Ziradoshlar yoki Soyabonguldoshlar oilasi (Apiaceae). Bu oilaning vakillari asosan o’t o’simliklari bo’lib, 300 ga yaqin turkum, 3000 dan ortiq turga ega. O’zbyokistonda 69 turkum va 198 turi ma’lum. Tropik, subtropik hududlarda oz bo’lsada daraxt va buta shakllari ham mavjud. Barglari murakkab yoki mayda bo’laklarga bo’lingan, ba’zan butun. Gullari to’g‘ri yoki qisman to’g‘ri, mayda bo’lib, murakkab soyabonga to’plangan (ba’zilari kallakcha to’pguliga ega). Tugunchasi doimo ostki.
Ko’pchilik turlari xo’jalik ahamiyatiga ega.
Oilaning ko’pchilik vakillari bir yillnk va ko’p yillik o’t o’siliklar bo’lib, poyasining ichi g‘ovak. Qirqilgan (bo’laklarga bo’lingan) barglari qin vositasida poyaga tutashadi. To’pguli asosan murakkab soyabon. Gullari aktinomorf, kosacha barglari reduksiyalangai, 5 ta erkin. Ginetseyi sinkarp, ikki mevabargdan iborat, tugunchasi ostki. Mevasi osilma meva.
Misol tariqasida yovvoyi sabzi bilan tanishamiz. Yovvoyi sabzi (Daucus carota) keng tarqalgay ikki yillik begona o’t bo’lib, balandligi 50-100 sm, o’q ildizli o’simlik. Asosiy ildiz birinchi yili yo’g‘onlashib, ildiz-meva hosal qiladi, ikkinchi yili esa shoxlanib, tik o’sgan poya hosil bo’ladi. Poya ko’ndalang, kesigi yumaloq-qirrali bo’ladi.
Birinchi yili ildizoldi to’p barglar hosil bo’lsa, ikkinchi yili esa barglari poyaga navbat bilan joylashgan bo’lib, barg bandlarining asosi kengayib, poyani o’rab oladigan qinlarga ega bo’ladi. Barglari 3-2 marotaba kesilgan, ensiz. To’pguli - murakkab soyabon, o’rama bargchalarga ega. Soyaboyadagi gullar bir xil emas, o’rtadagi gullari - aktinomorf bo’lsa chetdagi gullari esa -zigomorf. Kosacha barglari reduksiyalangan, uncha katta bo’lmagan 5 ta tishchalardan iborat. Gul formulasi Sa(5)So5A5G(2) Mevasi qo’sh pista yoki osilma mevacha.
Ko’pchilik turlari tarkibida efir moylar, smola va alkaloidlar ko’p bo’lganligidan, ular sabzavot sifatida ishlatiladigan petrushka (Petroselinum sativum), celderey (Apium graveolens va pasternak (Pastinaca sativa), ukrop (Anetum graveolens) va boshqalar. Ziraning (Bunium persicum) urug‘lari va butun er ustki qismi ziravor o’simlik sifatida ishlatiladi. Arpabodyon (Pimpinella anisum),kashnichlar (Coriandrum sativum) ham asosan xidi uchunishlatiladi.
Oilaning yovvoyi holda o’suvchi Prangos va Ferula turkum vakillari medisinada ishlatiladi, ularningildizlaridan smolasimon modda olinadi (Shashir (Ferula galbanifera), Ferula assa foetida (sassik kavrak) va boshqalar).