5-“ ” sinf ona tili



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə2/7
tarix22.09.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#147084
1   2   3   4   5   6   7
Boshlang’ish sinf texnalogiya (1-2-3-4 sinflar) darslar uchun ishlanmalar tayyorlash

XAVFSIZLIK QOIDALARI
1. Har bir o‘quvchi faqat o‘z ish joyida ishlashi lozim.
2. Agarda ish jamoa tarzida bajariladigan bo‘lsa, o‘quvchilar o‘zlari uchun belgilab berilgan majburiyatlarini yaxshi bilishlari zarur.
3. Ish faqat o‘qituvchining ruxsati bilan boshlanadi.
4. Ishni boshlashdan oldin, ish joyingizni tayyorlang, ish qurollarini to‘g‘ri va qulay joylashtiring: o‘ng qo‘l bilan ushlanadigan anjomlarni o‘ng tomonga (qaychi, qalam, o‘chirg‘ich va hokazo), chap qo‘l bilan ushlanadiganlari (qog‘oz, yelim va boshqalar)ni chap tomonga qo‘ying. Sanchiladigan, kesadigan anjomlarni hech qachon ikkita ish quroli orasiga qo‘ymang. Ularni doimo o‘z joyida, tartibli saqlang. Ish qurollarini o‘rinsiz ishlatmang.
5. Har doim ish joyingizni saranjom saqlang.
6. O‘tmas yoki yaroqsiz ish anjomlari bilan ishlamang.
7. Ish anjomlaridan foydalanganda, uni o‘qituvchi ko‘rsatganidek ushlang.
8. Ish anjomlarini asrang, ularni o‘z o‘rnida ishlating, foydalangandan so‘ng tozalab – yuvib, artib qo‘ying.
9. Belgilangan ishni yaxshiroq, chiroyliroq, tartibli bajarishga harakat qiling.
10. Mashg’ulot davomida yaroqsiz holatga kelgan ish anjomlari to‘g‘risida o‘qituvchingizni xabardor qiling.
1 1. Ishni tugatishingiz bilan ish o‘rningizni tezda tozalab, tartibli qilib qo‘ying.
Q AYCHIDAN FOYDALANISH QOIDALARI
1. Qaychini belgilangan joyda, belgilangan holatda saqlang.
2. Qaychining uchini yuqoriga qaratib ushlamang.
3 . Qaychini ishlatib bo‘lgandan so‘ng ochiq holda qoldirmang.
4. Qaychini yurib turganingizda ishlatmang.
5. Qaychini faqat yopilgan holda uchidan ushlab o‘rtog‘ingizga uzating.
6 . Qaychini ishlatayotganda qirqish chizig‘i yo‘nalishini hamda materialni ushlab turgan chap qo‘l barmoqlarini kuzatib turing.
7. Yaroqsiz qaychini ishlatmang, uni o‘qituvchingizga topshiring.
BIGIZDAN FOYDALANISH QOIDALARI
1. Avvalo bigiz bilan ishlaganingizda ustozingiz yoki ota-onangiz ko‘magiga tayaning.
2 . Bigizni o‘rinsiz ishlatmang.
3. Sirti silliq va sirpanchiq bo‘lgan qattiq predmetlarni bigiz bilan teshmang.
4. Teshiladigan predmetni qo‘lingizda ushlamang, uni stol, taglik ustiga qo‘yib teshing.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin