436
birinchi masalani o‘qituvchining o‘zi tuzadi.U bolalarni rasmlarni ko‘rib
chiqishiga,
berilgan sonlarni hamda miqdoriy munosabatlarning o‘zgarishiga olib kelgan hayotiy
harakatlarni ajratib olishga o‘rgatadi. Masalan, rasmda 5 ta shar ushlagan bola tasvirlangan,
u 1 ta sharni qizchaga bermoqda. Rasmni kuzatayotib o‘qituvchi:
Bu yerda nima
tasvirlangan? Bola nima ushlab turibdi? Unda nechta shar bor? U nima qilmoqda? Biz
nimani bilamiz? Masalani shartini tuzing. Nima haqida so‘rash mumkin? deb so‘raydi.
O‘qituvchi berilgan sonlarni o‘zgartirib, bolalarni ayni bir mavzuda har xil mazmundagi
yig’indi va qoldiqni topishga oid masalalarni o‘ylab topishga, hikoya qilishga o‘rgatishda
foydalanadigan hohlagan mazmundagi rasm asosida masala tuzishga undaydi.
Matematik masalalar sodda va tarkibli masalalarga ajratiladi. Bitta amal bilan
yechilishi mumkin bo‘lgan masalalarga sodda masalalar deyiladi.
Bir nechta sodda
masalalardan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amallar yordamida yechiladigan
masalalarga tarkibli masalalar deyiladi.
Masalan: daraxt shoxida 6 ta qush bor edi. Ulardan 2 tasi uchib ketdi? Bu
masalaga 2 ta teskari masala tuzish mumkin.
1)Daraxt shoxida bir nechta qush bor edi. 2 ta qush uchib ketgandan so‘ng
daraxt shoxida 4 ta qush qoldi. Daraxt shoxida nechta qush qoldi?
2)Daraxt shoxida 6 ta qush qo‘nib turgan edi, bir nechta qush uchib ketgandan so‘ng
2 ta qush qoldi. Nechta qush uchib ketdi?
Sodda masala orasidan bevosita ifodalangan masala ajratilgan.
Dostları ilə paylaş: