4‑Mavzu: Kompaniya holatining tahlili Reja


SWOT- Taxlil orqali kompaniya holatini baxolash



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə8/12
tarix14.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#177379
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
4 Mavzu Kompaniya holatining tahlili Reja

4.3. SWOT- Taxlil orqali kompaniya holatini baxolash.
Korxona faoliyati shart-sharoitini baholashning bir nechta usuli mavjud. Eng tarqalgan va tanilganlardan bo’lib SWOT-tahlil (SWOTdan olingan: kuch (strenght), zaif tomon (wrekness), imkoniyatlar (opportunities), havf-xatarlar (threats)) va STEP-tahlil (step dan olingan: ijtimoiy (social), texnik (technical), iqtisodiy (economic), siyosiy (political) omillar) hisoblanadi. SVOT-tahlil asosida tashqi muhit tahlilini o’tkazish uslubini qisqa ko’rib chiqamiz.
SVOT-tahlil ikki qismdan iborat:
1) korxona uchun hozir va kelajakda vujudga kelishi mumkin bo’lgan tashqi imkoniyatlar va xavflar o’rganiladi;
2) korxonaning kuchli va zaif tomonlari o’rganiladi. Bunda korxona potentsial baholanadi.
Korxonaning kuchli (yuqori malaka, kompetentlik, mos texnalogiya, xaridorlarda yaxshi obro’ga ega bo’lishi, xarajatlar, raqobat sohasidagi ustunlik, adekvat moliyaviy resurslar va h.k.) va zaif (aniq strategik yo’nalishlarning yo’qligi, eskirgan uskunalar, tor ishlab chiqarish assortimenti, past marketing imkoniyatlari, bozor va raqiblar xaqida tasavvurga ega bo’lmaslik va h.k.) tomonlari, shuningdek imkoniyatlari (yangi bozorlarga chiqish, ishlab chiqarishni kengaytirish, investitsion fondlarning qiziqishi, iste’mol bozorining tyinmaganligi va h.k.) va havf-hatarlari (yangi raqiblarning paydo bo’lishi, o’rinbosar mahsulot sotuvining o’sishi, xukumatning noqulay siyosati, xaridorlar ehtiyojlari va didlarining o’zgarishi, noqulay demografik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa o’zgarishlar va h.k.) ning aniq ro’yxati tuzilganidan so’ng ular o’rtasidagi aloqalarni o’rnatish uchun SVOT matritsasi tuziladi (z-rasm).

Omillarning o’rtasidagi aloqalarni o’rnatish uchun tuzilgan SVOT matritsasi.
Bo’limlar kesishish nuqtasida to’rtta maydon tashkil topadi: «kum» (kuch va imkoniyat); «kux» (kuch va havf); «zai» (zaif tomonlar va imkoniyat); «zax» (zaif tomonlar va havf). Ushbu maydonlarning har birida tekshiruvchi barcha mumkin bo’lgan juft kombinatsiyalarni ko’rib chiqib, harakat strategiyasini ishlab chiqishda hisobga olishi lozim bo’lganlarini ajratishi kerak. «Zai» maydonidagi juftliklar uchun vujudga kelgan imkoniyatlar hisobiga tashkilotdagi zaif tomonlarni engish strategiyasi tuzilishi lozim. Xuddi shunday: «kux» da tashkilot kuchini havfni bartaraf etish uchun ishlatish, «zax»da zaif tomondan qutilish va havfni oldini olish strategiyasi, «kun» da kuchli tomonlarni tashqi muhitdangi imkoniyatlardan foyda olish uchun ishlatish strategiyasi.
Tashqi va ichki muhit tahlili natijalarini hisobga olgan holda tashkilot maqsadi aniqlanadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin