraliqni saqlay oladi, mashinani sfetoforning qizil signalida
to`xtatadi, haydovchiga burilish uchastkasida mashina tezligining katta ekanligi haqida xabar
beradi va h.k. Hatto, yangi tizimlar to`qnashish bo`lganda maxsus datchiklarning
radiosignalizatori yordamida tez yordam mashinasi chaqirish imkoniyatiga ega.
Avtomobilni xavfsiz boshqarish tizimining 2 ta turi mavjud.
1.
Avtomobilning aktiv xavfsizlik tizimi.
2.
Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimi.
Avtomobilning aktiv xavfsizlik tizimi –YTHni oldini olish va avtomobilning
konstruktiv xossalariga bog’liq holda ular kelib chiqish sabablarini yo`qotishga
qaratilgan avtomobilning konstruktiv va ishlatish xususiyatlari yig’indisidir.
Boshqacha qilib aytganda AAXT – avariya sodir bo`lish sabablarini yo`qotib,
avtomobilni xavfsiz ishlatishga qaratilgan barcha tizimlari yig’indisidir
1
.
Eng ko`p ma`lum bo`lgan va eng ko`p qo`llanidigan aktiv xavsizlik
tizimlari quyidagilar:
1
http://systemsauto.ru/active/active.html
Yunusali1987
3
Tormozni antiblokirovkalash tizimi (TAT) - antilock braking system
(ABS);
Etakchi g’ildiraklarni probuksovkalashdan himoyalash tizimi - anti-slip
system (ASS);
Favqulodda tormozlash tizimi - emergency braking system (EBS) va
boshqalar.
Yuqorida keltirilgan tizimlar avtomobilning tormozlash va dvigatelni
boshqarish tizimlari bilan konstruktiv bog’langan, ular bilan birga o`zaro aloqada
bo`ladi. Bu esa ushbu tizimlarning samadorligini oshirishga imkon beradi.
Bundan tashqari zamonaviy avtomobillarda quyidagi aktiv xavfsizlik
tizimlari o`rnatilmoqda:
adaptiv kruiz-kontrol ;
avtomatik parkovkalash tizimi;
aylana bo`yicha nazorat qilish tizimi va b.
Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimi – YTHsi ro`y berganda, haydovchi
va passajirlarning shikastlanishidan himoyalashga qaratilgan avtomobilning
konstruktiv va ishlatish xususiyatlari yig’indisidir
2
.
Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
xavfsizlik kamarlari - seat belts;
xavfsizlik podushkalari - airbags;
xavfsizlik kamarlarini tarang tortish qurilmasi - seat belt tensioners va b.
Dostları ilə paylaş: |