5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo‘nalishlari va asosiy muammolari


Gnoseologiya (epistemologiya)ning mazmuni va mohiyati



Yüklə 272,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü272,33 Kb.
#205589
1   2   3   4   5   6   7
1)Маъруза матни 5-мавзу

Gnoseologiya (epistemologiya)ning mazmuni va mohiyati.
Bilish 
nazariyasini falsafada Gnoseologiya sohasi o‗rganadi. «Gnoseologiya» grekcha 
so‗z bo‗lib «gnosis» – bilish, «logos» – nazariya, yani bilish nazariyasi, bilish 
to‗g‗risidagi talimot manolarini anglatadi. «Gnoseologiya» atamasi falsafaga 
nisbatan yaqinda (1854 yilda) shotland faylasufi Dj.Ferer tomonidan kiritilgan 
bo‗lsa-da, biroq u Qadimgi YUnon faylasuflari Suqrot, Aflotun, Demokrit, Arastu, 
epikurchilar, stoiklar shuningdek Markaziy Osiyo mutafakkirlari o‗z davrlarida 
bilishning mohiyatini tahlil qilganlar. 
«Olam va odam» tizimida dunyoni anglash, subekt va obekt o‗rtasidagi 
munosabatlar dialektikasi gnoseologiya shug‗ullanadigan masalalar ko‗lamini 
belgilaydi. Bu masalalar insonning bilish faoliyatidan iborat bo‗lib, eng umumiy 
mazmunini tashkil qiladi. Gnoseologiya «ong», «tafakkur», «bilish», «haqiqat», 
«subekt» va «obekt», «moddiylik va manaviylik», «inson» va «kompyuter», 
«hissiylik» va «ratsionallik», «nazariya» va «amaliyot» kabi tushuncha va 
kategoriyalarning mazmun - mohiyati bilan bog‗liq ko‗plab masalalarni o‗z ichiga 
oladi. Bu tushunchalarning har biri moddiy, ruhiy-manaviy hodisalarni aks 


ettirishga asoslanadigan o‗ziga xos dunyoqarash muammolari bilan ham bog‗liq 
bo‗lib, ularning barchasi «haqiqat» tushunchasiga u yoki bu tarzda aloqadordir. 
Gnoseologiya kundalik yoki maxsus, ilmiy yoki badiiy faoliyatligidan qatiy nazar, 
insonning bilish faoliyatidagi umumiylikni o‗rganadi.
Bazi bir falsafiy adabiyotlarda gnoseologiya bilan epistemologiyani 
aynanlashtirish holatlari uchramoqda. Biroq shuni etirof etish lozimki, 
gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi va epistemologiya nomlarining 
qo‗llanilishini o‗rinli deb bo‗lmaydi. Zotan, «episteme» so‗zi «pistis» - e‘tiqod 
so‗zi bilan uzviy bog‗liq. Ammo, biz biladigan (gnosio) va biz ishonadigan 
(pistio), mavjudligiga etiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy 
bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. Gnoseologiya 
umuman bilish haqidagi ilm bo‗lsa, epistemologiya esa asosan ilmiy bilish 
to‗g‗risidagi fandir. Epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar haqidagi 
bilimlarimiz va (yoki) e‘tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o‗rganadi.
Umuman olganda, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki 
uning amaliy ifodasidir. Hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish 
jarayonining falsafiy mohiyati umumiy muammolarga etiborni qaratsa, 
epistemologiya esa ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek diniy
e‘tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o‗rganish bilan shug‗ullanadi. Bunda esa 
bilish (ong)ning mohiyati to‗g‗risida bahs yurituvchi falsafiy talimot manosidagi 
«gnoseologiya» atamasidan foydalaniladi. Gnoseologiyada esa nafaqat ilmiy bilish, 
balki umuman insonga xos bilish bilan bog‗liq barcha masalalar tahlil qilinadi. 
Demak gnoseologiya falsafaning eng muhim omilidir. 
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar sifatida insonning 
dunyoni bilish imkoniyatini, o‗zlikni anglash jarayonini, bilishning bilmaslikdan 
bilim sari yuksalishini, bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi 
narsalar bilan o‗zaro nisbati masalalari o‗rganiladi. Demak, gnoseologiya ong, 
bilish, bilimni o‗rganish bilan shug‗ullanadi.
Ijtimoiy jarayonda inson ongning o‗z-o‗ziga, boshqalarga va umuman 
jamiyatga tasiri natijalarini fiziologik jihatdan his qiladi va uning mavjudligini 
sezadi, Biroq bunda ongning o‗zi ko‗rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli 
o‗laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go‗yo vaqt va makon chegaralaridan 
tashqarida turadi.
Ko‗rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan 
o‗zaro aloqalarini aniqlash, uni o‗z muhokama va tadqiqot predmetiga aylantirish 
masalasi gnoseologiyaning asosiy vazifasini tashkil etadi.
Bilish jarayoni rivojlanish qonuniyatlarining shakllari, haqiqatning tagiga 
etish imkoniyatlari nuqtai nazaridan o‗rganiladi. Natijada, falsafada inson 
bilishining tabiati va mohiyati haqida turli xil talimotlar, turli xil qarashlar kelib 
chikqan. 
Bir guruh faylasuflar insondan, uning ongidan tashqari dunyo mavjud emas, 
dunyo faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va idroklarimiz yig‗indisidan iborat 
xolos, binobarin biz o‗z sezgi va idroklarimiznigina bilaolamiz, degan fikrlarni 
bildirishganlari malum. 


Boshqa bir guruh faylasuflar esa insonning dunyoni va o‗zini bilishga 
shubha bilan qaraydilar, inson dunyoni to‗liq bilolmaydi, deyishib, inson bilishini 
cheklaydilar yoki dunyoni bilishni butunlay inkor qiladilar. Skeptitsizm 
(skeptitsizm — yunoncha: spektoman — shubhalanaman) - talimoti vakillari inson 
bilishining nisbiyligi, uning turli sharoitlar va vaziyatlar bilan bog‗liq ekanligini 
aytishib, hamma etirof qiluvchi, isbot talab qilinmaydigan inson bilimlarining 
bo‗lishi mumkinligiga shubhalanadilar. Masalan, Skeptitsizmning asoschilaridan 
biri Pirron (eramizdan oldingi taxminan 365-275 yillar) xissiy idrokni ishonchli 
deb hisoblagan (masalan, agar biron narsa subektga achchiq yoki shirin tuyulsa, 
shu haqidagi fikr haqiqat bo‗ladi), yanglishuv esa, uningcha subekt bevosita 
hodisadan mohiyatni, obekt asosini bilishga o‗tmoqchi bo‗lganda paydo bo‗ladi. 
Uning fikricha, obekt haqidagi har qanday davoga uning mazmuniga zid bo‗lgan 
davoni qarama-qarshi qo‗yish mumkin. Demak skeptik uzil-kesil hukmlardan 
tiyilib turmog‗i lozim. 
Dunyoni bilishni qisman yoki butunlay inkor qiluvchi falsafiy talimot 
bo‗lgan agnostitsizm vakillari inson dunyoni bilishga qodir emas, degan g‗oyani 
ilgari surishadi. Masalan, ingliz faylasufi D.Yum talimotiga ko‗ra, bilish obekti, 
bilimlarimizning manbai obektiv borliq emas, balki subektiv sezgi va 
idroklarimizdir, biz o‗z sezgi va idroklarimiz chegarasidan tashqarida nima 
borligini bila olmaymiz. 
Ilm va fan yutuqlariga asoslangan faylasuflar insonning dunyoni va o‗zini 
bilishni doimo etirof etib kelganlar. G‗arb falsafiy tafakkuri va unga xos bilish 
tamoyillari rivojida antik davr muhim o‗rin tutadi. Bunda Milet, Ioniya, Eley 
maktablari vakillari, ayniqsa, Geraklit, Zenon, Protagor, Demokrit, Epikur kabi 
allomalarning fikr mulohazalari ahamiyatga molikdir. Geraklitning hamma narsa 
o‗tmishdan kelajak tomon oqib, abadiy o‗zgarib turadi, bilish ana shu tamoyilni 
o‗zlashtirib olish lozim, degan xulosasi hozirgacha ham o‗z ahamiyatini 
yo‗qotmagan.
Suqrot insonni, uning bilish xususiyatlari, ahloqi va aqlini falsafiy 
izlanishlar markaziga qo‗ygan, eng avvalo o‗zining xayoti, turmush tarzi va 
fikrlashini o‗z g‗oyalariga monand qilishga uringan edi. Chunki, Kadimgi
Yunonliklarga manaviy komillik bilan jismoniy barkamollik, dunyoqarash bilan
amaliy turmush, so‗z bilan ish uyg‗unligi aynanligiga intilish xislati xos edi.
Uning fikricha, birinchidan, dunyo bilan inson o‗rtasidagi aloqadorlik ikki 
tomonlamadir. Ulardan birini ustun qo‗ygan zaxoti yo mutloq pragmatizm yoki 
mutloq relyativizm vujudga keladi. U aql-idrokni ulug‗langanligi bilan insonni 
borliqdan ajratmaydi, iloxiy kuch uni o‗z tasir doirasida ushlab turadi. Ikkinchidan,
inson passiv obektiv emas, unga izlanish, yon atrofni o‗zgartirish xos. Biroq, bu
say-harakat «o‗zgartirish uchun» bo‗lmasligi kerak, chunki barcha o‗zgarish 
negizida inson manaviyatining takomillashuvi yotadi. Uchinchidan, tashqi 
dunyoni o‗zgarishi kishiga tom manoda baxt keltirmaydi, chunki o‗zgargan tashqi 
dunyoni qabul qila olishga, u bilan uyg‗un yashashga loyiq ichki dunyo, ruhiy 
manaviy olamni o‗zgartirish zarur keyin xayotni, tashqi dunyoni o‗zgartirish 
maqsadga muvofiqdir. 


Suqrot nazarida inson qiziquvchanlik orqali ko‗p narsani bilishi mumkin. 
Uning «Agar qiziquvchan bo‗lsang, ko‗p narsani biladigan bo‗lasan», deya 
takidlashi bejiz emas. Bilish insonga ilohiy ruh tomonidan berilgan. Inson ilohiy 
ruxga intilib, ko‗p narsani biladi yoki bilishi mumkin, agar unga intilmasa nopok, 
yomon yo‗llarga kirib ketadi. Demak, inson ilohiy kuchning, ruhning borligini 
yodda tutgan holda bilimga intilishi zarur, zero bilim ezgu amallar asosidir. 
Platonning bilish nazariyasi uning g‗oyalari talimoti va ruh, jon xaqidagi 
qarashlaridan kelib chiqadi. Faylasuf fikriga ko‗ra, hamma ham xaqiqatni to‗la 
to‗kis bilish qobiliyatiga ega emas. Ayniqsa falsafani bilish ayrim kishilargagina 
xosdir. Uni xaqiqiy bilimga ega bo‗lmagan ham to‗la idrok eta olmaydi. Xaqiqiy 
bilimga ega xudo uchun bilimning xojati yuq, bilimi yuq g‗ofil uchun esa falsafa 
kerak emas, chunki u o‗zining g‗ofilligi bois bilimning nima uchun kerakligi 
bilmaydi. Faylasuf esa oqil (xudo) bilan g‗ofil (banda) o‗rtasida turadi. 
Platon inson bilimga ega bo‗lganligi uchun barcha narsalar meyoridadir, 
degan tezis ilgari suriladi. Platon inson bilimini, bilish faoliyatini mavjudlik va 
taraqqiyot belgilaridan, mezonlaridan biri sifatida talqin etadi.
Aristotel Platonning bilish nazariyasidan farqli tarzda, Demokrit singari 
olamni, tabiatni bilish sezgilar orqali amalga oshadi, bilishning predmeti va manbai 
kishi ongidan tashqaridagi mavjud olam, degan fikrni ilgari surgan. Uning 
takidlashicha, olamni bilish sezgidan boshlanadi. Sezgi tirik organizmga taalluqli 
bo‗lib, u tashqi olamning tasiri tufayli yuzaga keladi. Sezgilar ko‗rish, eshitish, 
tam bilish va xid sezgilariga bo‗linadi. Sezgi azolari orqali yakka-yakka jism va 
xodisalarning sifat hamda xususiyatlari to‗g‗ri aks ettiriladi. Bundan ko‗rinadiki, 
Aristotel olamni bilishda empirik, sensualistik fikrda bo‗lgan ayni paytda 
ratsionalizmga ham katta ahamiyat bergan. Aristotel bilish jarayonida empirik va 
ratsional bilimlarning birligini takidlaydi-yu, ammo bu masalada izchil bo‗la 
olmagan. U tafakkurni sezgilardan obektiv reallikdan ajratib qo‗yib, uning 
manbaini mutloq aql, mutloq shakl tashkil etgan degan xulosaga kelgan. 
Ajdodlarimizning qadimgi kitobi «Avesto» diniy-falsafiy merosimizning 
eng yorqin namunasidir. Malumotlarga ko‗ra, kitob bir necha avlodlar tomonidan 
yaratilgan bo‗lib, shu asnoda unda gnoseologik tushuncha va tamoyillar tizimi 
takomillashib borgan. «Avesto» zardo‗shtiylikning asosiy kitobi bo‗lganidan bu 
dinga xos bilimlar tizimini o‗zida ifodalagan. Shu bilan birga, kitobda inson 
qobiliyatlariga, ularning manaviyat va amaliy faoliyat uchun ahamiyatiga katta 
o‗rin berilgan. Kitobda aytilishicha, insonning olamni anglash jarayonidagi bilimi 
haqiqatning g‗alabasi uchun kurashda befarq turmasligida, yashash tarzi, manaviy 
qiyofasi, ijtimoiy faoliyati, «ezgu fikr», ―ezgu so‗z‖ va «ezgu amal»ida o‗z 
ifodasini topadi. Ana shunday fazilatlarga ega bo‗lgan kishigina zulmat va jaholat 
ustidan g‗alaba qilishi, yaxshilik urug‗ini sochishi, yaxshi nom qoldirishi, 
boshqalarning taqsini va minnatdorchiligiga sazovor bo‗ladigan bilimlarga 
erishishi mumkin. 
Markaziy Osiyo mutafakkirlari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‗bek, 
Navoiylar ham insonning dunyoni va o‗zini bilish masalasi haqida to‗xtalib, inson 
tabiat va jamiyatni hamda o‗zini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va idroklardan 
boshlanib, tafakkurga tomon rivojlanib boradi, inson aqli — faol, u bilishning 


asosiy qurolidir, deyishadi. Ular inson bilishi malum narsalardan nomalum narsalar 
tomon rivojlanib boradi, deb ko‗rsatishgan. 
«Sharq Arastusi» yuksak unvoniga sazovor bo‗lgan o‗z davrining buyuk 
mutafakkirlaridan biri, Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi 
hodisalarni bilish jarayonida o‗zlashtiradi. Bu jarayon sezish, idrok etish, xotira, 
tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy mulohaza yuritish, tafakkur kabi 
usullarni qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson fanni o‗rganadi. Forobiy 
«Fan va sanatning o‗ziga xos xususiyatlari» asarida tabiatni bilishning 
uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, 
hodisani bilishdan mohiyatni bilishga eltuvchi yo‗l ekanligini qayd etadi. 
Abu Rayhon Beruniy, tabiat va uning obektiv qonunlari mavjudligiga 
shubha qilmagan. U tabiat muttasil o‗zgarish va rivojlanishda bo‗ladi, materiya 
narsalar shaklini o‗zi yaratadi va o‗zgartiradi, jon (tafakkur, manaviy hodisalar) 
tananing muhim xossasidir, deb takidlagan. Malumki, tajriba, eksperiment borliqni 
bilish usullaridan biri hisoblanadi. Beruniy shunday deb yozadi: «Mendagi 
ishtibohni 
faqat 
tajriba 
va 
takroriy 
sinov 
bartaraf 
etishi 
mumkin, 
...so‗zlovchilarning yakdilligiga qaramay, buning haqiqiyligi tajribada o‗z 
tasdig‗ini topmagan». Tajribada olingan bilimni mutafakkir ayrim meyorlarga 
muvofiq ishonchli bilim deb talqin qiladi. Ularning orasida obektlarning 
kuzatuvchanligi, tajribalarning qayta o‗tkaziluvchanligi va kuzatishlarning 
tekshiriluvchanligini qayd etish mumkin.
Beruniy ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖, ―Masud qonunlari‖, 
―Xindiston‖ kabi asarlarida ijtimoiy bilimlarning mazmun-moxiyatiga katta
etibor bergan. Olim fikricha, odamlar o‗rtasidagi munosabatlar, kishilarning
yashash tarzi, moddiy extiyoj, qiziqish, manfaat, talab va maqsadlari ijtimoiy
bilimlarni vujudga keltirgan va takomillashtirgan. Masalan, kishilar o‗rtasidagi
hamfikrlilik odamlarning birlashish ehtiyojlari mavjudligi, himoya qilish
qurollari kamligi va dushmanlardan o‗zini ximoya qilish zaruratini xis qilishi
tufayli vujudga kelgan. Beruniyning tabiiy-ilmiy qarashlari «Geodeziya», 
«Mineralogiya» asarlarida o‗z ifodasini topib, unda dunyoning o‗ziga xos
tabiiy-ilmiy manzarasi va tabiat hodisalarini bilish masalalariga katta etibor
qaratilgan. 
Bilish masalalari Ibn Sinoning «Qushlar tili», «Donishnoma», «Tib 
qonunlari» kabi (100 ga yaqin) asarlarida ham o‗z ifodasini topgan. Uning
nazarida, o‗z ibtidosini Allohdan olgan borliq va tabiat insonni o‗rab
turuvchi abadiy makondir. Shu jixatdan uni bilishdagi ahamiyati, qadri
beqiyos, inson esa hamma ilmlarni tabiatdan oladi, undan o‗ziga davo izlaydi 
va topadi. 
Ibn Sino moddiy dunyo predmetlarini sezgilar manbai deb hisoblab, ularning 
obektiv tabiatini tashqi moddiy dunyo inikosi sifatida yoritadi. Bundan tashqari, u 
sezgini materiyaning xossalaridan biri deb etirof etadi. Alloma sezgini 
materiyaning oliy shakllari bilan bog‗laydi. Ibn Sino mavjud narsalarni tasniflar 
ekan, sezgi hayvonlar deb ataluvchi jismlarga xosligini qayd etadi.
Ibn Sino bilishda xissiy bilish, sezgilar va sezgi azolarining 
ahamiyatini takidlagan. Uningcha, tashqi va ichki sezgilar mavjud, tashqi 


sezgilar odamni olam bilan bog‗laydi va besh xilga bo‗linadi: ko‗rish, 
eshitish, tam-maza bilish, xid va teri sezgisi. Ichki sezgilar qabul etish, 
xotirada saqlash va tasavvur etish uchun xizmat qilib, tashqi sezgilar asosida
shakllanadi. Ibn Sino sezgi va xissiy qabullashdan tashqari, aql, tafakkur va
tajribaning bilishdagi ahamiyatiga o‗z diqqatini qaratgan. Mantiqiy bilish, 
uning mohiyati va xususiyatlari to‗g‗risida qimmatli fikrlarni bayon qilgan. 
Tasavvuf falsafasi vakillari esa o‗z qarashlarida insonning hissiy bilishi 
tashqi bilishni, akliy bilish esa ichki bilishni tashkil qilishini aytishib, ularning 
o‗zaro bog‗likligini ham uqtirganlar. Shu bilan birga, ular inson dunyoni va o‗zini 
bilishi uchun manaviy kamolotga erishmog‗i lozim, lekin bu kamolotga erishish 
quruq intilish bilan emas, balki o‗qish, o‗rganish, bilimlarni va hunarlarni egallash, 
jamiyatda boshqa kishilar bilan o‗zaro muloqotda va munosabatda bo‗lish orqali 
yuzaga keladi, deyishadi. 
Tasavvuf ilmining eng ulug‗ namoyandalaridan biri Ahmad Yassaviy
tafakkurning o‗sha zamonga mos keladigan tushunchalarini namoyon bo‗lishi va 
amal qilish shartlarini tariflab bergan So‗fiylik asoslarini targ‗ib qiladigan «Devoni 
xikmat» majmuasida manaviy tafakkurning asosiy shakllari poklik, xayo, 
bardosh va sabr-qanoat, xushxulqlik, beozorlik, xokisorlik kabi xislatlar 
ekanligini ko‗rsatgan.
Tasavvufning boshqa oqimlari kabi Naqshbandiylikda ham olamni 
bilish, avvalo, Allohni bilish, uning kuch-qudratini anglashdir. Bu borada insonga 
ong, tafakkur ato etilgan. Har bir kishi ular vositasida dunyoni anglaydi, uning
sirlaridan voqif bo‗ladi, olamdagi botiniy va zoxiriy narsalar mazmun-
moxiyatini bilib oladi. Naqshbandiya tariqatida Alloh visoliga etish uchun
dunyodan voz kechish yoki tarki dunyo qilish emas, balki ―Dil ba yoru, dast ba 
- kor‖ («Qo‗ling ishda, ko‗ngil allohda») bo‗lmog‗i, poklik, hayo, kamtarinlik 
komil insonning asosiy fazilatlari bo‗lishi lozimligi uqtiriladi. 
Umuman olganda, Naqshbandiya talimotidagi kamtarinlik, saxiylik,
bag‗rikenglik, mehr-shavkat, xayri-exson, o‗zaro yordam, do‗stlik va birodarlik, 
tenglik va totuvlik, sofdillik, mehnatsevarlik, poklik, odillik va bilimdonlik kabi 
olg‗a surilgan g‗oyalar o‗z mazmuni va mohiyati bilan umuminsoniy xarakterga 
ega bo‗lib, o‗zining nazariy va amaliy ahamiyatini yo‗qotgani yo‗q. 
Yangi davrda Evropa faylasuflari ham insonning dunyoni va o‗zini bilishi 
haqida qimmatli fikrlarni bildirishadi. Masalan, ingliz faylasufi F.Bekon, inson 
bilishi sezgilardan boshlanadi, bilishning manbai tajribadir, sezgilar orqali olingan 
dalillarni inson tafakkur yordamida qayta ishlab chiqadi, deydi. U inson bilish 
jarayoni fan va amaliyot bilan bog‗liq ekanligini, ularga xizmat qilishi lozimligini 
aytadi. Bilishning birdan-bir to‗g‗ri yo‗li Bekonning fikricha, tajriba va tahlildir. 
Yani xususiy dalillardan umumiy nazariyalar tomon yo‗nalish, mavjud barcha 
narsa va xodisalarga ilmiy uslubda yondashish g‗oyasini ilgari suradi. 
Fransuz olimi Rene Dekartning bilish falsafasida bilimning xaqiqiyligiga 
shubxa uyg‗otmaydigan, xaqiqatga erishishning aniq usullari masalasi ustivor edi.
Bunday yondashish Dekartning barcha asarlarida, jumladan, «Uslub xaqida 
fikrlar» deb nomlangan falsafiy asarida o‗z ifodasini topgan. Hamma narsaga 
shubha bilan qarash, shubha qilish Dekartning bilishdagi asosiy tamoyili edi. 


Falsafa 
tarixida 
Dekart 
ratsionalizmning 
asoschisi 
xisoblanadi.
Ratsionalizm (bilish nazariyasi yo‗nalishi) matematik bilimning mantiqiy 
xarakterini bir yoqlama tushunish natijasida vujudga keladi. Matematik bilimning 
umumiy va zaruriy xarakteri Dekartga aqlning o‗z tabiatidan kelib chiqqandek 
tuyulishi sababli, u bilish jarayonida deduksiyaning favqulotda rol o‗ynashini 
ko‗rsatadi. Bu deduksiya intuitiv tarzda payqaladigan, to‗la ishonchli 
aksiomalarga tayanadi. 
Nemis faylasufi I.Kant esa insondan va uning ongidan tashqarida obektiv 
borliqning mavjudligini etirof qilgan holda, undagi predmet va hodisalarni 
«narsalar biz uchun» va «narsalar o‗zida»ga bo‗ladi. Uning fikricha, «narsalar biz 
uchun» — bu insonni qurshab turgan predmetlar va hodisalar, shu jumladan, tabiat 
ham. «Narsalar o‗zida» esa: erkinlik, o‗lmaslik, xudo va shu kabilardir. Ularni 
inson hech qachon to‗liq bila olmaydi. Kant o‗z bilish nazariyasida e‘tiqodga o‗rin 
qoldirish, uni mustahkamlash uchun aqlni tanqid qiladi va cheklaydi. U inson 
aqlini nazariy va amaliy aqllarga bo‗ladi, amaliy aql uningcha, cheklangan. Uning 
qarashicha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilishga ham ega 
bo‗lavermaydi. Inson bilishida insonning tajribasigacha unda aprior (lot. arriori - 
so‗zidan olingan bo‗lib, tajribadan oldin degani) bilimlar bo‗ladi. Bu aprior 
bilimlar tug‗ma bilimlardir. Inson aqli bu bilimlarga tajribagacha ega bo‗lgan 
bo‗ladi. Kantning fikricha, falsafiy bilimlar ayni shunday aprior bilimlardan 
iboratdir. 
Nemis mumtoz falsafasining so‗nggi vakili L.Feyerbax inson dunyoni 
bilishga qodir, inson dunyoni bilish uchun qancha sezgi azosi kerak bo‗lsa, 
shuncha sezgi azosi insonda mavjud deb uqtiradi. Uningcha, sezgilar bilish 
jarayonining boshlang‗ich bosqichi bo‗lib, sezgi azolari insonni tashqi dunyo bilan 
bog‗laydi. Feyerbax fikricha, sezgi azolari insonni tabiat bilan tanishtiradi, lekin 
tabiatni tushuntirmaydi. Inson bilishining yuqori bosqichi tafakkurdir. 
Tafakkurning asosiy vazifasi esa sezgi azolari orqali yig‗ilgan malumotlarni 
to‗plash, solishtirish, tahlil qilish, izoxlash, umumlashtirish, shular asosida 
ularning ichki mazmunini ochish va ulardan xulosalar chiqarishdir. Tafakkur tashqi 
dunyoni bevosita, chuqurroq aks ettiradi. 
Fransuz marifatchilari Didro, Golbax, Gelvetsiy, Volter va Lammetriylar esa 
insonning dunyoni bilishi masalasida fikr yuritishib, sezgilar tafakkurning asosi 
ekanligini, ular inson bilishining quyi boshlang‗ich bosqichi, tafakkur esa eng 
yuqori, murakkab bosqichi ekanligini tan olaganlar.
Malumki, turli ijtimoiy-iqtisodiy davrlardagi kishilarning bilish darajasi fan 
taraqqiyoti, texnika rivojining darajasi va ko‗lami, jamiyat ishlab chiqarish usuli 
qo‗ygan vazifalari bilan belgilanadi. Inson dunyoni va o‗zini bilishi bilan 
cheklanmaydi, balki bu bilish natijasida hosil qilgan bilimlari orqali u tabiat va 
jamiyatni, dastavval, o‗zini - o‗z ongini, o‗z manaviy dunyosini o‗zlashtiradi va 
o‗zgartiradi. 

Yüklə 272,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin