5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun


Ovqatlanish va ichimliklar ichish tartibi



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

Ovqatlanish va ichimliklar ichish tartibi.
Inson jismoniy
va aqliy harakatlardan keyin hamda o‘sishi va rivojlanishi
uchun sarflagan quvvatni tiklash uchun ovqat iste’mol qi-
ladi. Organizmning quvvatga bo‘lgan ehtiyoji yoshiga qarab,
moddalar almashinuvi darajasiga, yil fasliga, iqlimga qarab
bo‘ladi. Jismoniy mashqlar qanchalik jadal bajarilsa, quvvat
ham shunchalik ko‘p sarflanadi. Shundan o‘quvchilar or-
ganizmi bir kunda 2800—2900 kilokaloriyaga ehtiyoj sezadi.
Ovqat tarkibi oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar,
tuzlar va suvdan iborat bo‘ladi. Ovqat yoqimli, ishtaha
bilan iste’mol qilinadigan va yaxshi hazm bo‘ladigan mah-
sulotdan tayyorlanishi kerak.
Uglevodlar
— asosiy quvvat hosil qiluvchi modda hisob-
lanadi. Ular mushaklar ishi, yurak va nerv faoliyati uchun
juda zarur. Uglevodlar, asosan, oziq-ovqatlarda, o‘simliklar
tarkibida, masalan, nonda, donlarda, shakarda, kartosh-
kada, meva va sabzavotlarda mavjud bo‘ladi. Shu bois, shirin-
liklar, murabbo va shakar ko‘p iste’mol qilinsa, unda
modda almashinuvi buzilib, kishi semirib ketishi mumkin.
Shuningdek, oziq-ovqatlarda uglevod yetishmasa, unda ki-
shi quvvatsizlanib, ish faoliyati susayadi. Ma’lum bo‘ladiki,
iste’mol qilinadigan narsalar quvvatiga ko‘ra me’yorida bo‘-
lishi darkor.
Oqsillar
— organizm barcha a’zolari to‘qimalarining
tiklanishida asosiy modda bo‘lib hisoblanadi. Ular orga-
nizmda yetishmasligidan o‘sish va rivojlanish pasayadi, turli
kasalliklarga qarshilik ko‘rsatishi, aqliy va jismoniy ish faoli-


144
yati susayib ketadi. O‘sish va rivojlanish davrida organizm-
ning oqsilga bo‘lgan ehtiyoji ko‘proq seziladi. Shu davrda
go‘sht, baliq, tuxum va pishloqlar ko‘proq iste’mol qilinsa,
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Oqsillar no‘xat, soya, loviyalarda
ham ko‘p bo‘ladi. Demak, sport bilan shug‘ullanuvchilar
u bilan shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan oqsil va uglevodlar
serob bo‘lgan mahsulotni ko‘proq iste’mol qilishlari kerak.
Yog‘ moddasi.
Yog‘ organizmda quvvat hosil qiluvchi
manba sifatida uglevodlarga qaraganda ikki baravardan ko‘p
quvvat (kaloriya) hosil qiladi. Ma’lumki, organizm uchun
eng qimmatli va zarur bo‘lgan yog‘lar sut, sutdan tay-
yorlangan oziq-ovqat mahsulotlarida, pishirilmagan tuxum-
da, sariyog‘ va yog‘li go‘shtlarda mavjud. O‘simlik yog‘lari
ham tez hazm bo‘ladigan yog‘lardan hisoblanadi. Ammo
yog‘ni iste’mol qilish ham befoyda, chunki u ishtahaning
pasayishiga, modda almashinuvining buzilishiga va semi-
rishga olib keladi.
«A» va «B» vitaminlari baliq moyida, tuxumda, yog‘da,
jigarda, sariyog‘da, sutda mo‘l bo‘ladi. Bulardan tashqari,
«A» vitamini ko‘katlarda, pomidor va sabzavotlarda ham
mavjud. «B» guruh vitaminlari esa non, go‘sht, pishloqlarda
serob bo‘ladi. Limon, apelsin, kartoshka, piyoz, sarimsoq,
smorodina, na’matak va mevalar «C» vitaminiga boydir.
Shuni yodda tutmoq lozimki, ko‘p vitaminlar ovqatda
o‘zining tabiiy xususiyatini yo‘qotadi, shuning uchun sab-
zavot va mevalarning yangiligida iste’mol qilish maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Yana bir narsani unutmaslik lozim, mun-
tazam jismoniy yuklamalarda bo‘lib turgan yoshlarning
organizmi qishda, ayniqsa, erta bahor kezlari, «ilikuzildi»
vaqtida ko‘pgina vitaminlarga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun
bunday kezlari semirib ketishdan qo‘rqmay temir, kalsiy,
fosfor va boshqa mikroelementlarga boy quvvatli ovqatlarni
ko‘proq iste’mol qilishdan cho‘chimaslik kerak.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin