439
3.
Botir 6 sm li kesma chizdi. So‘ngra uni 3 sm uzaytirdi. Kesmaning uzunligi
qancha bo‘ladi?
Yechish:
6+3=9 sm
Javob:
Kesmaning uzunligi 9 sm bo‘ladi.
4.
Savatda 10 kg olma bor edi. Undan 8 kg olmani sotishdi. Savatda necha kg olma
qoldi?
Yechish:
10-8=2 kg
Javob:
Savatda 2 kg olma qoldi.
Masalalarni tasvirlash usuli.
Masaladagi berilgan sonlarning nechtaligini
ta‘kidlashga va ular o‘rtasidagi munosabatlarini aniqlay bilish ko‘nikmasini
rivojlantirishga imkon beruvchi eng muhim matn usuli masalani tasvirlashdir.
Bolalarning narsalarni chizmada tasvirlash usullari bilan tanishishi ham foydalidir.
Dastlabki 1-2 ta masalani o‘qituvchining o‘zi tasvirlab chizadi.
O‘qituvchi doskaning ichiga 5 ta qo‘ziqorin va uning oldiga bitta qo‘ziqorin solingan
savatchaning rasmini chizdi. Bolalar o‘qituvchi qanday masalani chizganini topganlaridan
keyin o‘zlari xohlagan narsalar haqida masala tuzadi. Bolalarni
masalaning javobi emas,
balki masala shartini chizish kerakligi haqida bosh qotirish kerak, o‘qituvchi tez
chiziladigan narsalarni tanlash haqida maslahat beradi. U bir nechta yaxshi chiqqan va 1-2
ta yaxshi chiqmagan rasmlarni tanlab oladi. Bolalar kim qanday masala tuzganini topadilar.
Ular qaysi rasm bo‘yicha
masala tuzish mumkin, qaysi rasm bo’yicha masala tuzib
bo‘lmasligini, nima uchun xatosi nimada ekanligini aniqlaydilar. Rasmda masalada berilgan
sonlar ko‘rsatilishi kerakli ekanligi
haqida ishonch hosil qilinadi, o‘zaro tekshirish olib
borilsa yaxshi bo‘ladi. Ayirishga oid masala tuzishda ko‘pincha ikkita rasm chizishga to‘g’ri
keladi, birida kamayuvchi, ikkinchisida qoldiq va ayriluvchi chiziladi.
Masalan: birinchisida 6
ta archa, ikkinchisida 5 ta archa chiziladi.
Dostları ilə paylaş: