5-ma’ruza: Bolalar psixologik-pedagogik o‘rganishning mazmuni va usullari reja



Yüklə 181,5 Kb.
səhifə7/14
tarix07.04.2022
ölçüsü181,5 Kb.
#54866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
5-ma’ruza Bolalar psixologik-pedagogik o‘rganishning mazmuni va

Dinamik o‘rganish tamoyili. Defektologlar uchun eng o‘ziga xos hisoblangan tamoyil– bu bolalarni dinamik o‘rganish tamoyilidir. Unga binoan tekshirish jarayonida bola bilgan va bajara oladigan vazifalargagina emas, balki uning ta’lim olishdagi imkoniyatlariga ahamiyat qaratish kerak. Bu tamoyil asosida L.S.Vigotskiyning bolalarning “yaqin rivojlanish zonasi” to‘g‘risidagi nazariyasi, ularning ta’lim olishdagi potensial imkoniyatlari yotadi. Bolaning aqliy rivojlanishi qancha yuqori bo‘lsa, u yoki bu vazifani bajarish, olingan tajribani yangi vaziyatda qo‘llashni shuncha muvaffaqiyatli o‘rganadi. Aqliy rivojlanishda orqada qolgan bolalarni meyorida rivojlanayotgan bolalarga nisbatan bo‘lgan farqlaridan biri bu ular yordamdan yaxshi foydalana olmaydilar. Mana shuning uchun tekshirish davomida pedagog doim o‘z e’tiborini vazifa tushuntirilganidan so‘ng uni yechilishi yaxshilandimi, shunga o‘xshash vazifani qanday bajarganligiga qaratish lozim. Barcha tekshirishlarni ta’limiy eksperiment tamoyilini e’tiborga olib o‘tkazish tavsiya etiladi.

Bola tomonidan bajarilgan ishni baholash davomida sifat-sonli yondashish tamoyilini qo‘llash muhimdir, ya’ni faqatgina yakuniy natijanigina emas, balki topshiriqlarni bajarish usuli va muvofiqligi, harkatlarning mantiqiy ketma-ketligi, maqsadga erishishda qat’iyatligi va h.q.larni baholash kerak. Bunda baholash differensirlashgan bo‘lishi lozim.

Faqatgina oxirgi natijanigina emas, balki topshirish usulini ham e’tiborga olish lozim.

Bunda quyidagilar inobatga olinadi:

-vazifa va tekshirish xolatiga munosabati

-vazifani shartlaridan mo‘ljal ola olishi hamda, Vazifani bajarish yo‘llari

-vazifa shartlaridagi material va ko‘rsatmalarga bolaning unga mos harakatlari

-kattalar yordamidan samarali foydalanishi

-vazifani bajarishda taqqoslay olishi

-faoliyat natijalari va o‘zining baholariga munosabati.

Bolani erta tashxis qilib o‘rganishning muhimligi shundaki, u orqali bolani korreksion ta’limga vaqtida yo‘naltirib, ikkilamchi nuqsonlarni paydo bo‘lishini oldini olish mumkin.

Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlariga korreksion va diagnostik yordam. Bola imkoniyatlariga baho berish hamda psixik rivojlanishini aniqlash orqali korreksion pedagogik ishning vazifalarini xal etish mumkin.

Yuqoridagilarning barchasi TPPKda bolalarni o‘rganish davomida amal qilinishi lozim bo‘lgan tamoyillardir


Yüklə 181,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin