Qad-qomat. Qad-qomat—bu nima? Bu inson gavdasi-
ning oddiy tik va to‘g‘ri holatda rivojlanishidir. U to‘g‘ri va
noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Agar umurtqa pog‘onasi to‘g‘ri
rivojlanib, qad-qomat risoladagidek bo‘lsa, yurish yengil,
qadam qo‘yish qulay bo‘lib, yurish va yugurishda keng
imkoniyatlar yaratiladi.
Qad-qomat to‘g‘ri bo‘lmasa, odamning yurishi va hara-
katlarida noqulayliklar ko‘zga tashlanadi. Ichki a’zolarning
joylashishida nomutanosibliklar yuzaga kelib, ular mu-
shaklarga, oyoq panjalariga, belga o‘z salbiy ta’sirini ko‘r-
satadi.
Qomatingiz qandayligini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lsan-
giz, tik turganda quyidagi holatni egallang. Agar qomatingiz
risoladagidek bo‘lsa, demak, bosh to‘g‘ri oldinga qarab
turadi, yelkalar bemalol yozilib, qorin ichkariga to‘la tortilib,
gavdaning chap va o‘ng tomonlari simmetrik holatda bo‘ladi.
Noto‘g‘ri qomat quyidagi belgilarga ko‘ra aniqlanadi:
bosh oldinga egilgan yoki orqaga ketib, yelkalar oldinga
bukilgan, kurak bukursimon ko‘rinishda, ko‘krak qafasi
ichkari kirgan, qorin oldinga chiqqan, gavda nosimmetrik
joylashgan bo‘ladi.
Qomatning qandayligini yanada aniqroq tekshirish uchun
nima qilmoq kerak? Buning uchun tekis devorga orqani
tirab asosiy turish holatini egallang. Agar shu holatda
turilganda devorga boshning orqa qismi, kuraklar, dumba va
tovonlar bab-baravar tekis tiralib tursa, qomatni to‘g‘ri
deb hisoblash mumkin. Bordi-yu, barcha aytilgan nuq-
talarning ba’zilari bir tekis tegmasa, unda qomatni noto‘g‘ri
deb hisoblash kerak. Ma’lum bo‘ladiki, agar devorga orqa
bilan tiralib turganda uch nuqtagina: boshning orqa qismi,
147
orqa va tovonlar devorga tegib tursa, bu gavdaning orqa,
qorin va bel mushaklari bo‘sh, agar gavdaning orqa qismi
va tovonlargina tegsa, unda bu bo‘yin, yelka va bel qismlari
mushaklarining bo‘sh rivojlanganligidandir.