434 masalalar yechish orqali boshlang’ich sinf


Bolalarga hisoblash usulini o‘rgatish



Yüklə 101,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix13.12.2023
ölçüsü101,61 Kb.
#175689
1   2   3   4   5   6   7
TA\'LIM FIDOYILARI-2023-May-1-qism-434-443

Bolalarga hisoblash usulini o‘rgatish.
Bolalar arifmetik amallarni ifoda etishga va 
uni asoslab berishga o‘rganib olganlaridan keyin ularni hisoblash usullari bilan tanishtirish 
mumkin. Ular qo‘shish va ayirishni 1 ni qo‘shib va ayirib o‘rganib olishlari kerak. Bolalar 
ushbu usullarni egallab borishda qo‘shni sonlar o‘rtasidagi bog’lanish va munosabatlarni 
tushunishga hamda sonlarning birliklardan iborat tartibini bilishga tayanishlari lozim. 
Arifmetik amallarni o‘rgatish jarayonidagi mashg’ulotning bir qismi sonlarni solishtirish va 
sonlarning birliklardan iborat tarkibi haqidagi bilimlarni mustahkamlashga o‘rgatadi. 
Bolalarga hisoblash usullarini qanday o‘rgatish mumkin? Rasm bo’yicha quyidagi masalani 
tuzishni taklif etish mumkin. Bolalarni arifmetik amallarni ifoda etishni hisoblash 
usullaridan farq qila bilishga o‘rgatish uchun qo‘shishda + "ga" ayirishda -"dan" 
qo‘shimchalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bolalar hisoblash vaqtida olingan 
javob bilan birga arifmetik amallarni takrorlaydilar. Shundan keyingina ular masala savoliga 
javob beradilar. Dastlab bolalar ko‘rsatma material asosida keyinroq miyada sonlarning 
to‘g’ri va teskari ketma- ketligi haqidagi bilimlar hamda ular masala o‘rtasidagi bog’lanish 
va munosabatlarni tushunishiga asoslanib hisoblaydilar. 


440 
Yil oxirida bolalar masala tuzishga undagi shart va savolni farq qila bilishi, 
berilgan sonlarni ajratib olishni, ular o‘rtasidagi miqdoriy munosabatlarni aniqlashni, 
arifmetik amallarni to‘g’ri to‘plashni va ifoda etishni hisoblash usullaridan foydalanib 
harakat natijasini topishni va masala savoliga to‘liq javob berishni bilishlari kerak. 
Arifmetik masalalar yechish. 
Masala yechishda " qo‘shish " " ayirish" " barobar" matematik atamalaridan 
foydalanish zarur. Bolalar " yozishni" mashq qiladilar. 
1-2 bola mustaqil " yozganlarini "o‘qib beradilar. 
"3 ta sharga 1 ta shar qo‘shilsa 4 ta shar bo‘ladi". 
Kim masalani yechadi? 3ga 1 ni qo‘shish kerak. 
Lolada nechta shar bo‘ldi? 4 ta 
Doskada 3 o‘quvchi barobar 4 deb aytishadi. 
Bolalar ko‘pincha masalani hikoya, topishmoq bilan aralashtirib yuboradilar. 
Masalan: Akvariumda 6 ta baliq bor edi. Yana bir necha baliq solib qo’yishdi. Bu masalani 
yechish mumkinmi? Yoki 4 og’ayni bitta tom tagida yashaydi. Bular masala emas, balki 
hikoya va topishmoqdir. Masalada eng kamida ikkita son ishtirok etishi uqtiriladi.
Geometrik figuralar. 
Bolalarni geometrik figuralar bilan tanishtirishning asosiy vazifasi ko‘pburchaklar 
bilan tanishtirishdir. Uchburchak, kvadrat, to‘g’ri to‘rtburchaklar 
ko‘pburchaklarning turlari sifatida qaraladi. Dastur mazmuni shunday tuzilganki uni 
o‘zlashtirish natijasida bolalarning ko‘pburchaklar turlari haqidagi umumiy bilimlari 
kengayadi. Bu bolalarda elementar matematik tafakkurni o‘stirishga imkon beradi. 
Figuralarning moddalari bilan shug’ullanish jarayonida bolalarning ko‘pburchakning ba‘zi 
bir xususiyatlari haqidagi tasavvurlari shakllanadi. Ko‘pburchaklar tomonlari va burchaklari 
tengligi bilan aniqlanadi. Birinchi tanishishda ko‘rish, siljitish, paypastlash usullaridan 
keyin son va o‘lchashdan foydalanadilar. Avval umumiy belgilari: tomonlari, burchaklari, 
burchak uchlari ko‘rsatilishi lozim. Bularni bolalar birinchi mashg’ulotlardayoq o‘zlashtirib 
oladilar. Faqat nuqtalar qo‘yib ularni birlashtirib, ko‘pburchaklar chizganda qiynaladilar, 
xususiyatlarini o‘rgana borish davomida uning yangi xususiyatlari ochila boradi: ularning 4 
ta tomoni, 4 ta burchagi, 4 ta burchak uchi bor. 
O‘lchash asosida bolalar o‘zlari uchun yangi xususiyatlar (teng va notenglikni) 
aniqlaydilar. O‘lchov birligi qilib qog’oz tugmasi olinadi: kvadratga 1 ta tasma, to‘g’ri 
turtburchak uchun ikkita tasma. Bolalar ixtiyorida doimo xilma xil 
ko‘pburchaklar bo‘lishi kerak. Buklash orqali bolalar bir figuradan boshqa figuralar hosil 
qiladilar. Ko‘pburchaklarning xossalarini aniqlaydilar, bunda ayniqsa ko‘pburchaklardan 
uchburchak hosil qilish va uchburchaklardan boshqa figuralar hosil qilishga ko‘p e‘tibor 
berish kerak. 
Arifmetik masalalar yechish jarayonida o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini 
rivojlantirish.


441 
Masalalar yechish matematika fanini o‘qitishning muhim tarkibiy qismidir. 
Masalalar yechmasdan matematikani o‘zlashtirishni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. 
Masalalar yechishida nazariyani amaliyotga tadbiq qilinishi haqida fikr yuritishida natural 
sonlar arifmetikasini o‘rganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar sistemasi 
asosida tuzilgan. Arifmetik amallarning mazmunini, amallar orasidagi bog’lanishlarni, 
amalda qo‘llanishlari bilan natijalar orasidagi baholashlarni ochib berishda har xil miqdorlar 
orasidan baholashlar bilan tanishishiga, yechish va ular haqida fikr yuritish katta ahamiyatga 
ega bo‘ladi. 
Sodda va tarkibli masalalar o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning 
foydali vositasi bo‘lib odatda o‘z ichiga yashirin ma‘lumotni oladi. Masalalarni yechishda 
predmetga bo‘lgan qiziqishi rivojlanadi. Umuman mustaqillik, erkinlik, talabchanlik, 
mehnatsevarlik maqsadga muvofiqdir. 
Qo‘shish va ayirishga o‘rgatish 1- sinfda matematika o‘qitishning asoslaridan 
biridir. Bolalar bog’chasida asosiy tayyorlov ishlari olib boriladi. Bolalar arifmetik 
masalalarni yechib, hisoblash malakalarini egallab boradi. Bu arifmetik masalalarning 
ma‘nosini tushunishiga hamda unga ongli ravishda yondoshishlar, xatoliklar, natija hamda 
amallar komponenti orasidagi o‘zaro bog’lanishlarni aniqlashga imkon beradi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bir amalli oddiy masalalarni, ya‘ni narsalar ustida 
ish bajarishdan, qo‘shish ayirishdan bevosita kelib chiqadigan (qo‘shdik, ko‘paydi, ayirdik, 
kamaydi) arfmetik masalalarni yechadilar. 
Bular yig’indi va qoldiqni toipishga qaratilgan masalalardir. Bolalarga katta son va 
kichik sonlarni qo‘shish hollari bilan tanishtiriladi. Ularni avval 1 sonni qo‘shish va ayirish 
keyinroq 2 va 3 sonlarni qo‘shish va ayirishga o‘rgatib boriladi. Masalalar yechish bolalarga 
avvalo mukammal matematik tushunchalarni shakllantiradi. Fikrlash qobiliyatini 
rivojlantiradi. O‘ylash masalalarni hayotga tadbiq eta olish, har bir amallarning ma‘nosini 
tushunishdan iboratdir. Qo‘shish amallariga doir masalalar yechishiga to‘plam elementlarini 
birlashtirish natijasida belgilarni aniqlaydilar, amallarni noma’lum komponenti (noma’lum 
qo‘shiluvchi, ko‘payuvchi, bo‘luvchi) topishga doir masalani yechayotib bolalar arfimetik 
amallarni komponentlari va orasidagi bog’lanishni o‘zlashtiradilar. Masalalar konkret 
material bo‘lib, ular yordamida o‘quvchilarda yangi bilmlar vujudga keladi va mavjud 
bilimlar tadbiq qilish mobaynida mustahkamlanib boriladigan holda nazariyani amaliyot 
bilan o‘qitishni tushuntirish bilan bog’lab olib borish imkonini beradi. Arifmetik masalalar 
yechish o‘quvchilar kundalik hayotida har kungi o‘quv zarur bo‘lgan amaliy fikrlarini 
vujudga keltiradi. Hayotdagi harid qilingan narsaning narxini, ko‘rishgan narxini, olgan 
narsalarni narxini, ishga kech qolmaslik uchun uydan qachon chiqqanligi haqida fikr 
yuritiladi. O‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish uchun masalalardan keng 
foydalaniladi. Masala tuza bilish ko‘nikmasi uning tuzilishini o‘zlashtirib olish uchun zamin 
yaratadi. Bolalar masala tuzish bilan 2 yoki 3 mashg’ulot o‘tganidan so‘ng tanishadilar ular 
masalada shart va savol borligini bilib oladilar. Masala shartini kamida 2 ta son bo‘lishligi 
alohida ta‘kidlanadi. O‘qituvchi bolalarga masalani nima haqida gapirishini so‘zlab 


442 
beraman, siz bo‘lsangiz men aytgan narsalarni hammasini chap tomoniga 3 ta olma o‘ng 
tomoniga 4 ta olma qo‘ydim. Stolga hammasi bo‘lib nechta olma qo‘yildi. Bolalarga tarbiya 
berishda ham maqsadli malakalarni roli katta masalalar o‘quvchilarni fikrlash doiralarni 
kengaytirishiga yordam beradi. Masalalar yechish haqida fikr yuritish natijalarida shunday 
masalalar tarkib topadi. 
Masalalarni tinglashni o‘rganish va uni mustaqil o‘qib o‘zlashtirishdan 
boshlanadi. Masala shartini yaxshiroq o‘zlashtirish maqsadida har bir o‘quvchi 
masala matnini mustaqil o‘qib chiqishi zarur bo‘lishi uchun ularga masalani oldin 
ovoz chiqarmay o‘qishini so‘ngra esa tovush chiqarib ifodali o‘qishni taklif qilish 
kerak. Masalani ifodali o‘qishda sonni ma‘lumotli va masalani yechish uchun muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan elementlari tovush bilan ajratib olishlari uchun fikr 
yuritishlari o‘rgatiladi. O‘quvchi masalani yechish mobaynida son, arifmetik amallar, 
amallarni bajarish tartibi haqida fikr yuritadilar, o‘quvchilar masalalar yechish orqali tarbiya 
sohasida muhim bo‘lgan fikrlar bilan tanishadilar. Ko‘p masalalarning mazmunida bolalarni 
va kattalarning mehnati mamlakatimizning xalq xo‘jaligi mexanika fan va madaniyatida 
erishgan yutuqlari haqida fikr yuritadilar. 
Masalalar yechish haqida fikr yuritish aqliy rivojlanishiga ancha ijobiy ta‘sir 
ko‘rsatadi chunki u aqliy operasiyalarni analiz va sintez, taqqoslash umumlashtirishni talab 
etadi. O‘quvchi istalgan masalani yechayotganda analiz qiladi, savolini masala shartida fikr 
yuritadi. O‘quvchilar masala yechish orqali izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanishlarini 
aniqlash uchun fikr yuritadilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilari masala yechimini og’zaki 
yoki yozma ravishda bajarishi mumkin. Og’zaki yechishda tegishli arifmetik amallar, 
tushuntirishlar og’zaki bajariladi. Boshlang’ich sinflarda yechiladigan masalalarning deyarli 
yarmi og’zaki bajarilishi kerak. Bunda bolalarni bajarayotgan masalalarning deyarli 
amallarga doir to’g’ri va qisqa tushuntirishlar berishga o’rgatish kerak.Yozma yechishda 
amallar yoziladi yoki og’zaki aytadilar. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatishda quyidagi 
etaplarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir. 
1.
Masala mazmuni bilan tanishtirish. Masala mazmuni bilan tanishtirish uni o’qib, 
masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni ko’z oldiga keltirish demakdir. 
2.
Masala yechimini izlash. Masala mazmuni bilan tanishgandan so’ng uning 
yechimini izlashga o’tish mumkin, o’quvchilar masalaga kirgan kattaliklar, berilgan 
sonlar va izlanayotgan sonni ajratib ko’rsatishlari, berilgan sonlar va izlanayotgan 
son orasidagi bog’lanishni aniqlashlari va buning asosida tegishli arifmetik 
amallarni tanlashlari kerak. 
3.
Masalaning yechilishi. Masalaning yechilishi bu yechim rejasi tuzilayotganda 
tanlangan arifmetik amallarni bajarish demakdir. Bunda har bir amalni bajara turib 
nimani topayotganimizni tushuntirish shart. 


443 
Ajratilgan etaplar bir-biri bilan uzviy bog’langan va bu bosqichning har bir etapida 
ish asosan o’qituvchining rahbarligida olib boriladi.

Yüklə 101,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin