5-bob. Neft- gaz konlarining zahiralari va ularning energetik sharoitlari


Neft va gaz-neft uyumlarini tabiiy rejimda ishga tushirish tartibi va ularni qo’llashning geologik sharoitlari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə12/62
tarix16.12.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#183482
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62
5-bob kitobcha

6.2. Neft va gaz-neft uyumlarini tabiiy rejimda ishga tushirish tartibi va ularni qo’llashning geologik sharoitlari

Hozirgi vaqtda ba’zi neft konlarimiz g’zining tabiiy rejimida ishlatilmoqda, chunki unday konlarda sun’iy usul bilan qatlamga ta’sir qilishning lozimligi shart emas yoki g’sha ishlar uchun mavjud sharoit yg’q.


Undan tashqari qatlam sharoitida neftning qovushqoqligi 30-40 MPa*s bg’lgan holatlarda unga suv haydashdan hech qanday naf sodir bg’lmaydi, chunki siqib chiqarish frontini tashkil qilish bunday hollarda mushkul. YAngi usullarni ham qg’llash g’z imkoniyatlariga ega bg’lib, ular ham har xil sharoitlarga mos kelavermasligi mumkin.
CHekka suvlar siquvidan foydalangan holda neft uyumini qazib chiqarish tartibi. Bunday holat suv siquvi yoki aktiv elastik suv siquvi rejimlariga xosdir. Bunday holatlarda quduqlar faqat neftli zonada qaziladi va ularning neft chegara chizig’iga parallel holda xalqa shaklida joylashtiriladi. Bunda ba’zan quduqlarning neft bilan ishlash muddatini uzaytirish uchun quduqlar orasidagi masofadan qatorlar orasidagi masofani kattaroq qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Undan tashqari xuddi yuqorida keltirilgan maqsadni kg’zda tutib, tashqari qatorda joylashgan quduqlarning yuqori qismi otiladi, qolgan quduqlarda esa qatlamning hamma qalinligi otilishi maqsadga muvofiqdir.
Bunday holatlarda quduqlarga sekin asta suv kelishi tabiiy hol, chunkn vaqt g’tishi bilan uyumning g’lchovi kichrayadi, suv-neft chegarasi kesma bg’yicha yuqoriga kg’tariladi. Navbat bilan tashqi qatordaga quduqlarni suv bosadi, sg’ng suv undan keyingi qatorlarga g’tadi va h.k.
Ostki suvlar siquvchi kuchidan foydalangan holda neft uyumini qazib chiqarish tartibi. Bunday holat massiv uyumlarni qazib chiqarishda kuzatiladi, chunki unda butun kon miqyosida uyum suvda suzib yuradi. Bunday ahvol suv siquvi va elastik suv siquvi rejimlarida uchrayveradi. Bunday holatlarda uyumning g’lchovi kichrayaveradi, suv-neft chegarasi doimo kg’tariladi, bir xil belgili joylarni g’z vaqtiga kelib suv bosadi. Qatlam qalinligi bir necha g’n metrga ega bg’lgan hollarda quduqlarni bir tekis joylanib, ularning qatlam bilan munosabati (otilgan qismi) suv-neft chegarasidan bir necha metr yuqoridan belgilangan bg’ladi.
Ba’zan karbonat kollektorlari mavjud buladigan hollarda (qatlamning qalinligi 200-300 m ni tashkil etganda) quduqlarni markazga qarab joylashishi zichlashtiriladi (bunda albatta bizga quduqqa tg’g’ri keladigan neft miqdorini inobatga olish lozim bg’ladi). Bunday hollarda quduqning qaysi qismini qatlam bilan bog’lash mumkinligi masalasi qatlam sharoitidagi neftning qovushqoqligiga bog’liq bg’ladi. Qatlam g’tkazuvchanligini yuqori va neft qovushqoqligi kam bg’lganda quduqning qatlam rg’parasidagi yuqori qismini otish maqsadga muvofikdir, chunki qatlamning pastki qismidagi neft bunday sharoitda baribir suv bilan siqib chiqariladi. Agar neftning qovushqoqligi yuqori va qatlamning g’tkazuvchanligi notekis bg’lsa, bunday hollarda qazib chiqarish jarayonini qatlamning qalinligiga qarab bir tekisda va galma-gal pastdan yuqoriga qarab olib borish tavsiya etnladi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin