438
Yechish:
10-3=7 l
Javob:
Ikkinchi bidonda 7 litr paxta yog’i bor.
3.
Maktab hovlisida 10 ta o‘quvchi bo‘lib, ulardan 4 nafari qiz bola.
Ularning nechtasi o‘g’il bola?
O‘g’il bola-? Jami- 10 ta.Qizlar-4 nafar.
Yechish:
10-4=6 ta.
Javob:
Olti nafari o‘g’il bola.
Mavjud bilimlar va fikrlash qobiliyatlar tadbiq qilinishi jarayonida mustahkamlanib
boradi. Masalalarni shakllantirishda aniq material bo‘lgan holda
nazariyani amaliyot bilan o‘qitishni turmush bilan bog’lab olib borish imkonini
beradi. O‘quvchi masalalarni yechayotganda ko‘p matematik tushunchalar aniq
hayotda odamlarning tajribasida o‘z ildizi ekanligiga ishonch hosil qiladi. Masalalar yechish
orqali bilim va tajriba sohasida muhim bo‘lgan ma‘lumotlar bilan tanishadilar.
Masalan
boshlang’ich sinflarda yechiladigan ko‘p masalalarning
mazmunida bolalar va kattalarning mehnati mamlakatimizning xalq xo‘jaligi, texnika, sport
va madaniyatda erishgan yutuqlari yotadi. Masalalar yechish jarayonining o‘zi ma‘lum
metodikada o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga ancha ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi,
chunki u
aqliy operasiyalarni: analiz va sintez, aniqlashtirish va taqqoslash umumlashtirishni talab
etadi. Masalan:o‘quvchi istagan masalani yechishda analiz qiladi. Savolni masala shartidan
ajratadi. Yechish rejasini tuzayotganda sintez qiladi, bunda u aniqlashtirishdan foydalanadi,
biror bir turdagi masalalarni ko‘p marta yechish natijasida o‘quvchi bu turdagi masalalarda
berilgan va izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanishlar haqidagi bilimni umumlashtiradi.
O‘quvchilarni sodda masalalar bilan tanishtirish. O‘quvchilarda
eng oldin
tanishadigan arifmetik masalalar tushunarli bo‘lishi kerak yig’indi va
qoldiqli
masalalarga doir masalalar jumlasi kiradi. Bunday masalalarni yechish bilan
tanishtirishni, parallel olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi, bunday masalalarga
quyidagi masalalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: