5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

101-rasm.
etayotganingizni, yuklamaning hajmi oz-ko‘pligini nazorat
qilib borishingiz lozim. Buning uchun yurak urishini (pulsni)
hisoblab yuring (101-rasm). Ma’lumki, 10—13 yoshli maktab
o‘quvchilarida yurak urishining tezligi minutiga 70—80 marta
bo‘lishi kerak.
Mashg‘ulot paytida mashqlar chidamlilikka tegishli
bo‘lsa, yurak urishining tezligi 1,5—2 marta oshadi. Mash-
g‘ulotdan so‘ng, agar yurak urushi 5—10 daqiqa ichida o‘z
holatiga qaytsa, bilingki, yuklama me’yorida ekan. Agar
yurak oldingiga nisbatan 15—20 marta ortiqcha urayotgan
bo‘lsa, unda yuklamani, tezlikni, masofani qisqartirish ko‘z-
da tutilishi kerak.
Dastlabki mashg‘ulotlarda yurak urishi bir daqiqada 120
marta bo‘lsa, keyinroq borib 130—140 martaga yetishi
mumkin.
Aytish kerakki, bunday yuklamalar yurak ish faoliyatini
oshirib, yurak mushaklarini mustahkamlaydi, qon aylanish
tizimi ishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi, barcha a’zolarning
qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.
Yuklamaning ortib ketishini tashqi ko‘rinishdan bilib
olish mumkin. Masalan, nafas olishi tezlashadi, yurak urishi
ortadi, yuz oqarib yoki qizarib ketadi¾
Agar siz o‘zingizni noxush sezsangiz, yugurishni xoh-
lamasangiz, darhol yuklamani pasaytirib, yugurishdan
yurishga o‘ting.


133
Uzoq masofalarga yugurish
Chidamli bo‘lishni istagan kishi eng oddiy va eng qulay
bo‘lgan vosita — sekin yugurishdan foydalanadi. Buning
uchun shunday tezlikni tanlab olingki, bu erkin yugurish
hamda bir me’yorda nafas olish imkonini bersin.
Ko‘pincha, biz yurishga ham, yugurishga ham o‘rtacha
me’yor topa olmay, sekin yo tez yugurib, yo yurib o‘zimizni
qiyin ahvolga solib qo‘yamiz. Aslida mashq mana bunday
o‘tkazilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, 200 m
masofani o‘g‘il bolalar 1 daqiqa ichida, qiz bolalar 1
daqiqa 10 soniya ichida erkin, shoshilmay, bir me’yorda
bosib o‘tsalar, ayni muddao bo‘lur edi. Topshiriqni 2—3
marta bajarishga harakat qiling.
Keyingi mashg‘ulotlarda yugurish masofasini 300—400
metrgacha yetkazing, yurish masofasini shunday (200 m)
qoldirsangiz ham bo‘ladi. Yugurish tezligini belgilab, yugu-
rishdan oldin soatga qarab qo‘yishni unutmang. Masalan,
„Vaqt“ni o‘ylab top“ deya o‘zingizga o‘zingiz shunday top-
shiriq bering va belgilangan 400—600—800 m masofani
2—3—4 daqiqa ichida yugurib o‘tishga ulguring. Bu topshi-
riq sabr-toqatli bo‘lishga o‘rgatadi.
Endi topshiriqni biroz murakkablashtiring: belgilangan
masofani bosib o‘tish vaqtini qisqartirib, masalan, o‘g‘il
bolalar 50 soniya, qizlar esa 1 daqiqa yoki yurish masofasini
200 m o‘rniga 150 m, biroz keyinroq 100 m qilib belgi-
lansa, to‘g‘ri bo‘ladi. Bunda ham shoshilmaslik kerakligini
unutmang. Chunki organizm har safar to‘liq harakatga ke-
lib, so‘ng o‘ziga kelguncha muayyan fursat o‘tishi lozim.
Yugurish chog‘ida birdan havo yetishmay qolish hollari
ham, qattiq toliqish hollari ham bo‘lishi mumkin. Shunday
kezlari nima qilish kerak? Yugurishdan to‘xtash kerakmi?
Lekin bunday paytda siz bilishingiz kerak bo‘lgan juda
muhim narsa borki, u ham bo‘lsa, „ikkinchi nafas“
tushunchasidir. Yugurish yuklama asosida kechganligi uchun
bunday vaziyatdan qutulishda ko‘pincha yuklamani pasay-
tirib, sabr-qanoat qilinadi, shunda ko‘p o‘tmay, yengil
bo‘lasiz va o‘sha masofani belgilangan tezlikda yugurib o‘ta-


134
siz. Kross usulida yugurishda ham o‘quv normalarini top-
shirish uchun muntazam ravishda yugurishdan foydalani-
ladi. Shunday qilib o‘g‘il bolalar bir hafta mobaynida 6—8
km, qizlar esa 5—6 km masofani bosib o‘tishlari lozim.
Mashg‘ulotni yanada qiziqarliroq qilish uchun agar uyingiz
atrofida stadion, maydon yoki dam olish bog‘lari bo‘lsa, to‘-
siqli baland-past joylardan yugurishning nafi yanada katta.
Ushbu yugurishlar kross yugurish deb ataladi. Kross
yugurishni o‘tkazish uchun bosib o‘tiladigan masofa oldin-
dan ko‘rib chiqilib tayyorlanadi. Bunda yuguriladigan ma-
sofa avval piyoda yurib o‘rganiladi, xavfli chuqurlik, ba-
landlik, katta to‘siqlar, ariqlar, o‘nqir-cho‘nqir joylar va
hokazolarning bor-yo‘qligi aniqlanadi.
Bundan tashqari, qadamlar uzunligi va ketma-ketligi,
oyoqlarning baland ko‘tarilishi qayerda qanday bo‘lishi
kerakligi, tezlikni yo‘qotmaslik maqsadida gavdaning egili-
shi qanday bo‘lishi lozimligi hisobga olinadi. Muayyan
masofaga yugurish paytida quyidagilarni:
a) tekis yerdan erkin qadam qo‘yib yugurishni, har bir
qadamni rejali qilib qo‘yish (sapchib, depsinib ketmaslik-
ni yoki qadam qo‘yib yugurmaslikni, gavdani to‘g‘ri tutib,
to‘g‘ri nafas olish)ni;
b) toshli joylardan o‘tayotganda oyoqni to‘liq panjalariga
qo‘yib, qadamni qisqaroq qilib bosishni;
d) yumshoq o‘tli, yaylov, suvliroq joylardan yugurganda
qadamlarni qisqa qo‘yib, oyoqlarni baland ko‘tarib yurish-
yugurishni; loyli, namli, silliq joylardan, eng yaxshisi,
qadamni tezlatib, oyoqlarni yon tomonlarga kengroq qo‘yib
o‘tishni;
e) tepaliklarga chiqishda qadamlar qisqa bo‘lishini,
gavdani imkon qadar oldinga egishni, ko‘proq oyoq panja-
larinigina bosishni; pastlikka qarab yugurganda gavdani biroz
orqaga tashlab, oyoqlarni tovondan qo‘yishni;
f) chakalakzorlar orasidan yugurganda, muhimi yo‘na-
lish chizig‘i yoki belgilarini yo‘qotmaslikni, kutilmagan
o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishni, ko‘z va tanani daraxt nov-
dalari tegib tilib yubormasligini, mayda-chuyda chuqurliklar,


135
ariqchalardan oyoqdan oyoqqa sakrab o‘tib yugurishni va
imkoni boricha tezlikni yo‘qotmaslikni;
g) yuguruvchi uchun eng muhimi — bu nafas olish
bo‘lganligi bois, yugurishni boshlashdan avval unga alohida
e’tibor berish kerak. Yugurish tezligi qanchalik yuqori
bo‘lsa, nafas olish shunchalik tezlashishini (nafas olish —
bu har bir odamning o‘ziga xos va uning yugurish tezligiga
bog‘liq) yoddan chiqarmang.
Nafas burundan va og‘izni yarim ochib olinishi kerak.
Kross mashg‘ulotini sport kiyimida o‘tkazgan ma’qul. Bunda
oyoqqa keda yoki krassovka kiyiladi. Oyoq kiyimi ichiga
yengil pataksimon porolon solinadi va poyabzal iðlari qisib
bog‘lanmaydi.
Arg‘amchi bilan bajariladigan mashqlar
Chidamlilik, chaqqonlik, tezlik sifatlari mukammal
tarkib topishini istagan kishi arg‘amchida ko‘proq mashg‘ul
bo‘lishi kerak. Arg‘amchining uzun-qisqaligi shunday bo‘-
lishi kerakki, uning o‘rtasiga oyoqni qo‘yib tarang tortil-
ganda qo‘l ushlaydigani qo‘ltiqqa to‘g‘ri kelishi kerak. Undan
sakraladigan bo‘lsa, arg‘amchini aylantirish, u bilan qo‘shib
kaftlarni ham aylantirish lozim bo‘ladi.
Arg‘amchining tutqichlarini qattiq g‘ijimlamaslik, ularni
erkin tutish darkor. Sakrash paytida boshni va gavdani to‘g‘ri
ushlab, oyoq uchlarida sakraladi. Bulardan tashqari, sak-
rash ritmini buzmaslikka harakat qilish lozim. Arg‘amchida
dastlab sakrash vaqtini 10—11 yoshlilar 40—50 soniyadan
oshirmasliklari kerak. Har 3—4 mashg‘ulotdan keyin sakrash
vaqtiga 10 soniyadan qo‘shib borib, 1,5 daqiqaga olib
chiqiladi. Shuni yodingizda tutingki, mashqni bajarishga
qancha vaqt ketkazgan bo‘lsangiz, shuncha vaqt dam
olishingiz kerak.


136
I I I B O B

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin