Quduqning pasporti uning asosiy hujjati bg’lib, quduq burg’ulashda boshlangandan to tugatilgunga qadar hamma ma’lu-motlarni jamlaydi, jumladan:
umumiy ma’lumotlar: quduqning vazifasi, uning g’rni (koordinatalari), quduq og’zining dengiz yuzasidagi belgisi (altituda ustya), burg’ulashning boshlanishi va oxiri, burg’ulash usuli, ishga tushirilgan vaqti, quduqning chuqurligi, mg’ljal-langan qatlam;
quduqning geologik texnik kesimi: litologik-stratigrafik ustun, geofizik turkum tadqiqotlarning asosiy chizmalari, quduq tuzilishi sxemasi, otilgan oraliklar, quduqning qiyshayganligi haqidagi ma’lumotlar, mahsuldor qatlamlar tafsiloti va filtr; qatlam usti va osti (krovlya, podoshva)ning belgisi, otilgan oraliqlar, otgan g’qlar turi va ochiq quduq tubining (zaboy) tavsiloti, otilgan teshiklar zichligi, sun’iy quduq tubining ahvoli;
quduqni g’zgartirish natijalari; ochilgan qatlam, uni g’zgartirishning boshlanishi, birinchi 30 kun ichida g’rtacha kundalik kg’rsatkich (ishlatish usuli, neft, gaz, suyuqlik, suv bg’yicha debitlar, bosim kg’rsatkichi, mahsuldor-lik koeffitsienti): ishlatish ob’ektining fizik tavsiloti-jinslarning ta’rifi, bg’linganlik koeffitsienti, qumlilik, g’ovaklik, g’tkazuvchanlik, neft-gaz-suvga tg’yinganlik koeffi-tsientlari, suv-neft (gaz-suv, gaz-neft) chiziqlari;
neft namunasining qatlam va oddiy sharoitda aniqlangan natijalari: zichligi, qovushqoqligi, hajmiy koeffitsienti, parafin, oltingugurt, qatron (smola), asfal-tenlar miqdori, namunaning olingan joyi;
gazning tavsiloti: metan, etan, propan, butan yuqori uglevodorodlarning miqdori, oltingugurtda, karbonat angidrid, azot, kislorodning mavjudligi va miqdori, standart sharoit-dagi zichligi;
ishlatish usulining tavsiloti-ishlatish usuli, uning qg’llanish davri, asbob-uskunalarning turi va texnik tavsilo-ti, uning nazariy unumdorligi, ishlash rejimi;
quduqda avariya va ta’mirlash-chegaralash ishlari: quduqning texnik kamchiliklari, unda mavjud asboblar, ta’mirlash ishlari tavsiloti, quduq tuzilishidagi g’zgarishlar otilgan oraliq, sun’iy quduq tubi holati.
Pasportda quduqning ish jarayonini kg’rsatuvchi umumiy jadval bg’lib, unga quduqning har oylik kg’rsatkichlari, kelti-rilgan bg’ladi. Jadvalda har bir g’tgan yil bg’yicha ma’lumotlar beriladi. Undan tashqari olinayotgani (haydalayotgan) mahsulotning umumny jamlangan miqdori ham keltiriladi.
Har bir quduqda olib borilgan bunday kg’rsatkichlardan tashqari konning geologik xizmati qazib chiqarilayotgan ob’ekt bg’yicha ishlatish, natijalarini umumiylashtirgan ma’lumotlar-ni olib boradi, jumladan: 1) quduqlarni ishlatilishi haqida geologik hisobot; 2) qazib chiqarishning joriy holati xaritasi; 3) quduqlar bg’yicha jami olingan va haydalgan mahsulot xaritasi; 4) quduqlar ishlashining texnologik rejimi.
Kg’rsatilgan hujjatlar neft, gaz, suv chiqarishni quduqlar bg’yicha, hisoblash, haqidagi haydalgan suvni va boshqa moddalarini quduqlar bg’yicha hisoblash va ob’ekt bg’yicha umumiy ma’lumotlarni bilish hamda lozim bg’lgan yg’nalishda olish va haydashni boshqarish imkonini beradi.
Qazib chiqarishning joriy holati xaritasi -har bir bg’linma bg’yicha kvartal sari tuziladi, agar quduqlar barqaror ishlayotgan bo’lsa, yarim yilda tuziladi. Xarita uchun quduqlarni ob’ektga joylashgan nuqtalarini kg’rsatuvchi reja asos bg’ladi. Quduqlar joylashgan nuqta atrofida aylanalar chiziladi, aylananing maydoni g’rtacha kunlik mahsulot miqdoriga teng, uning tarkibidagi har birfoiz (%) suv esa 3,6 ga teng bo’lib ajratiladi. YAqqol kg’rinish uchunmahsulotlar boshqa-boshqa rangga bg’yaladi. Aksariyat neft va gaz jigarrang, suv (haydalayotgan, qatlam suvi va h.k.) havorang bilan ifodalanadi. Haritada neft-gaz chiqarishningdastlabki va o’sha kunga holati aks ettiriladi. Albatta ularni bir-biridan farq qilish uchun chiziqlar, shartli belgilar bilan bajarilishi lozim. Agar qazib chiqarish ob’ekti bir necha qatlamlardan tashkil topgan bg’lsa, bunday xaritani har bir qatlam uchun tuzish maqsadga muvofiqdir.
Quduqlar bg’yicha jamlangan ma’lumot olish va haydash xaritasi aksariyat yil oxirida yiliga bir marta tuziladi. Bunda quduq nuqtalari atrofida doira chizib unda qazib chiqarishning dastlabki davridan hozirgi kungacha olingan (yoki haydalgan) mahsulot (neft, gaz, suv) kg’rsatiladi. Avvalgi xaritadagidek shartli belgilar va ranglar ishlatilishi mumkin. Bunda ishlatishning har xil usullari bilan olingan mahsulot kg’rsatilsa yana yaxshiroq bo’ladi. Undan tashqari har bir quduqqa to’g’ri keladigan zahira xaritasi bilan bu xarita solishtirilsa, qatlamdai mahsulot olinganlik darajasini ham chamalash mumkin bg’ladi.
Quduqlarning texnologik ish rejimi - qatlamdan mahsulot olish jarayonini rivojlantirish va uni tartibga solish maqsadida bajariladi. Bunda har bir ishlab turgan quduqning hozirgi ahvoli va kelgusida ishlash kg’rsatkichlari beriladi.
Qazib chiqarish ob’ektini neft (gaz) chiqarish bg’yicha umumiy geologik hisoboti asosan ob’ekt pasporti va ob’ektning qazib chiqarish chizmasi (grafik) orqali bajariladi.
Ob’ektni qazib chiqarish pasportida uning geologik tafsiloti hamda loyiha bg’yicha amaliy qazib chiqarish kg’rsatkichlari kg’rsatiladi. Geologik tavsilotda esa ob’ektni qazib chiqarishdan avvalgi g’rtacha qazib chiqarish kg’rsatkich-lari: kollektorning yotish chuqurligi, uning qalinligi (umumiy, foydali, neft-gaz bilan shimilgan), g’ovakligi, g’tkazuvchanligi kg’rsatshgadi. Undan tashqari SNCH, GNCH, GSCH, neft-gaz maydoni, gaz maydoni, suv-neft va gaz-suv zonalari, ob’ektning har xillik kg’rsatkichi, keltirilgan qatlam bosimi, tg’yingan bosimi, suyuqlikka aylanishniig boshlanish bosimi, qatlam harorati tg’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Neftning qatlam sharoitidagi va oddiy sharoitdagi xususiyatlari, zichligi, qovushqoqligi, gaz tutishi, hajmiy koeffitsienti, fraktsiyalar chiqishi.
Gazning xossalari - havoga nisbatan zichligi, uning tarkibida metan, etan, propan, butan, pentan va undan yuqorilar, karbonat angidrid uglevodorod, azot, geliyning mavjudligi.
Qatlamdagi suvning xossalari: zichligi, qovushqoqligi, ishqorligi, qattiqliligi, anion va kationlar miqdori.
Neft zahiralari tg’g’risidagi dastlabki ma’lumot: balans zahiralari, olinishi mumkin bg’lgan (izvlikaemыe) zahiralar, pirovard neft beruvchaklik, zahiralar tasdiqlangan vaqt, shular jumlasidandir.
Har bir yil boshiga qolgan qoldiq zahira to’g’risida ma’lumot: balans, olinishi mumkin bg’lgan zahiralar va shu kungacha neft beruvchanlik koeffitsienti.
Ob’ektni qazib chiqarish pasportida uni qazib chiqarish loyihasi sg’nggi hujjat asosida beriladi. YAngi loyiha qabul qilinishi bilan qazib chiqarish kg’rsatkichlariga tegishli tuzatish kiritiladi. Bunda neft (gaz) suyuqlikning maksimal kg’rsatkichi va g’shanga etishgan yillar, eng kg’p suv haydalgan kg’rsatkich va g’sha yillar, quduqlarning (asosiy, hadovchi maxsus) asosiy fondi, qg’shimcha qazilgan quduqlar, eng yuqori olish kg’rsatkichiga erishilgan vaqtda quduqlar soni va ular orasidagi masofa, oluvchi va haydovchi quduqlar zichligi, har bir quduqqa tg’g’ri keladigan solishtirma zahira kg’rsatkichi, ishlatishning asosiy usuli va neft beruvchanlikning pirovard koeffitsienti kabi ma’lumotlar keltiriladi.
Yillar bg’yicha ob’ekt qazib chiqarish kg’rsatkichlari jadvalda jamlanadi. Unda olingan neft miqdori, uning olinishi mumkin bg’lgan zahiraga nisbati, joriy olinishi mumkin bg’lgan zahira koeffitsienti, yil bg’yicha olingan va dastlabki kundan boshlab olingan suv miqdori, suvning g’rtacha yillik %, yillik olinayotgan suyuqlikning qatlam holatidagi hajmi, yillik suv haydash va uning qatlamdan olinayotgan suyuqlikka nisbati, boshdan boshlab haydalgan suv miqdori va uniig olingan suyuqlikka nisbati, olingan yg’ldosh gaz miqdori va g’rtacha gaz omili, oluvchi quduqlar fondi (jumladan; qancha qazilgan, shulardan ishlab turgani, g’zlashtirilayotgan, tugatil-gani, haydash uchun berilgan quduqlar), haydovchi quduqlar fondi (jumladan; hammasi bg’lib qazilgan; haydash uchun, neft olish uchun, vaqtincha ishlamayotgan, tugatilgan quduqlar), yangi ishga tushirilgan quduqlar, ishdan chiqarilgan quduqlar, maxsus quduqlar, oluvchi va haydovchi zonalardaga yil oxiriga g’rtacha qatlam kabi ma’lumotlar kg’rsatiladi.
Undan tashqari alohida jadvallarda shu kg’rsatkichlarni kvartallik va oylik ma’lumotlari ham beriladi. Bunda ishlatish usullari hamda mahsulotning qay darajada suvlangaligini (chunonchi, 2% gacha, 2-20, 20-50, 50-90 gacha va 90% dan ortiq) kg’rsatiladi. Xuddi shu kabi pasport gaz ob’ektida ham olib boriladi.
Qazib chiqarish chizmasi 17- rasmda kg’rsatilgan. Bunda ob’ekt bg’yicha hamma ma’lumot chizma kg’rinishida har xil masshtab orqali ifodalanadi. CHunonchi, chizmada olinayotgan neft, suyuqlik miqdori, mahsulotning suv %, ishlab turgan quduqlar fondi (ham oluvchi), suv haydash va uning olinayotgan yillik suyuqlikka nisbati, qatlam bosimi kg’rsatilishi kerak.
Qg’yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun chizmaga yana ba’zi kg’rsatishlarni kiritish va lozim bg’lganda uni boshqa ob’ektlar bilan taqqoslash uchun undan foydalanish muvofikdir.
Qazib chiqarish chizmasini loyiha kg’rsatkichlari bilan solishtirish va natijalarni tahlil etish qazib chiqarish jarayonining har bir bosqichida amalga oshirilishi va bu tahlildan qazib chiqarish jarayonini takomillashtiruvchi xulosalarga erishish mumkin.