43-dars Mavzu: Qq tovushi va Qq harflari


Darsning texnologik xaritasi



Yüklə 133,01 Kb.
səhifə3/3
tarix02.01.2022
ölçüsü133,01 Kb.
#46008
1   2   3
4- amaliy mashg‘ulot

Darsning texnologik xaritasi


T|r

Dars bosqichlari

Bajariladigan ish mazmuni

Bajariladigan ish shakli

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.

Suhbat.

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.

Savol- javob.

10 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

Qq tovushi va Qq harfi. Kitob she’ri

Ko’rgazmalilik.

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

O’quvchilar fikrini tinglash. Lug’at bilan ishlash

Og’zaki savol-javob

10 daqiqa

5

Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish

Bilimlarini taqqoslash

Rag’batlantirish.

2 daqiqa


I.Tashkiliy qism.

- Salomlashish.



  • Sinfni darsga hozirlash.

  • Navbatchi axboroti.

  • Ma’naviyat daqiqasi . O’zbekistonning 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi va uning ramziy 5 xil ranglarini ahamiyati aytiladi. ( 5 ta o’quvchi qo’llarida 5 xil rangdagi rangli qogozdan A4 formatda ko’rsatib ranglar nimalarni anglatishini aytib beradilar).

Harakatlar strategiyasining ranglardagi ko’rinishi.

I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari

Musaffo, moviy osmon rangi – musaffo osmon va shaffof suv ramzi, buyuk Amir Temur davlati bayrog’ining rangi.

II. Qonun ustuvorligini tahminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari

Alvon rang – sofdillik va boshchilik, odil sudlov va adolat ramzi.

III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishari

Tilla rang – qudratlilik va boylik, taraqqiy etgan iqtisod ramzi.

IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari

Qizil rang – hayot, axoliga munosib turmush tarzini tahminlash ramzi.

VXavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni tahminlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar

Oq rang – tinchlik va poklik, tinchliksevar siyosat ramzi.

Internetdan olingan kun xabarlari aytiladi. O’quvchilar 3ta guruhga bo’linadi va dars qoidalari rag’bat kartochkalari yig’ish tushuntiriladi. 1-qator . Bilim guruhi. 2-qator Odob guruhi. 3-qator Aql guruhi.



II . O’tilgan mavzularni takrorlash.

Darslikdagi bo’g’inlar, so’zlar va “Bilasanmi ?” she’rini “To’g’ri va tez o’qi” (bunda o’qituvchi har bir o’quvchiga bittadan so’zni ko’rsatadi ,o’quvchi so’zni to’g’ri bo’g’inlab yoki sidirg’a tez ravon o’qishi kerak” metodi orqali o’qitish.

1-qator - ko’p. ko’prik, patir, kaptar, ipak, palak

2-qator- Po’lat, Mannop, parranda, patir, tup, turp

3-qator- ko’p, ko’prik, kaptar, palak.

Qaysi qatordagi o’quvchilar to’g’ri va tez o’qisa rag’bat kartochkasi berib boriladi. (o’quvchi o’zi va guruhi uchun kartochka yig’ishi kerak).

Unli va undosh harflar asosida bo’g’inlar hosil qildiriladi , o’qitiladi. Rasmlarning nomlari topilib, neshta tovush va nechta harfdan iboratligi aniqlatiladi .




Pomidor kitob

karam soyabon

III. Yangi mavzu ustida ishlash.

Q harfiga oid so’zlar topiladi guruhlarda, qaysi guruh ko’p so’z topsa rag’batlantiriladi. Sochiq, qalam, qalampir so’zlari bo’g’inga bo’linib Q harfini o’rni aniqlanadi.

Tayanch kompetensiya . O’z –o’zini rivojlantirish kompetensiyasiga oid tushunchalar beriladi.

Sochiqdan foydalanish qoidalari aytiladi .Bolalar sochiqdan qanday foydalanasiz? Siz uyda nechta sochiqdan foydalanasiz? Har bir kishi 4 xil sochiq ishlatishi lozim. Yuz uchun, yuvinish uchun, oyoq uchun, qo’l uchun bo’lishi va har bir oila a’zosiniki alohida bo’lishi kerak. Sochiqlar ko’rsatilib aytiladi. Qalam ko’rsatilib undan foydalanish aytiladi. Qalam bilan nima qilamiz? Sizda qanday qalamlar bor? Kim kelajakda rassom bo’ladi? Qalampir ko’rsatilib uni foydasi va turlari aytiladi. Qalampir juda achhiq bo’ladi undan ovqatlar va salatlar, tuzlamalar tayyorlashda foydalaniladi. Qalampir qizil va yashil rangda bo’ladi. Siz qalampir yeganmisiz? Oilangizda kimlar qalampirni yoqtirib yeydi?

Bugun sizlar bilan Q harfini o’rganamiz deb Q harfiga oid ko’rgazma ko’rsatiladi Q harfini bosma va yozma shakli ko’rsatiladi. Akt orqali multimedia ilovasi qo’yib beriladi.

Ekranda qiz va bola keng dalada , qarshisidan o, n, a, m, t, l, b, k, r, o’, d, u, y, e, g, ng, s, h, sh, p, q harflari paydo bo’ladi. Ular orasidan q harfi bosilganda harfning bosma shakli kattalashtirib yozilishi ko’rsatiladi va tovush talaffuz qilinadi. Q tovushining talaffuzi mashq qildiriladi. Suhbat yordamida q tovushining xususiyatlari aniqlashtiriladi. Q harfi undosh tovushlar sirasiga kirishi aniqlanib, kungaboqarga yopishtiriladi.Darslikning 48- beti o’qib olinadi.

Qa, qe, qi, qo, qu, oq, uq , o’q

Qish qal – poq qu – yosh O – qi – la

Qush qo’l – qop qur – ba – qa A- qi – da

Qo’l quyon oqqush

Kitob.


Kitob --- bilimning boshi ,

Aql—u idrok quyoshi .

Kitobda nurli iqbol,

O’qib topaman kamol. Ekranda she’r qo’yib eshittiriladi.

O’quvchilar birgalikda she’rni o’qitiladi. Kitob o’qish va kitobni asrash qoidalari aytiladi.

Dam olish daqiqasi o’tkaziladi. MP3 orqali “Bugi- bugi “qo’shig’i qo’yiladi ,o’quvchilar o’rnilaridan turgan holda qo’shiqqa mos harakat qiladilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Guruhlarda “O’rnini top” metodi. Bunda har bir guruhga darslikdagi Kitob she’ri so’zlari alohida yozilib aralashgan holatda beriladi . Guruh o’quvchilari bir parta atrofiga yi’gilib 5 daqiqa davomida so’zlarni o’rniga qo’yib she’rni o’qib beradilar va qarsak chaladilar bu ularni mashqni tugatganligini anglatadi. Katta batmon qog’oziga she’rni qator qilib so’zlarini yopishtiriladi. Bunda har bir batmanga guruh nomi oldin yozib qo’yiladi va tayyor bo’lgan guruh ishi sinf doskasiga yopishtoriladi. Vaqt tugagach barcha guruh ishi solishtirilib , g’olib guruh aniqlanadi va ” Eng chaqqon va bilimdon”guruh nomi beriladi . Slaydda Kitob she’ri ekranda ko’rsatiladi. O’quvchilar o’z ishlarini solishtirib oladilar. Sinfdagi barcha o’quvchi bir vaqtda qatnashadi va she’r qayta o’qiladi. Bu orqali she’rni yod olish va o’quvchilar bilimi mustahkamlanadi. Guruhda ishlash malakasi shakllanadi.

Kitob

Kitob- bilimning boshi,

Aql-u idrok quyoshi.

Kitobda nurli iqbol,

O’qib topaman kamol.

Qat-qatgina qatlama

Aqling bo’lsa tashlama.
Iqbol --- baxt , omad, porloq kelajak.
Ekranda doira ichida bo’g’inlar yozilgan. Shulardan so’zlar tuziladi. To’g’ri topilsa barakalla so’zi, noto’g’ri bo’lsa o’ylab ko’ring so’zi aytiladi.



A qil bo nor qi du o mi I pak

V. Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish .

Bugungi darsda o’tilgan Qq tovushi yana bir bor eslatiladi va dars davomida qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va guruhlar ishi baholanadi. G’olib guruh aniqlanib olqishli qarsaklar bilan olqishlanadi. Eng bilimdon o’quvchi, Eng faol o’quvchi, Eng odobli o’quvchi, Eng zukko o’quvchi aniqlanib nishon taqib qo’yiladi.



(darsga ota-onalar va o’qituvchilar taklif etiladi)
Yüklə 133,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin