GLOSSARIY Sporogoniy– (gr.spora-urug‘+gone-tug‘ilish, xosil bo’lish)- yusinlarning jinssiz ko’payishida xizmat qiladigan, faqat changdon va bargsiz poyachadan iborat qismi.
Strobil – (gr. strobilos- qubba)- archa qarag‘aylarda urug‘ xosil qiluvchi sporafillardan iborat qubba (qisqargan novda) yoki spora xosil qiluvchi novda.
Arxegoniy - (gr. arxe-boshlanish, qadam+gone-yaratilish, tug‘ilish, xosil bo’lish)- yuksak sporali va ochiq urug‘li o’simliklardagi urg‘ochi jinsiy organ.
Protonema - (gr. protos-birinchi+nema-ip )- ipsimon yosh o’simta- yusinlarning sporalaridan xosil bo’lgan ip shaklidagi yosh o’simtalar. Keyinchalik bulardan katta yusinlar o’sib chiqadi.
3-mavzu:
Qirq bo`g`intoifa(Equisetophyta) va qirqquloqtoifa (Polypodiophyta) o`simliklar.
1.Qirqbo`g`intoifa o`simliklarning tarqalishi, tuzilishi va ko`payishi.
2.Qirqbo`g`intoifa o`simliklarning sistematik holati va asosiy vakillarining o`ziga xos belgilari.
3.Qirqquloqtoifa o`simliklarning tarqalishi,tuzilishi va ko`payish usullari,nasllar gallanishi.
4. Qirqquloqtoifa o`simliklarning sistematik holati va asosiy vakillari.
O`quv mashg`ulotining maqsadi: Qirqbo`g`intoifa va qirqquloqtoifalar o`simliklar, klassifikatsiyasi, asosiy qabila vakillarining tuzilishi, ko’payishi va tarqalishi xaqida aniq tasavvurlarga ega bo’lish.
Pedagogik vazifalar:
1.Qirqbo`g`intoifa o`simliklarning tarqalishi, tuzilishi va ko`payishi haqida ma`lumot beradi.
2.Qirqbo`g`intoifa o`simliklarning sistematik holati va asosiy vakillarining o`ziga xos belgilarini tushuntirdi.
3.Qirqquloqtoifa o`simliklarning tarqalishi,tuzilishi va ko`payish usullari,nasllar gallanishini so`zlab berdi.
4. Qirqquloqtoifa o`simliklarning sistematik holati va asosiy vakillari haqida ma`lumot berdi.
O’quv faoliyati natijalari:
Talaba:
1.Qirqbo`g`intoifa o`simliklarning tarqalishi, tuzilishi va ko`payishini tushunishdi.
2.Qirqbo`g`intoifa o`simliklarning sistematik holati va asosiy vakillarining o`ziga xos belgilari haqida ma`lumotlarga ega bo`lishdi.
3.Qirqquloqtoifa o`simliklarning tarqalishi,tuzilishi va ko`payish usullari,nasllar gallanishini bilib olishdi.
4. Qirqquloqtoifa o`simliklarning sistematik holati va asosiy vakillarini tushunishdi.