4. Pnevmoniya Oʻtkir respirator kasalliklar


Diqqat! Agar puls mavjud bo‘lsa yopiq massaj qilish kerak emas



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə4/4
tarix10.04.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#95945
1   2   3   4
4. Pnevmoniya O tkir respirator kasalliklar

Diqqat! Agar puls mavjud bo‘lsa yopiq massaj qilish kerak emas.
Barmoq bilan to‘shning quyi chekkasidagi chuqurchani topib, barmoq shu yerga qo‘yiladi. Jabrlanuvchining tovoniga yaqin bo‘lgan qo‘lni ishlatish zarur.
Boshqa qo‘lning kaftini jabrlanuvchining to‘shiga, barmoqlar turgan joydan yuqoriroqqa qo‘yiladi.
Barmoqlarni chuqurchadan olib, birinchi qo‘lning kaftini boshqa qo‘ldan yuqoriroqqa qo‘yiladi.
Barmoqni ko‘krak qafasiga tekizmaslik kerak.
Yurakni yopiq massaj qilish texnikasi:
1. Jabrlanuvchini tekis, qattiq joyga yotqizing. Krovat va boshqa yumshoq joylarda yurakni yopiq massaj qilib bo‘lmaydi.
2. Jabrlanuvchi ko‘kragining xojsimon qismini toping. Xojsimon qism – bu ko‘krakning eng qisqa va tor qismi hisoblanadi.
3. Ko‘krakning xojsimon qismidan 2-4 sm teparoqqa yuring. Bu joy kompressiya nuqtasidir.
4. Kaftingiz asosini kompressiya nuqtasiga qo‘ying. Shunda bosh barmoq jabrlanuvchining tomog‘ini yoki qornini ko‘rsatib turishi kerak. Bir qo‘lingiz ustidan ikkinchi kaftingizni qo‘ying. Bosim faqat kaft asosi orqali qilinadi. Barmoqni ko‘krak qafasiga tekizmaslik kerak.
5. Ko‘krak qafasiga ritmik itarishlarni kuchli, bir tekisda hamda aniq vertikal holatda bajarish zarur. Tezlik - daqiqasiga 100-110 bosim. Bundan tashqari ko‘krak qafasi 3-4 sm ichkariga qayrilishi kerak. Chaqaloqlarda yurakni yopiq massaj qilish bir qo‘lning ko‘rsatgich va o‘rta barmoqlarida o‘trkaziladi. O‘smirlarda esa, bir qo‘lning kafti bilan.
Agar yurak yopiq massaji sun'iy nafas bilan birgalikda qilinsa, har ikki nafas berish 15 ta bosish bilan o‘tkaziladi.


PNEVMONIYA
Pnevmoniya (yunon tilidan rneumon - "o’pka"; sin: o’pka yalliglanishi)- o’pkaning respirator bo’limlaridagi yalliglanish jarayoni bo’lib, alohida kasallik yo’ki biror bir kasallikning asorati sifatida kuzatiladi. Pnevmoniya bilan kasallanish bir yoshgacha bo’lgan bolalar orasida 1000 bolaga 10-15 tani, 1-3 yoshgacha bo’lganlarda 1000 bolaga 15 - 20 ta va 5 yoshdan song 1000 bolaga 5-6 ta to′g′ri keladi.
Tasnifi. Rossiya Federasiyasi Sog’liqni Saqlash vazirligining 1995 yilda o′tkazilgan bolalar pulmonologlari va irsiy determinallangan o’pka kasalliklarining Muammoli komissiyasi tomonidan bolalardagi pnevmoniyaning ishchi tasnifi kiritilgan.
Bu tasnifga asosan pnevmoniyalar quyidagi turlarga bo’linadi.
Kelib chiqishi bo’yicha:
• Uy pnevmoniyasi
• Kasalxona pnevmoniyasi
• Perinatal
• Immunitet tanqisligidagi pnevmoniya
Morfologik korinishi bo’yicha:
• O’choqli
• Segmentar
• O′choqlar qosqilishi
• Krupoz
• Interstisial
Kechishi bo’yicha:
• O’tkir
• Cho′zilgan
Asoratlar bo’lishigaa qarab:
• Asoratlanmagan
• Asoratlangan (toksikoz, infeksion - toksik karaxtlik, sinpnevmonik plevrit, metapnevmonik plevrit, kattalar turidagi respirator distress sindrom, o’pka destruksiyasi, DVS-sindrom).
Kasalxona ichi pnevmoniyasi, shifoxonada bo’lganda 48 soatda yoki shifoxonadan chiqqandan keyin 48 soat ichida rivojlanadi. Kasalxona ichi pnevmoniyasi (nozokomial) erta (birinchi 4 sutkada sun'iy o’pka ventilyasiyasidan song) va kechki (sun'iy o’pka ventilyasiyasidan song 4 sutkadan ortiq) ventilyasion pnevmoniyalarga bo’linadi.Pnevmoniyaning choziluvchan kechishi pnevmonik jarayonning kasallik boshlanishidan 6 haftadan 8 haftagacha yogolmasligi kuzatilganda qo’yiladi. Pnevmoniyani og’irlik darajasi (engil, o’rta og’ir, og’ir) toksikoz rivojlanishi, nafas yetishmovchiligi va yurak qon tomir o’zgarishlariga qarab belgilanadi. Bu esa o′z navbatida qo’zg’atuvchi turi, infeksiya ko’pligi va makroorganizm holatigagina (reaktivlikga) bog’liq bo’lmay, balki o’z vaqtidagi va rasional terapiyaga ham bog’liq.
Etiologiyasi. Uy sharoitida kasallangan 6 oydan 5 yoshgacha bo’lgan bolalarda pnevmoniyaning eng ko’p tarqalgan qo’zg’atuvchisi - pnevmokokk (Streptococcus pneumonia) va gemofil tayoqchasi - Haemophylus influenzae b hisoblanadi. 60-70-yillarda bolalarda pnevmoniyaning birinchi orinda turadigan sabablaridan biri tilla rang stafilokokk hisoblangan.
Epidemik mavsumda (avgust-noyabr) erta yoshdagi, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda Mycoplasma pneumoniae (miko’plazmalar) ahamiyati yuqori bo´ladi. O’smir yoshda Chlamidia pneumoniae (xlamidiyali pnevmoniya) kasallikni sababchi omili bo’lishi extimolini unutmaslik kerak. Viruslar asosan bir yoshgacha bo’lgan bolalarda virusli pnevmoniya rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ko’p qusadigan, nafas yo′llari aspirasiyasi bor, mukovissidoz bilan og’rigan zaiflashgan bolalarda pnevmoniyaning sababchisi ichak tayogchasi, tilla rang stafilokokk, ba'zida Moraxella (Branchamella) catharalis bo’ladi. Legionellalar bilan chaqirilgan pnevmoniya sababi L. Rneumophila (legionerlar kasalligi sababchisii) bo’lib, bolalarda kam uchraydi. homila ichi infisirlanishida ko’pincha xlamidiyali pnevmoniya tashqislanadi. Kam ho’llarda muddatidan oldin tug’ilgan bolalarda pnevmosistozli pnevmoniya (qo’zg’atuvchisi- pnevmosistlar); og’ir darajali chala tug’ilgan bolalarda ureaplazma va Mycoplasma hominis chaqirgan pnevmoniyalar aniqlangan. Immunodefisitning gumoral shaklida (birlamchi va immunoglobulinlar yetishmasligi bilan kechadigan) pnevmoniyani soglom bolalardagidek o’pka florasi chaqiradi, lekin kasallik og’ir kechadi va qaytalanuvchi bo´ladi. Immunodefisitning hujayraviy shaklida ko’pincha pnevmosistli pnevmoniya (asosan VICh - infeksiyada), kam qo’llarda - sitomegaloviruslar chaqirgan pnevmoniya kuzatiladi.
Alohida katta guruxni boshqa kasallik tufayli kasalxonaga yo’tkazilgan bolalarda rivojlanuvchi kasalxonaichi pnevmoniyasi tashkil qiladi. Bunday pnevmoniya antibiotiklarga yuqori rezistent bo’lgan "shifoxona" shtammlari (stafilokokk, klebsiella, psevdomonas – ko’k yiringli tayo’qcha), yo’ki bemorning autoflorasi bilan chaqiriladi. Bu pnevmoniya rivojlanishiga oddiy o’pka florasi buzilishiga olib keluvchi antibakterial davo imkon yaratadi. Buning natijasida nafas yo′llarining pastki qismlari bola uchun yot mikroorganizmlar bilan tolishiga yol ochib beriladi. Kasalxona ichi pnevmoniyasi gospital deb ham yuritiladi.
Patogenezi. Kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar o’pkaga ko’pincha aerogen yo′l orqali tushadi. Mikroblarning bronxlar shilliq qavatida joylanib olishiga bola immun mexanizmining zaiflashuviga olib keluvchi o’tkir respirator virusli infeksiyalar sababchi bo´ladi.Sepsisda mikrob tanachalarining qon orqali gematogen yo’l bilan o’pkaga o’tishi kuzatiladi. O’pka toqimasidan infeksiya limfogen yo’l orqali yaqin organlarga va plevraga tarqaladi. Infisirlanganda mayda bronxlarda yalliglanish rivojlanadi. Bu ventilyasiyaning buzilishiga va alveolalarga (kislorod va karbonat angidrid almashinuvi kuzatiladi) havo kirishini chegaralanishiga olib keladi. Atelektaz (alveolalar yopishishi) va o’pka to’qimasi yalliglanishi kuzatiladi. Gaz almashinuvining buzilishi natijasida barcha organlarda gipoksiya yuzaga keladi. Yalliglanishning asoratlanmagan kechishida o’zgarishlarning toliq ortga qaytishi 3 hafta davomida kuzatiladi. O’pkaning yallig’langan sohasidagi atelektaz yo’ki yiringli jarayonning sorilishi uchun 4-6 hafta kerak bo´ladi. Plevraning zararlanishidan keyingi sog’ayish 2-3 oygacha davom etadi. Infeksiyaning respirator bronxiolalarga yaqin joylarda yalliglanish reaksiyasi bilan chegaralanishida o’choqli va o’choqlar qo’sqilishi turidagi pnevmoniya rivojlanadi. Bakteriyalar va shish suyuqligining alveolalardan bir segment doirasida tarqalishi va segmentar bronxlarning infisirlangan shilliq bilan tiqilib qolishi natijasida segmentar pnevmoniya paydo bo’ladi, infisirlangan shish suyuqligining o’pkaning bir bolagiga tarqalganda esa bo’lakli (krupoz) pnevmoniya yuzaga keladi. Bolalarda pnevmoniyaning xarakterli belgisi bo’lib patologik jarayonga regionar limfa tugunlarining (bronxopulmonal, bifurkasion, paratraxeal) jalb qilinishi hisoblanadi, bu ob'ektiv tekshirganda o’pka ildizining kengayishi bilan namoyon bo´ladi.
Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda pnevmoniya ong o’pkaning II segmentida yo’ki ikkala tomonning IV-VI va IX-X segmntlarida joylashadi. Katta yoshdagi bolalarda o’ng tomonlama II, VI, X segmentlar, chap tomonlama VI, VIII, IX, X segmentlar zararlanadi.
Pnevmoniyada vujudga keluvchi kislorod yetishmovchiligi MNSning faoliyatiga ta'sir qiladi. Bolalarda kasallik avj olgan davrda asab tizimining vegetativ qismida simpatik qismning ustunligi bilan xarakterlanuvchi disfunksiya vujudga keladi. Toksikozdan chiqish davrida esa xolinergik reaksiya ustunlik qiladi.
Pnevmoniyada bemordagi yurak qon-tomir tomonidan kuzatiluvchi o’zgarishlar MNSning buzilishi, xamda nafas yetishmovchiligi, o’pkaning tolaqonligi, toksikoz bilan bog’liq. Bolalarda pnevmoniya kasalligida boshqa tizimlarda ham funksional o’zgarishlar kelib chiqadi: hazm qilish tizimida (fermentlar faolligi pasayishi, oshqozon-ichak trakti motorikasi buzilishi va erta yoshdagi bolalarda qorin dam bo’lishiga, disbakterioz, parenteral dispepsiya); endokrin tizimida (katexolaminlar, glyukokortikoidlar sekresiyasi pasayishi); siydik ayirish tizimida (buyrakning filtrasion, reabsorbsion va sekretor funksiyasi buzilishi, jigarning mochevina hosil hiluvchi va dezaminirlovchi funksiyasining pasayishi); immunologik reaktivlikning buzilishi kuzatiladi.
O’choqli pnevmoniya
Q’choqli pnevmoniya - o’pkaning eng ko’p uchraydigan yalliglanish turi bo’lib, erta yoshdagi bolalarda, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda turli hil kechadi.
Klinikasi: Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda o’choqli pnevmoniya klinikasi "o’pka" (respirator) shikoyatlari, intoksikasiya belgilari, lokal fizikal o’zgarish belgilaridan iborat. Kasallik 1-chi va 2-chi haftani oxirida xarakterli belgilarning sekin-asta rivojlanishi bilan asta-sekin boshlanishi, yoki birinchi uch
Kunidayo’q klinikasi yaqqol namoyon bo’lgan to’satdan boshlanishi ham mumkin.
Birinchi ko’rinishida O’RI bilan kasallangan bolada, qisqa muddat ahvoliniyaxshilanishi yo’ki intoksikasiya belgilari kuchayishi mumkin: tana qarorati ko’tarilishi, bosh og’rishi, o’zini yomon his qilish va ishtahani pasayishi, lanjlik va atrof-muhitga bo’lgan qiziqishni pasayishi, bezovtalik, uyqu buzilishi, til karash bilan qoplangan, taxikardiya, noadekvat bezgak darajasi kuzatiladi.
"O’pka" shikoyatlari yuqori nafas yo’llarining kamayib boruvchi katari fonida kuchayadi, nam yo’tal, hansirash, ba'zida ko’krak qafasining yon tomonida ogriq paydo bo´ladi. Shovqinli ekspirator hansirash pnevmoniya uchun xos emas. Shilliq qavatlari rangi o’zgarmagan holda teri qoplamlari oqimtir bo´ladi, ba'zida perioral sianoz kuzatiladi, nafas olishda yo’rdamchi ko’krak mushaklari ishtirok etadi: burun qanotlari kerikkan, qovurgalararo tortilish, o’mrov usti chuqurchasi tortilishi xosdir. O’pka ustida lokal fizikal o’zgarishlar aniqlanadi: zararlangan o’choq ustida perkutor tovushning hisqarishi, shu yerda sustlashgan yo’ki dag’al nafas, krepitasiyalovchi va jarangli doimiy mayda pufakli xirillashlar aniqlanadi. Pnevmoniya uchun lokal simptomlarni doimiyligi xarakterlidir.
Klinik qon tahlilida leykositoz, leykoformulaning chapga siljishi, EChT ortishi kuzatiladi. Rentgenologik tekshirishda bitta o’pkada o’choqli soyalar aniqlanadi. Erta yoshdagi bolalarda o’choqli pnevmoniyaning kechishi birmuncha boshqacha bo’ladi. Birinchi o’rinda nafas yetishmovchiligi paydo bo´ladi, lokal, fizikal o’zgarishlar esa keyinroq aniqlanadi, jarayon ba'zida ikki tomonlama xarakterga ega bo´ladi. Erta yoshdagi bolalarda kasallikning boshlanish davrida kataral belgilar aniqlanadi: tumov, aksa urish, quruq yotal, subfebril yoki febril tana qarorati, umumiy ahvolining o’zgarishi kuzatiladi. Ko’rik vaqtida bola lanj, adinamiya, mushaklar gipotoniyasi, hansirash, nafas olishda yordamchi mushaklarning ishtirok etishi, teri rangi oqarishi, peroral va tarqalgan sianoz aniqlanadi. Hansirashdan tashqari, nafas aritmiyasi, qisqa vaqtli apnoe kuzatilishi mumkin. Ob'ektiv tekshirganda o’pka shishi belgilari: perkutor tovushning qutichasimonligi, yurak nisbiy chegarasi torayishi kuzatiladi.
Pnevmoniyaning boshlanish davrida sust nafas eshitiladi. Mayda kalibrli jarangli lokal va krepitasiyalovchi xirillashlar pnevmoniyaning birinchi kunlarida yarim bolalarda eshitiladi, keyinchalik ko’pgina bemorlarda aniqlanadi. O’pka ustida tarqoq xirillashlar eshitilishi bronxit, bronxiolit belgilariga kiradi. Bronxiolit bir haftadan ortiq davom etsa pnevmoniya bilan asoratlanadi. Erta yoshdagi bolalarda o’choqli pnevmoniya o’pka shishi, o’pka ildizi kengayishi va o’pka suratining kuchayishi bilan xarakterlanadi. Soyalar ba'zida qo’sqilib ketadi. Rentgenda o’choqli qoshilgan soyalar abssess rivojlanishiga moyillik tug’diradi.
Oqibati. Yaxshi tugaydi, antibiotiklarga bog’liq. Klinik va rentgenologik sohayish 3-4 haftadan so’ng yuz beradi.
Foydalangan adabiyotlar
1. G`.E.G`oipov Mehnat muhofazasi. T., "Mehnat" 2000y
2. O.Qudratov, T.G'aniev Hayotiy faoliyat xavfsizligi T., "Mehnat" 2004
3. Yu.Dodoboev, M.Hamidov. qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishda
mehnat muhofazasi.T., "Mehnat" 2000y
4. G.I Belyakov Oxrana truda .M., "Agropromizdat" 1990 .
Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin