Haqiqat konkret yoki mavhum, mushohadaviy va fikriy xulosalar, tushuncha
va tasavvurlarning obektga mosligidir.
Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy adabiyotida obektiv haqiqat tushunchasi tez-
tez uchrab turadi. Obektiv haqiqat – bu bilimlarimizning shunday mazmuniki, u bir
kishiga ham, butun insoniyatga ham bog‗liq emas.
Haqiqatning obektivligini u
mavjud olamning inikosi bo‗lishi belgilaydi.
Haqiqatning obektivligi vaqt va zamondagi o‗tish manosida ketma-ketlik,
izchillik va vorislikning asosi hisoblanadi.
Haqiqat bu jarayondir. Obektiv haqiqatning jarayon bo‗lish xususiyati ikki
xil tarzda namoyon bo‗ladi: birinchidan, bu obektni to‗liqroq inikos ettirishga
tomon qaratilgan o‗zgarishlar jarayonidir, ikkinchidan esa, konsepsiyalar,
talimotlar strukturasida xatolik va yanglishishlarga barham berish jarayoni hamdir.
Bu jihatdan qaraganda xaqiqat o‗zi ifodalangan bilimlarning mazmuniga
ko‗ra subektga bog‗liq bo‗lmasada (bu manoda u obektiv haqiqat deb ataladi),
lekin u o‗z ifodalanish shakli jihatdan subektga bog‗liq bo‗ladi. Ko‗p
hollarda
haqiqat mazmuniga ko‗ra obektiv, shakliga ko‗ra nisbiydir.
Bilish nazariyasida nisbiy va absolyut haqiqat shakllari muhim o‗rin tutadi.
Absolyut va nisbiy haqiqatlar masalasi insoniyat rivojining malum bosqichida
kishilarning bilish jihatidan murakkab tashkil topgan obektlar bilan aloqador
bo‗lgan, har qanday nazariyalar ushbu obektlarni tugal anglash davosini qilishga
qodir bo‗lmagan davrlardagi dunyoqarash muammosi sifatida yuzaga chiqqan.
Absolyut (mutlaq) haqiqat deganda o‗z obektiga aynan mos bo‗lgan va
bilishning keyingi taraqqiyoti davomida inkor etilmaydigan bilim, xulosa va
hukmlar tushuniladi.
Absolyut haqiqat -o‗rganilayotgan obektlarning umumiy va alohida
tomonlarini aniq-ravshan hamda voqelikning muayyan jihat va xususiyatlarini
tugal bilishi, nisbiy haqiqatning keyingi bilish jarayonida ham saqlanib qoladigan
mazmunini
tashkil etishi, olam, undagi eng murakkab sistemalar to‗g‗risida hech
qachon inkor qilinmaydigan to‗liq bilimdir. Masalan, 1913 yilda XX asrning eng
yirik fizigi Nils Bor o‗zining mashhur to‗ldiruvchanlik prinsipini tariflab berdi. Bu
prinsipga ko‗ra, haqiqatligi muayyan hodisalar guruhi uchun aniqlangan va
tasdiqlangan bilim va nazariyalar yanada kengroq predmet sohasini qamrab olgan
yangi, yanada chuqurroq bilim va nazariyalar paydo bo‗lishi bilan mutlaqo
noto‗g‗ri deb uloqtirib tashlanmaydi, balki nisbiy haqiqat sifatida bu yangi
nazariyalarning chegaraviy shakli yoki xususiy holati sifatida saqlanib qoladi.
Klassik mexanika bilan nisbiylik nazariyasi, moddalar ximik tuzilishining klassik
va hozirgi zamon nazariyasi va ko‗p boshqa nazariyalar o‗zaro ana shunday
munosabatda bo‗ladi.
Nisbiy haqiqat - borliqdagi predmet va hodisalar to‗g‗risidagi taxminan
to‗g‗ri, lekin to‗liq bo‗lmagan,
bilish jarayonimizda tuzatilib, to‗ldirilib borishi
lozim bo‗lgan bilimlarimizdir.
Har qanday mutlaq haqiqat nisbiy haqiqatlarning Cheksiz jamlanib
borishidan vujudga keladi, har bir nisbiy haqiqatda esa mutlaq haqiqatning zarrasi,
donasi mavjud bo‗ladi. Ilm - fan taraqqiyotida har bir yangi bosqich nisbiy
haqiqatlar sifatida mutlaq haqiqatning mazmuniga yangi - yangi zarralar qo‗shib
boradi. Borliq bepoyon va Cheksiz bo‗lgani kabi, insonning uni bilishi ham
Cheksiz davom etadi.
Haqiqat mavxum emas, balki aniq (konkret) bilimlardir. Har bir bilimning
haqiqatligi malum joyga, vaqt va vaziyatga, kishi
bilishining imkoniyatiga va
darajasiga bog‗liq. Hamma zamonlar, makonlar, hamma davr va har qanday
sharoitda ham to‗g‗ri bo‗ladigan, o‗zgarmaydigan haqiqatlar yo‗q va bo‗lishi ham
mumkin emas.
Haqiqatni xatodan farq qiladigan mezon bormi? Bu savolga turli falsafiy
oqimlar turlicha javob berib kelganlar.
Masalan, XX asrda neopozitivizm oqimi vakillaridan bazilari, haqiqatning
mezoni, deb kogerensiya prinsipini (yani bilimning o‗z-o‗ziga mos kelishi)
oladilar. Neopozitivizmning boshqa bir guruhi vakillari esa bilimlarning haqiqatlik
mezoni sifatida verifikatsiya prinsipini yani, bilimlarni hissiy tajriba,
kuzatish,
eksperiment yo‗llari bilan tekshirishni oladilar. Biroq bizga malumki, fanlarda
paydo bo‗lgan bazi g‗oyalar va qarashlarning haqiqatligini bunday hissiy tajribalar
asosida tekshirib bo‗lmaydi.
Empiriokratitsizm (maxizm) tarafdorlari, xususan Bagdanov haqiqat mezoni
sifatida bilimlarni, ko‗pchilik tomondan olinganligini tushunadilar, ular ko‗pchilik
ham barovar adashishi va xato qilishi mumkinligini esdan chiqarib qo‗yadilar.
Pragmatizm oqimi vakillari esa, har qanday bilimning haqiqatlik mezoni
uning insonga keltiradigan foydasi bo‗lishi kerak, deyishadi. Haqiqatda esa,
foydali bo‗lish, foyda keltirish hali inson bilimlarining haqiqatligi mezoni
bo‗lmaydi.
Ekzistensializm falsafasi vakillarining bazilari bo‗lsa, inson bilimlarining
haqiqatligi mezoni har bir kishining o‗z ehtiyoji,
maqsad va manfaatlariga
bog‗likdir, deyishadi. Lekin, hech qachon turli kishilarning ehtiyoji, intilishlari bir-
biriga to‗la mos kelmasligini ular nazarda chetda qoldirishadi.
Bilimlarning haqiqatligi mezoni amaliy faoliyatdir. Amaliyot insonning
dunyoga o‗ziga xos munosabati usuli bo‗lib, u tashqi olamdagi obektiv mavjud
narsa va hodisalarga faol tasir etish, ularni o‗zlashtirish, o‗zgartirish va qayta
qurish yo‗li bilan insonning uni o‗rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhitga kirib borish
jarayonidir. Amaliyot bilish jarayonida hosil bo‗lgan har bir bilimning
haqiqatligini tasdiqlash bilan birga, bu bilimning cheklanganligini, xatoligini ham
aniqlab beradi. Lekin amaliyotni ham haqiqat mezoni sifatida mutlaqlashtirish
mumkin emas. CHunki inson bilimlarining haqiqatligi yoki xatoligi amaliyotda
tasdiqlanishi to‗liq bo‗lmaydi, amaliyotda sinab ko‗rish imkoniyati bo‗lmagan
bilimlar ham mavjud. Uning ustiga amaliyotning o‗zi ham o‗zgarib rivojlanib
boradi.
SHunga
qaramasdan, amaliyot haqiqat mezoni sifatida insonning to‗g‗ri
bilimlarini xato bilimlaridan farq qilishda katta ahamiyatga ega. Bu mezon,
birinchidan, inson bilimlari borliqning to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri inikosi ekanligini
tasdiqlasa, ikkinchidan, u borliqni noto‗g‗ri aks ettiruvchi qarashlarning xatoligini
ham ochib beradi.
Falsafa amaliyotga kategoriyalar, yani amaliyotning barcha shakllariga xos
bo‗lgan umumiy jihatlari nuqtai nazaridan yondoshadi.
Inson amaliyot orqali obektiv mavjud bo‗lgan narsa va hodisalarga faol tasir
etib, ularni o‗zlashtirish, o‗zgartirish yo‗li bilan o‗zini o‗rab turgan tabiiy –
ijtimoiy muhitga kirib boradi. Inson amaliy faoliyati borliqni o‗zgartirishga
qaratilgan jarayon bo‗lib, u obektiv va subektiv tomonlar yig‗indisidan iborat.
Albatta, amaliy faoliyatning subektivligi insonning qobiliyati, maqsadga muvofiq
hatti harakati, obektiv tomoni essa boshlang‗ich material, faoliyat vositalari va
olingan mahsulotni anglatadi.
Umuman olganda
amaliyot insonning dunyoga, o‗ziga xos munosabat
usulidir.
Dostları ilə paylaş: