4-semestr O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2014


Lavlagilar turkumi – Beta



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə27/63
tarix07.01.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#208788
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63
23477 4.1. Маъруза 4-семестр Word

Lavlagilar turkumi – Beta.
Bu turkumga bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’simliklar kiradi. 10dan ortiq turi G‘arbiy Evropaning Atlantika okeani va O’rta dengiz bo’ylarida hamda Zaavkazning sharqida yovvoyi holda o’sadi.
Oddiy lavlagi (B.vulgaris) ikki yillik o’simlik bo’lib, birinchi yilda urug‘idan keng, uzun bandli barglardan iborat yirik to’pbargli qisqargan poya va oziq moddalar to’planadigan yo’g‘on ildiz hosil qiladi. Lavlagi ikkini yili uzun, yo’g‘on va juda serqirra poya hamda to’pgul hosil qiladi. Gullari kichik-kichik to’pgul, to’dagullarga yig‘iladi va bo’lar ham o’z navatida shingil yoki boshoqlarga yig‘iladi. Lavlagining to’rtta turi madaniy holda ekiladi.
1.Qand lavlagi – ildizmevasi cho’zinchoq, noksimon yoki cho’ziq bo’lib, tarkibida 22% gacha qand bo’ladi.
2. Xashaki lavlagi – ildizmevasi ancha yirik, lyokin uning tarkibida qand oz bo’ladi.
3. Osh yoki sabzavot lavlagi turi vitaminlarga boy bo’lib oziq-ovqatda ishlatiladi.
4. Barg lavlagi qalin, sershira bargli bo’lib, u ovqatga ishlatiladi.


Sho’ra turkumi – Chenopodium.
Sho’ralar bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’t yoki buta o’simliklaridir. U o’simliklar yalong‘och yoki unsimon dog‘li va kamdan-kam tukli bo’ladi. Gullari ikki jinsli, to’dagullari shingilsimon yoki boshoqsimon to’pgullarga yig‘ilgan.
A) Oq sho’ra (Ch. album). Barglari unsimon dog‘lar tbilan qoplangan bir yillik o’simlik. Bu eng ko’p tarqalgan begona o’tlardan biri bo’lib, sug‘oriladigan ekinlar, ayniqa g‘o’za orasida o’sadi.
B) Xushbo’y sho’ra (Ch. botrys). Bu sarg‘ish-yashil rangli bir yillik o’simlik bo’lib, xushbo’y hid chiqaradigan bezli tukalar bilan qolangan. Odatda sug‘oriladigan va sug‘orimaydigan ekinlarni orasida, shuningdek ko’pincha daryo o’zanlaridagi shag‘alliklarda va tog‘ oldidagi qumlik, toshlik erlarda ham uchraydigan begona o’tdir.
V) Sassiq sho’ra (Ch.vulvaria). O’ziga xos o’tkir hid chiqaradigan bir yillik begona o’tdir. Sug‘oriladigan ekinlar, shuningdek hovli-joylarda, partov er va yalangliklarda ham uchraydi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin