Yong'oqnamolar qabiJasi — Juglandales Daraxtlar, qisman butalardan iborat. Barglari toq patsimon yoki uchtalik murakkab, yonbargchasiz, efir moylari ajratadi. Yog'ochlik naylari oddiy yoki narvonsimon perforatsiyali. Gullari mayda, ko'rimsiz. bir jinsli, tojbargsiz. Changchili to'pgullari osilib turadigan kuchalalar.
4-ilova
GLOSSARIY 1.Oddiy gulqurg‘on – gulning toji, kosachasi bilan birga murakkab yul qurg‘onni tashkil qiladi, agar gulbarglar kasocha va tojga differensiyalanmagan bo’lsa, u xolda oddiy gul qurg‘on deyaladi.
2. Tojsimon gulqurg‘on – bunday gulqurg‘on rangli bargchalardangina iborat bo’ladi.
3. Kosachasimon gulqurg‘on - kosachasimon barglardan iborat oddiy gulqurg‘on.
4.Monokarp o’simliklar-(gr. monos –bitta+karpos –meva)- xayotida faqat bir marta gullab urug‘laydigan (meva beradigan) o’simliklar. Ular meva xosil berganlaridan so’ng halok bo’ladi.
9-mavzu
Dalachoykabilar ajdodchasi (Dilleniidae).
9.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli
Mashg‘ulot vaqti-2 soat
Talabalar soni: 20 – 60 gacha
Mashg‘ulot shakli
Vizual ma’ruza
Ma’ruza rejasi
1.Dillendkabila sinfchasi. Gulxayrinamolar qabilasi. Gulxayridoshlar oilasining sistematik belgilari.
2.Oilaning asosiy turkumlarining tuzilishi, tarqalishi va xalq xujaligidagi axamiyati.
3.Karamdoshlar oilasining o’ziga xos belgilari. Yovvoyi xolda tarqalgan turkum vakillariga ta’rif.
4.Oilaning madaniy xolda ekiladigan turkum va turlari, ularning tarqalishi va axamiyati.
5. Toldoshlar oilasining sistematik belgilari, asosiy turkumlari, ularning tuzilishi va tarqalishi.
O’quv mashg‘ulotining maqsadi: Gulxayridoshlar, toldoshlar oilalarining sistematik belgilari va asosiy turkum, turlari bilan tanishish.
Pedagogik vazifalar:
-Dillendkabilar sinfchasi. Gulxayrinamolar qabilasining gulxayridoshlar oilasining sistematik belgilari xaqida ma’lumot berish.
-Oilaning asosiy turkumlarining tuzilishi, tarqalishi va ularning xalq xujaligidagi axamiyati tushuntiriladi.
-Karamdoshlar oilasining o’ziga xos belgilari. Yovvoyi xolda tarqalgan turkum vakillariga bo’yicha fikr yuritiladi.
-Oilaning madaniy xolda ekiladigan turkum va turlari, ularning tarqalishi va axamiyati xususida axborot berish.
-Toldoshlar oilasining sistematik belgilari, asosiy turkumlari, ularning tuzilishi va tarqalishi xaqida ma’lumot berish.
O’quv faoliyati natijalari:
Talaba:
-.Dillendkabilar sinfchasi. Gulxayrinamolar qabilasi. Gulxayridoshlar oilasining sistematik belgilari turisida gapirib beradi.
-Oilaning asosiy turkumlarining tuzilishi, tarqalishi va xalq xujaligidagi axamiyati xaqida qiyosiy ma’lumotlar beradi.
-Karamdoshlar oilasining o’ziga xos belgilari. Yovvoyi xolda tarqalgan turkum vakillari xaqida gapirib beradi.
-Oilaning madaniy xolda ekiladigan turkum va turlari, ularning tarqalishi va axamiyati xaqida o’z fikrini beradi.
- Toldoshlar oilasining sistematik belgilari, asosiy turkumlari, ularning tuzilishi va tarqalishi xaqida gapirib beradi.
O’qitish uslubi va texnikasi
Ko’rgazmali ma’ruza, suhbat, bayon qilish, aqliy hujum, blis so’rov
O’qitish shakli
Ommaviy, jamoaviy
O’qitish vositalari
O’quv qo’llanma, proektor, grafik organayzerlar, doska
O’qitish shart-sharoiti
Hamkorlikda ishlash va taqdimotlarni amalga oshirish imkoniga ega bo’lgan auditoriya.