128
Yotgan holda oyoqni 90° ga ko‘tarishni beshinchi-oltinchi
sinf bolalari 70—80 marta bajaradilar.
Ushbu mashqlarning
qizlar
uchun ishlab chiqilgan
me’yorlari mavjud: stul yoki biror narsaga tayanib, butun
gavdani bukib-yozishni beshinchi-oltinchi sinfdagilar 50—60
marotaba bajaradilar. Qizlar pastroq turnikda 40—50 maro-
taba ko‘tarilib-tushishlari lozim. Yotgan holda oyoqni 90°
ko‘tarishni beshinchi-oltinchi sinf qizlari 60—70 marotaba
bajarishlari lozim.
Egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar
Egiluvchanlik — bu shunday jismoniy sifatki, u bilan
barcha qilinadigan harakatlarni bemalol, qiynalmasdan
bajarishingiz mumkin. Egiluvchanlikni rivojlantirishda
foydalaniladigan harakatlar quyidagilar bo‘lib, ular ikki
yonga tez va sekin burilish, butun gavdani oldinga va yon
tomonlarga burish, ko‘prikcha hosil qilish, barcha a’zolar
bilan prujinasimon harakatlarni bajarish, oyoqlarni yonga
harakatlantirish, osilib turgan to‘pga oyoq uchi bilan tegish,
to‘pni ilib olish, sherik bilan turli harakatlarni bajarishdan
iboratdir. Bu mashqlarni har kuni 8—10 marta bajaring.
Keyin bir daqiqa dam olib, shu mashqlarni yana 10 marta-
dan bajaring. Agar mushaklarda og‘riq paydo bo‘lsa, uni
to‘xtating. Egiluvchanlik mashqlarini boshlashdan oldin
chigilyozdi harakatlarni: bir necha marta oldinga, orqaga,
chapga, o‘ngga aylanish, o‘tirib-turishlar va hokazolarni
bajarib olgan ma’qul.
Dostları ilə paylaş: