4-semestr O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2014



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə3/63
tarix07.01.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#208788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
23477 4.1. Маъруза 4-семестр Word

Jigarsimon yo’sinlar sinfiga gametofitining tanasi dorzoventral tuzilishiga ega bo’lgan, ya’ni ustki tomoni hamisha pastki tomonidan boshqacha tuzilgan o’simliklar kiradi. Tuban formalarida gametofit erga yotib usuvchi tallomdan tashkil topgan bo’lsa, yuqori formalarida esa poya va barglarga bo’lingan bo’ladi.
Poyabargsimon yo’sinlar sinfiga hamisha poya va barglarga ega bo’lgan o’simliklar kiradi. Sporogoniylarda faqat sporalar etiladi.
Jinsiy organlar - anteridiy va arxegoniylar ko’pincha to’da - to’da bo’lib, novda yoki shoxlarning uchida boshqa - boshqa o’simliklarda yoki bitga o’simlikning o’zida rivojlanadi.
Poyabargli yo’sinlar poyasi defferensiyalangan to’qimalardan tuzilgan bo’lib, to’qima va sodda tuzilishga ega bo’lgan o’tkazuvchi naychalar bo’ladi. Lyokin, hech qachon haqiqiy naychalar bog‘lami hosil bo’lmaydi.
Poyaning qolgan qismi (po’st) parenximatik hujayralardan tashkil topgan bo’ladi.
Bu sinf 3 ta qabilaga bo’linadi:

  1. Sfagnumnamolar (Sphagnales).

  2. Yashilmoxnomalar (Vryales).

  3. Andreamoxnamolar (Andreales).

Jigarsimon yo’sinlar sinfiga mansub bo’lgan Marshansiyadosh oilasining eng tipik vakili Marchantia polymorpha dup. Bu ikki uyli o’simlik bo’lib, dixotomik shoxlangan plastinkasimon tallomga ega, «shoxlarining» uchidagi chuqurchalarda o’sish nuqtasi bo’ladi. Erkak o’simlikda band ustida diskga o’xshash o’simtalar hosil bo’ladi. Bo’larni erkak ustunchalar deb ataladi, Disksimon ustuncha bo’shliqlarining har birida bittadan anteridiy etiladi, ular ichida ikki hivchinli spermatazoidlar vujudga keladi.
Urg‘ochi o’simlikda esa kalta band ustida yulduzchaga o’xshash o’simta bo’lib, uni ko’ndalang kesilsa, to’da - to’da bo’lib joylashgan arxegoniylar ko’rinadi. Unda tuxum hujayra etiladi. Marshansiyaning arxegoniy va anteridiylarga ega bo’lgan tallomlari urug‘langach o’sadi va sharsimon ko’sakchaga aylanadi. Bu sporangiy jinssiz nasl, ya’ni sporofitdir.
Poyabargsimon moxlar sinfining cfagnumnamolar qabilasi faqatgina bitta oila, bu oila esa bitta sfagnum turkumiga ega. U 350 ga yaqin turga ega bo’lib, botqoqliklarda o’sib, torf hosil qiluvchi asosiy o’simlik hisoblanadi. Sphagnumning poyasi ancha uzun va nozik bo’lib, juda shoxlangan, mayda barglar bilan qoplangan. Pastki shoxlar ko’pincha pastga egilgan bo’lib, uchi va shoxchalari bilan suv shimadi. Rizoidga ega emas, poya uchki qismi bilan o’saveradi, ostki qismi esa quriydi, lyokin chirimaydi.
Mineral oziqalar poya, bargdagi kapillyarlar orqali va qisman bo’lsada atmosfera changidan olinadi.
Poyaning ostki hujayralari quriganda ular ichiga havo to’ladi. Shuning uchun ham quruq sfagnum oq tusga ega. Sfagnum barglari ikki xil hujayralardan tashkil topgan. Biri xlorofill donachalariga ega bo’lgan assimilyasiya qiluvchi hujayralar bo’lsa, ikkinchisi esa protoplastga ega bo’lmagan, yirik, o’lik g‘ovak hujayralardir.
Bu turkum vakillari o’z vazniga nisbatan 20 - 25 barobar ko’p suv shimish qobilyatiga ega, shuning uchun ham otqoqliklar hosil qiladi. Torf - qimmiatbaxo yonilg‘i va o’g‘it sifatida katta ahamiyatga ega. Umuman olganda poya bargli yo’sinlar asosan mo’tadil va sovuq mintaqalardagi zax va sernam joylarda keng tarqalgandir.
Rinifitlar yuksak o’simliklarning eng sodda va oddiy tuzilishga ega bo’lgan qadimgi vakillari hisoblanadi. Bular hozirgi vaqtda faqatgina qazilma xolidagina ma’lum. Bu bo’limning asosiy turkumlari riniya, psilofit, gorneya va boshqalar.

3-ilova


BLITS O’YIN






Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin