5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

Chiniqish qoidalari. 
Xalqda
 
sog‘lom bo‘lishni istasang,
chiniqishdan erinma, degan gap bor. Chiniqish muolaja-
larini dastlab juda qisqa vaqt davomida o‘tkazish, shuning-
dek, suv muzdek, havo salqin bo‘lmasligi kerak. Bora-
bora muolaja vaqtini asta oshirib borish, suvning haroratini
taxminan 1° ga ko‘tarib borish zarur. Suv muolajalari o‘t-
gach, ya’ni dush qabul qilgach yoki cho‘milgach, albatta,
quruq sochiq bilan badanni yaxshilab qizarguncha artish,
ishqalash kerak bo‘ladi.


142
Eslatib o‘tish joizki, chiniqish muolajalarini muntazam
bajarish lozim. Agar chiniqishni boshlab, orada 2—3 kun
tanaffus qilinsa, tadbirni boshidan boshlashga to‘g‘ri keladi.
Chiniqish muolajalarini jismoniy mashqlar va o‘yinlar
bilan birga olib borilsa, natija yanada samarali bo‘ladi.
Yoz mavsumida issiq qum ustida, toshlar ustida oyoq-
yalang yurish, erta tongda turib shudring tushgan o‘tloq
joylardan yurish juda yoqimli bo‘ladi. Bu chiniqish yassi-
oyoqlikning oldini olishi bilan foydali hisoblanadi. Bu tad-
birlar juda foydali, ammo ko‘p piyoda yurish, velosiðedda
sayr qilish hammasidan foydalidir.
Eng muhimi, kayfiyatingizni doimiy nazorat qilib tu-
ring, organizmning ortiqcha sovishiga yoki juda qizib ketishiga
yo‘l qo‘ymang. Agar cho‘milayotganda sovuq qotib, titroq
bossa yoki badan bo‘shashib, yurak urishi tezlashsa, chini-
qish muolajasini zudlik bilan to‘xtatish zarur.
Organizm haddan tashqari qizib yoki juda sovuq qot-
masligi uchun to‘g‘ri kiyinish kerak. Bordi-yu, ust kiyim-
laringiz: paypoq, qo‘lqop, poyabzalingiz ho‘l bo‘lib ketsa,
ularni tezda almashtirib olish kerak.
Nafas olishingizga e’tibor bering.
Payqagan bo‘lishingiz
mumkin, ayniqsa, jismoniy ishlardan so‘ng nafas olish
tezlashib, chuqurlashadi. Demak, havoning o‘pka orqali
o‘tishi tinch holatdagiga nisbatan ko‘proqdir. Bunda havo-
dagi kislorodning ko‘p miqdori o‘pkadan qonga, keyin
mushaklarga o‘tadi. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shu-
g‘ullangan bolalarda o‘pkaning tiriklik sig‘imi katta bo‘lishi,
ya’ni havoni ko‘proq miqdorda qabul qilishi yaxshi ma’lum.
Buning sababi ularda nafas olish qovurg‘a mushaklari va
diafragmaning yaxshi rivojlanganidandir.
Shuning uchun bu bolalar, kislorod yetishmasligini
yengil o‘tkazadilar.
Shunday ekan, jismoniy mashqlar bajarishda qanday
qilib to‘g‘ri nafas olish mumkin? Nafas olish faqat burun
orqali bo‘lsa, to‘g‘ri bo‘ladi, chunki havo burun bo‘sh-
lig‘idan o‘tayotganda u birinchidan tozalanib, sovuq bo‘lsa,
ilib, namroq bo‘lib o‘tadi. Nafas olish nafas chiqarishga
nisbatan chuqurroq va davomliroq bo‘lgani ma’qul. Katta


143
jismoniy yuklamali mashqlarni bajarganda organizmda
kislorodga talab kuchayadi, shundagina og‘iz bilan ham
nafas olsa bo‘ladi.
Nafas olish
— bu odatiy hol bo‘lib, shuningdek, qo‘llarni
yozib, tepaga ko‘targanda yoki qo‘llarni siltab gavdani or-
qaga egganda, yoki oldinga egib, yon tomonlarga burilganda
sodir bo‘ladi.
Nafas chiqarish
— bu qo‘llarni chalishtirganda, tushir-
ganda, gavdani egganda sodir bo‘ladi. Boshqa har xil
mashqlar bajarganda, yugurishda, harakatli va sport o‘yin-
larida mashqlarga mos ravishda nafas olib-chiqariladi.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin