Tafakkur uslubining asosiy jihatlari.
Malumki, odamlar qadimdan
«uslub» tushunchasini sanat, adabiyot, arxitektura asarlari xususiyatini izohlash
uchun ishlatganlar. XX asrda bu tushuncha yangicha manoda qo‗llanilmoqda. Ko‗p
hollarda, avval malum bo‗lmagan, «tafakkur uslubi» yoki «ilmiy tafakkur uslubi»
kabi lingvistik atamalarga duch kelinmoqda. Bu tushunchalar nimani ifoda etadi va
ularning paydo bo‗lishiga sabab nima?
Tafakkur uslubi bilish taraqqiyotining muayyan tarixiy bosqichidagi ilmiy
tafakkurning asosiy, belgilovchi tavsifini o‗zida ifoda etadi. Ko‗p xollarda
«tafakkur uslubi», «o‗rganish uslubi», «yondoshish metodi» tushunchalari
sinonimlar sifatida qo‗llaniladi. Shu sababli metafizik, eklektik, sofistik, dialektik
va boshqa tafakkur uslublari haqida gapirish mumkin.
«Tafakkur uslubi» tushunchasini ilmiy nuqtai nazardan aniqlash muhim
nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Biroq, bu vazifani hal qilish bir qator
qiyinchiliklar bilan bog‗liq, negaki «tafakkur uslubi» juda keng manodagi
tushunchadir. Shuning uchun dastavval, umumiy shaklda, uning asosiy
ko‗rinishlarini belgilash mumkin.
Avvalo shuni takidlash kerakki, tafakkur uslubi hissiy va aqliy bilimga
asoslangan, voqelikni vositali inikos etishdir. Malumki, inson tafakkurida uni o‗rab
turgan voqelikdagi narsa va hodisalarni aks ettirish ularning mantiqiy obrazini
o‗zida ifodalagan tushunchalar yordamida amalga oshiriladi. Tushunchalar
umumiiy xarakterga egaligi bilan tavsiflanadiki, ular tufayli narsa va hodisalarning
muhim tomonlarini aniqlab olish mumkin bo‗ladi.
Muayyan tushunchalar sistemasi yordamida erishilgan bilimlarni mantiqan
anglab olish ham tafakkur uslubining xarakterli belgilaridandir. Bunday anglab
olishga qayta-qayta mulohaza qilish yo‗li bilan erishiladi. Natijada inson ongida
turli narsalar, hodisalar hamda ularning tomonlari va xossalari o‗rtasidagi o‗zaro
bog‗lanish aks etadi.
Inson uchun uni o‗rab turgan olam va uning rivojlanish qonuniyatlari
to‗g‗risidagi yangi bilimlarni aks ettirish, anglab olish, turli hayotiy vaziyatlarda
muvofiq keladigan xulq va amaliy yo‗nalishni tarkib toptirish uchun zarurdir. Ular
tushunchalar sistemasi yordami bilan mulohaza qilish natijasidagi aqliy yakunlar,
xulosalar tufayli vujudga keladi.
Tafakkur uslubining turli xillariga xos xususiyatlarni aniqlash uchun, oddiy
(kundalik), ilmiy (professional) va falsafiy tafakkur uslublarini bir-biridan farqlash
maqsadga muvofiqdir.
Oddiy tafakkur uslubi deganda, inson o‗z ongida narsalar olamini, so‗z,
jumlalar orqali aks ettirib, ularni anglab olishda mavjud empirik faktlarga
asoslanib, xatti-harakat yo‗nalishini belgilashi tushuniladi. Ya‘ni, oddiy tafakkur
uslubiga har qanday bilish jarayoniga xos bo‗lgan xususiyatlar muvofiq keladi.
Biroq, bunga asoslangan holda tafakkur uslubini mantiqiy tafakkur shakllari bilan
aralashtirib yubormaslik kerak. Masalaning mohiyati shundaki, agar tushuncha,
mulohaza va xulosalar subekt aqliy faoliyatning mantiqiy shakllarini tashkil etsa,
tafakkur uslubi esa mazkur mantiqiy shakllar yordamida namoyon bo‗lib, uning
ichki mazmunini ifodalaydi.
Bu belgilar – ilmiy (professional) tafakkur uslubining ajralmas elementlari
bo‗lsada, uni xarakterlash uchun etarli emas. Chunki, ilmiy (professional) tafakkur
darajasida olam va uning rivojlanish qonuniyatlarini aks ettirish, anglash hamda
maqsadga muvofiq yo‗nalishini belgilab olish muayyan ilmiy prinsiplar, g‗oya,
nazariya va u bilan bog‗liq bo‗lgan tayyor holdagi mavjud tushunchalar apparati
bilan amalga oshiriladi. Bunday sharoitda tafakkur funksiyasi yangi erishilgan
bilimlar bilan oldindan mavjud bo‗lganlarini taqqoslashga qaratilgan bo‗ladi. Bu
taxlit taqqoslash jarayonida, bir tomondan, oldindan mavjud bo‗lgan bilimlar
chuqurlashadi, kengayadi va aniqlashadi, ikkinchi tomondan, yangi bilimlar
to‗planadi va takomillashadi.
Yangi erishilgan bilimlarni anglab olishda mavjud nazariyalar sistemasi
hamda tamoyillar bilan bir qatorda, turli faoliyat sohasida oldindan to‗plangan
bilish tajribasi ham muhim ahamiyatga ega. Kasbiy tajriba, mavjud nazariya
sistemasi bilan birgalikda yangi erishilgan bilimlarning amaliy qimmatini
baholashning muhim etaloni sifatida namoyon bo‗ladi. Masalan, texnik tafakkur
ilgari to‗plangan texnik tajribalarni hisobga olib ishlab chiqilgan, olimlarning
faoliyati natijasida moddiylashgan mashinalar, mexanizmlar sistemasini aks
ettiradi va anglab oladi. Ana shu ilmiy asos va texnik (professional) tajriba
zaminida turli mexanizmlarni amaliy jihatdan qo‗llanishda yaroqli yoki
yaroqsizligi bilib olinadi.
Mavjud ilmiy prinsiplar, nazariyalar hamda o‗tmishda to‗plangan
professional tajriba yordamida yangi erishilgan bilimlarni aks ettirish va anglab
olish – barcha ilmiy tafakkur uslubiga xos asosiy belgidir. Chunonchi, tibbiy
tafakkurda bemor kasalligining belgilarini aks ettirish va anglab olish,
davolanishning optimal yo‗llarini belgilash, mavjud meditsina bilimlari sistemasi
va vrachlik tajribasi yordamida zamonaviy meditsina texnikasini qo‗llash orqali
amalga oshiriladi.
Fanning har bir sohasida muqarrar tarzda nazariyalar, prinsiplar sistemasi
mavjud, ular orqali odamlarni o‗rab turgan voqelikdagi narsa va hodisalar hamda
ularning rivojlanish qonuniyatlari to‗g‗risida erishilgan yangi bilimlar aks ettiriladi.
O‗zining turli-tumanligi, xususiyatlarining boyligi bilan xarakterlanadigan
professional tafakkur ana shunga asoslanadi.
Umuman olganda, ilmiy (professional) tafakkur, oddiy tafakkur kabi amaliy
xarakatga muvofiq keladigan pozitsiyani ishlab chiqishda o‗rganiladigan obektlar
haqidagi bilimlarni vositali aks ettirish va anglab olishni ifoda etadi. Lekin,
oddiydan farqli ravishda, ilmiy (professional) tafakkur tayyor bilimlarning
muayyan yig‗indisini taqozo qiladi. Uning asosida inson bilish faoliyati va amaliy
harakati uchun muvofiq keladigan pozitsiyani ishlab chiqish jarayoni hamda uning
natijalarini baholash sodir bo‗ladi. Tabiat va jamiyat haqidagi aniq fanlar
mazmunini u yoki bu tarixiy bosqichga mos keladigan fundamental ilmiy
prinsiplar, g‗oya, nazariyalar, tayyor bilimlar tashkil etadi.
Ilmiy bilish va ilmiy tafakkur falsafiy uslubning ajralmas elementini tashkil
qiladi.Falsafiy tafakkur uslubi ilmiy (professional) uslubdan shu bilan farq qiladiki,
moddiy olam va uning rivojlanish qonuniyatlarini aks ettirish hamda anglab olish,
muayyan dunyoqarash va metodologik prinsiplar asosida amalga oshiriladi.
Binobarin, ilmiy tafakkur asosida yotgan xususiy-ilmiy g‗oya, nazariyalar
qatiyan belgilangan soha va chegaraga ega bo‗lsa, falsafiy qoidalar bunday
chegaraga ega emas. Moddiy olam taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini
aks ettiradigan falsafiy prinsiplar, qonun va kategoriyalar umumiylik xarakteriga
ega. Shuning uchun ham ular olamni bilish va qayta o‗zgartirishning umumiy
metodi sifatida namoyon bo‗ladi.
Falsafiy tafakkur uslubi, ilmiy tafakkur uslubi kabi, turli xil shakllarda
namoyon bo‗lish bilan xarakterlanadi. Bundan falsafiy tafakkur shakllarining ko‗p
qirraligi nimaga bog‗liq degan savol, muqarrar, kelib chiqadi. Bu savolga javob
berishda shu narsani hisobga olish kerakki, u yoki bu tafakkur uslubining mazmuni
falsafaning asosiy masalasini, tafakkurning borliqqa, ruhning tabiatga bo‗lgan
munosabatini hal qilish bilan belgilanadigan dunyoqarashlik va metodologik
xususiyati bilan belgilanadi. Agar dunyoqarashlik va metodologik jihatlar
mazmunni belgilasa, ularning konkret namoyon bo‗lishi esa falsafiy tafakkur
uslubining shaklini tashkil etadi.
Falsafiy tafakkur uslubi biluvchi subektning dunyoqarashlik va metodologik
prinsiplar xarakteri bilan uzviy bog‗langandir. Shuning uchun dunyoqarash va
metodning o‗zgarishi, tafakkur uslubining o‗zgarishiga olib keladi. Binobarin,
tafakkur uslubi shakllanish jarayonida metod va dunyoqarashga aks tasir etadi,
ilmiy bilish sohasida u yoki bu vazifani hal qilish bilan bizning oldimizga yangi
vazifalarni qo‗yib, yangicha hal qilishga undaydi. Muayyan masala hal qilinishi
bilan u yangi tafakkur jarayoniga tasir etadi. Shu o‗rinda tafakkur uslubining
ijodiylik, faollik xususiyati namoyon bo‗ladi.
Tafakkur uslubi voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning rivojlanish
qonuniyatlarini muayyan kishilarning o‗ziga xos xususiyatlari, ehtiyojlari,
manfaatlari ijtimoiy munosabatlariga muvofiq keladigan empirik bilimlar, ilmiy
g‗oyalar, nazariyalar, dunyoqarash va metodologik prinsiplarga muvofiq tarzda
inikos etilishi va anglab olinish usulidir. Bu tarifda umuman barcha tafakkur uslubi
shakllariga xos bo‗lgan eng umumiy belgilar o‗z aksini topgan.
Tafakkur uslubining turli-tuman ko‗rinishlari: birinchidan, atrofni o‗rab
turgan narsa va hodisalar hamda ularning rivojlanish qonuniyatlarining inson
ongida to‗la va chuqur inikos etilish darajasiga bog‗liq. Bu esa, o‗z navbatida
tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida tafakkur anglab olishi lozim bo‗lgan
tushunchalar, tamoyillar, qonunlar sistemasiga bog‗liq. Ikkinchidan, u jamiyatning
ijtimoiy tuzilishi, milliy anana va urf-odatlar, shaxsning individual ijodi,
shuningdek, manaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning majmui bilan taqozo
etiladi.
Tafakkur uslubi insoniyatning ish uslubiga bevosita tasir qiladi. Muayyan
ilmiy nazariya, metodologiya va dunyoqarash prinsiplariga suyangan tafakkurning
aniq va ravshanligi amaliy faoliyatda bo‗layotgan voqealarni muayyan nuqtai
nazardan tahlil qilishga, ularning kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari haqida
xolisona xulosa chiqarishga, amaliyotda to‗g‗ri foydalanishga imkon tug‗diradi.
Bunday tafakkur uslubi hozirgi istiqlol davrida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy
taraqqiyotning ilmiy asoslangan strategiya va taktikasini ishlab chiqishda katta
ahamiyat kasb etmoqda.
Dostları ilə paylaş: |