-rasm. Milankovich gipotezasi bo‘yicha orbita parametrlarining 3 turda o‘zgarishi
Bulardan tashqari inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida ham iqlim o‘zgaradi.Yer yuzasiga tushadigan nur miqdoriga karbonat angidrid, metan, azot oksidi, oltingugurt oksidi va suv bog‘larining ham ta’siri bor. So‘nggi yillarda atmosferada karbonat angidrid (CO2) gazi miqdori ortgan6.Ko‘plab yoqilg‘i yoqilishi oqibatida havoga karbonat angidrid gazi ko‘p chiqayapti va havo tarkibida uning miqdori asrimiz boshidagi 0,27% dan hozirgi vaqtda 0,030% ga oshdi.
So‘nggi yillarda karbonat angidrid, metan, azot oksidi, oltingugurt oksidi kabi gaz chiqindilarining tashlanishi, albedo, issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishi sug‘orish tizimlarining kengayishi suv bug‘lari ajralib chiqishi otib, bularning barchasi atmisferada toplanib, Yer yuzasidan chiqayotgan issiqlikni issiqxona oynasi kabi qaytaradi. Bu o‘z navbatida iqlimining global o‘zgarishiga va “issiqxona samarasi” ga olib keldi. Iqlim o‘zgarishining hukumatlararo ekspert guruhi hisoboti (1990y.) bo‘yisha, XXI asrning boshlarida harorat 0,3°C ga oshishi aytilgan. 1996 yilgi hisoboti bo‘yisha, 2100 yilda harorat 2,0°C (2-3,5°C gacha) oshadi deyilgan. Global ishish quyidagi salbiy oqibatlarni olib kelishi mumkin: - tog‘li hududlardagi muzliklarning erishiga; - tundra va abadiy muzloqlar maydonining qisqarishiga; - kuchli tropik siklonlarning tez-tez bo‘lishiga; - okean sathi ko‘tarilishiga; - qutbiy dengizlardagi muzliklarning qisqarishiga; - shimoliy yarimshardagi boreal o‘rmonlarning qisqarishiga va b.
Glossariy
Termin
O‘zbek tilidagi sharhi
Bulut
havodagi juda mayda (kolloid) suv zarrachalari, tomchilari va muz zarrachalari to‘plami.
Bug‘lanish
suvning suyuq holatdan gaz holatiga, bug‘ga aylanishiga aytiladi. Bunda suv molekulalari suv yoki nam yuzadan ajralib chiqib havoga o‘tadi.
Kondensatsiya
havodagi namning bug‘ holatdan suyuq holatga o‘tishi.
Psixrometr
(yunoncha psixros– sovuq, metreo–o‘lchayman) – havo namligi o‘lchanadigan asbob.
Sublimatsiya
havodagi namni bug‘ holatdan qattiq holatga o‘tishi. Kechasi havo harorati 0° dan past bo‘lsa, suv bugiari qattiq holatga o‘tadi va qirov hosil boiadi.
Yomg‘ir
bulutdan tomchi holda yog‘adigan va tomchisining diametri 0,5 mm hamda undan katta bo‘lgan suyuq yog‘in.