5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

Ovqatlanish tartibi. 
Sizning yoshingizda bir kunda 4
marta ovqatlanish kerak. Binobarin, shunday ekan, barcha
iste’mol qilinadigan ovqatlarning quvvati ertalabki nonush-
tada 20—25 % ni, peshinda 40—44 % ni, kechki ovqat-


145
lanishda 10—15 % ni, kechki ovqatda 15—20 % ni tashkil
qilishi kerak.
Ovqatlanish chog‘ida ovqatni yaxshilab chaynash tavsiya
etiladi. Ovqat paytida gaplashish yoki boshqa qandaydir
ishlar bilan band bo‘lish, bir jihatdan, odobsizlik sanalsa,
boshqa tomondan, me’da shirasi ajralib chiqishini pasay-
tirib, ovqat hazm bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ovqat-
lanishni uyqudan oldin 1,5—2 soat ilgari tugallash lozim.
Shuningdek, sportchi-o‘quvchilar jismoniy mashqlar
bilan shug‘ullanish, startga chiqish, musobaqa oldidan ko‘p
ovqat yemasligi kerak, chunki bu umumiy ish faoliyati-
ning pasayib ketishiga olib keladi. Musobaqaga bir kun
qolganda tarkibida uglevodi ko‘p bo‘lgan ovqatlarni yeyish
foydalidir. Musobaqa kuni undan 2—3 soat oldin me’yorida
yengil va tez hazm bo‘ladigan meva sharbati yoki uglevodli
mineral suvlar ichishning nafi bor. Uzoqroq safarga chiq-
qanda organizm quvvatini yo‘qotmasligi uchun inson o‘zi
bilan qora mayiz, quritilgan non, shirinliklar, turshak,
pecheniy va boshqalar olishi ayni muddao bo‘ladi.
Suv ichish tartibi.
Odam organizmi 80 % suvdan iborat
bo‘lib, hayotimizning barcha jarayoni u bilan bog‘liq. Odam
bir sutka davomida 2 litr suvni choy, sut, suyuq ovqat va
turli sharbatlar tarzida iste’mol qiladi.
Odam organizmiga qancha ko‘p suv kirsa, shuncha
chiqariladi. Suv betartib ichiladigan bo‘lsa, u terlash orqali
chiqarilganda organizm uchun zarur foydali minerallar ter
bilan birga chiqib ketib, natijada organizm holsizlanadi.
Issiq kunlari esa ter orqali chiqarilgan suv, tezda qayta
tiklanishi zarur. Bunday paytlarda ko‘proq choy ichib tu-
rish foydali, chunki u nafaqat chanqoqni qondiradi, balki
nerv va yurak-qon tomirlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Choy-
ni salqinlatib oz-ozdan, shoshmay, qultumlab ichish ke-
rak. Chanqovbosdi ichimlik suvlarga: kvas, mineral va gazli
suvni, pomidor sharbati, na’matak sharbati va meva-sab-
zavotlardan qilingan ichimliklarni kiritish mumkin. Bular-
ning foydasi shundaki, organizm a’zolari ishining bir ma-
romda kechishiga yordam beradi.
Shuni eslab o‘tish lozimki, mashg‘ulotlar, sayohatlar,
10 — T. S. Usmonxo‘jayev va boshq.


146
yoz paytlaridagi ko‘p terlash natijasida eng zarur mineral
moddalar chiqib ketadi. Ularning o‘rnini to‘ldirish lozim.
Buning uchun minerallarga boy suyuqliklarni bir yo‘la katta
miqdordagisini ichmay, uni dam olib-dam olib yarim
stakandan har 10 daqiqada ichish tavsiya qilinadi.
Ichimliklarni juda sovitib ichmaslik kerak, chunki nafas
yo‘llari shamollashi hamda tomoq qattiq og‘rishiga olib
kelishi mumkin.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin