ixtiyoriy sohani belgilash rangni aniqlash “sichqoncha” yordamida ixtiyoriy menyuni ochish va undagi biror amalni tanlash, uskunalar panelidan biror uskunani tanlab shakl (to`g`ri chiziq, aylana va hokazo) hosil qilishni 8-sinfda (WORD matn protsessori mavzusini eslang) o`rgangan edingiz. Shu bois mazkur amallarni bajarish tartibiga alohida to`xtalmaymiz. Qalam va mo`yqalam yordamida shakllar chizish
Uskunalar panelidan qalam uskunasi tanlanadi. “Sichqoncha” ning chap tugmasi bosilgan holda harakatlantirilsa, uning yurgich ishchi maydonga tanlangan rangda iz qoldiradi (qalamni qog`oz ustiga harakatlantirilganda iz qolgani kabi) Mo`yqalam ham xuddi Uyga vazifa: 40- b. panel sharhi
Rivojlantiruvchi maqsadi: mavzuga doir mustaqil ishlar bajarish.
Dars turi: Savol – javob.
Metodlari: Amaliyot
Darsning jihozi: Plakat, texnika vositasi, (kompyuter), chizmalar, rangli qog`ozlar.
Dars tafsilotlari
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlanadi, o`quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi.
Yangi mavzu bayoni
Rasmga matn joylashtirish uchun uskunalar panelidan matn uskunasi tanlanib, sichqoncha yordamida matn uchun to`g`ro to`rtburchak shaklida joy ajratiladi. Palitradan matn rangi tanlanadi. Ko`rinish menyusidan matn xususiyatlari paneli tanlanadi. Hosil bo`lgan Shriftlar lavhasidan matn shrifi, o`lchami va ko`rinishi (qalin, og`ma, tagiga chzilgan) belgilab olinadi.
1-mashq. Berilgan 11-rasmni chizing. “Matn”amalidan foydalanib, rasmga matn
k iriting.
Mashq sifatida rasmdagi loladan nusxa ko`chirishda bajariladiga amallar ketma-ketligini e`tiboringizga havola qilamiz (mustaqil bajaring).
1. Paint grafik muharririda nusxa ko`chirish amalini bajarish uchun uskunalar panelidan belgilash uskunasi tanlanadi.
2. Sichqoncha yordamida rasmning nusxa olinishi lozim bo`lgan qismini ajratib olinadi. Bu amal to`g`ri to`rtburchak chizish kabi bajariladi. Natijada rasmning ajratilgan qismi atrofida uzuq (shtrix) chiziqli to`g`ri to`rtburchak hosil bo`ladi. Bu rasmning belgilangan qismi deyiladi.
3. belgilangan qismdan nusxa olish uchun tahrir menyusidagi nusxalash amali tanlanadi. Natijada rasmning belgilangan qismining nusxasi kompyuterning bufer deb ataluvchi xotirasiga joylashadi.
4. Tahrir menyusining joylashtirish amali yordamida buferdagi rasmni ishchi maydonga xohlagancha joylashtirish mumkin. Mazkur amal bajarilganda, buferdagi rasm nusxasi ishchi maydonning chap yuqori qismida paydo bo`ladi. Uni ishchi maydonning kerakli joyiga o`rnatish uchun yurgichni shu rasm ustiga olib kelib, sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda harakatlantirish lozim.