P ICHOQ BILAN ISHLASH QOIDALARI
1. Kanselyariya pichog‘idan o‘qituvchingiz yordamida foydalaning.
2. Kanselyariya pichog‘ini o‘qituvchi ko‘rsatganidek ishlating, kesayotganda qattiq bosmang.
I GNA BILAN ISHLASH QOIDALARI
1. Ignani ishlatib bo‘lgach, maxsus yostiqchaga sanchib qo‘ying.
2. Ignani hech qachon og‘zingizga solmang.
3. Ortiqcha ignalarni maxsus igna idishda saqlang.
4. Ishdan oldin va ishdan keyin ignalarni sanab ko‘ring, yetishmagan ignalarni, albatta, toping.
IV. Mashg’ulotni mustahkamlash;(5min)
O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.
1.Qanday mehnat qurollarini bilasiz?
2.Ulardan foydalanishda qanday tehnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak?
3.Qaychidan foydalanishda tehnika xavfsizligi qoidalari qanday?
4.Ninadan foydalanishda tehnika xavfsizligi qoidalari qanday?
5.Yelimdan foydalanishda tehnika havfsizligi qoidalari qanday?
V.O`quvchilarni baholash.
2-Mavzu: “Oltin kuz” manzarasini yasash
Maqsad:
Ta’limiy: Tabiiy materiallar haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash,ish qurollaridan foydalanishda ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash
Rivojlantiruvchi:O’quvchilarning ijodiy tafakkur,tasavvur va fantaziyalarini rivojlantirish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1: texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.
TK 2; turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish.
Mashg’ulotning borishi
I.Mashg’ulotni tashkil qilish. 1.Salomlashish.
2.Davomatni aniqlash.
3.Mashg’ulotga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so’rash.
Tayyorlab kelingan ishlar ko’rib chiqiladi.Baholanib tahlil qilinadi.O’quvchilar rag’batlantiriladi
III.Yangi mavzu bayoni.
O’quvchilar bilan o`simliklar haqida suhbatlashiladi.
O`simliklar turlari ularni qayerlarda o`sishi haqida savol- javob o’tkazildi
-Bolalar bugun biz sizlar bilan gerbariy tayyorlash haqida ma`lumot .To`plangan o`simliklar turli yo`llar bilan quritiladi.Bunda o`simlik yumshoq qog`oz yoki gazeta orqasiga solib qo`yiladi.Har bir o`simlik o`rtasiga bir necha qavat qog`oz yoki gazeta orasiga solib qo`yiladi,chunku quritilayotgan o`simlik o`zidan namlik c hiqaradi,chuqatotgan namlikni qog`oz shimib olishi mumkin.Bugungi
mavzu va sana doskaga yoziladi.O`quvchilar oldindan terib kelgan barglari saralanadi.”Oltin kuz” mavzusida gerbariy tayyorlaydilar.Bu ishni kim qanday bajarishi o`ziga havola va o`z fantaziyalariga tayanib ish ko`radilar.O`qituvchi faqat namuna ko`rsatadi halos.Gerbariyni ko`zadagi guldasta ko`rinishida qilishlari mumkin,bunda qaychi,yelimdan foydalanadilar.Qaychi,yelimdan foydalanishda qanday texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerakligi eslab o’tildi.O’quvchilar mustaqil yasay boshladilar.Yasash vaqtida qiynalgan o’quvchilarga yoramlashib turiladi.
IV.Mavzuni mustahkamlash.Barglar yordamida kuz manzarasini yaratish.
O’quvchilar bilan savol-javob o’tkazilib, mavzu mustahkamlanadi.Mashg’ulotda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
1.Gerbariy tayyorlashning qanday turlari bor?
2.Qaysi mehnat qurollarini ishlatayotganda texnika xavfsizligiga rioya qilish kerak?
V.Uyga vazifa.Sinfda boshlagan ishlarini tugatmagan o’quvchilar uyda yasab kelishadi
Maktab MMIBDO‘______________________________ Sana____ _______ 20___yil
Sana: _____________
Dostları ilə paylaş: |