Tо‘pni qabulqilish. Bu – raqiblar hujumidan keyin tо‘pni о‘yinda saqlab qolishda himoya usuli hisoblanadi. Ikki qо‘llab tо‘pni pastdan qabul qilib olish zamonaviy voleybolda asosiy usuldir. U hujum paytida kuchli zarb paytidagi asosiy usuldir. Bu usulda gavda yuqoriga yoki biroz egilgan qо‘llar oldinga pastga tushiriladi, bir kaft ikkinchisiga qо‘yilgan bо‘ladi. Tо‘pni bilaklarda qabul qilib olinadi. Bilaklarda bо‘ladigan zarbni yumshatish maqsadida qо‘llar tirsakdan yaqinlashtirilib kо‘tariladi va bukiladi, oyoqlar tо‘g‘rilanadi va gavda kо‘tariladi.
Tо‘pni ikki qо‘llab yuqoridan qabul qilish. Bu usul bilan tо‘p uncha kuchli kelayotgan paytlarda, shuningdek, boshqa usulni qо‘llash qulay bо‘lganda qabul qilinadi.
Tо‘pni bir qо‘llab pastdan qabul qilish. Bu usulning aniqligi yetarli bо‘lganligi uchun ham qо‘laniladi, ammo tо‘p о‘yindan uzoqda bо‘lganda va boshqa usul qо‘llashning imkoni bо‘lganda va boshqa usul qо‘llanilishi foydalidir. Tо‘g‘rilangan qо‘l tarang siqilgan panjalar tо‘pning yо‘lini tо‘sadi (tо‘pni musht hamda kaft yoki bilaklari bilan uriladi). Bu xarakatlarda oyoq qatnashmaydi.
Tо‘pni oshirish. Tо‘pni о‘yinga kiritish oshirish deyiladi. Zarb uchun qulay bо‘lgan qa’tiy xolatda turish yuqoriga oshirish hamda qо‘lni siltab tо‘pni urish, о‘rgandan keyingi о‘yinchining xarakatlari oshirishning asosiy xususiyatlaridir. Oshirishda tо‘pni musht yoki kaft bilan urush mumkin. Bunda tо‘p yuqoriga bir qо‘l bilan otiladi. Yuqoriga otishning yо‘nalishi va balandligi bajarish ususliga bog‘liq. Tо‘pni bosh ustidan urib yuborilsa yuqoridan pastdan о‘rilsa pastdan oshirish, yon bilan tursa yonlamasiga tо‘p oshirish deyiladi.
Shunga muvofiq tо‘rt xil oshirish usullari mavjud: pastdan tо‘g‘riga, pastdan yon bilan, yuqoridan tо‘g‘riga, yuqoridan yon tomoni bilan.