Bilishda obekt va subektning o‘zaro aloqasi.
Bilish jarayoni juda
murakkab bo‗lib, u subektiv va obektiv tomonlarning birligidan, subektning
obektga tomon borishidan iborat.
Bilishning falsafiy nazariyasiga ko‗ra, bilish moddiy va manaviy borliqning
inson miyasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faol aks etishidir. Inson bilishining
manbai moddiy va manaviy borliq, ularni tashkil qilgan narsa va hodisalardir.
Bilish moddiy va manaviy borliqning inson miyasidagi subektiv obrazlari, ramzlari
va belgilaridir. Inson o‗z miyasida faqat tabiiy va ijtimoiy borliqni, ularning
qonuniyatlarini aks ettirib qolmasdan, balki o‗zining manaviy-ruhiy va insoniy
borlig‗ini ham inikos ettiradi. Buning manosi shuki, inson borliqni oynada aks
ettirgandek inikos ettirmaydi. Insonning dunyoqarashi, bilim darajasi, hayotiy
tajribasi va hokazolar bilish jarayonida o‗z tasirini ko‗rsatadi. Bilish obektiv
dunyoning subektiv obrazidir, degan fikrda katta mano bor.
Inson bilishi o‗z moxiyatiga ko‗ra ijtimoiy bo‗lib, u inson ijtimoiy
faoliyatining bir shakli sifatida tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining
qonunlarini inson tomonidan o‗zlashtirishning real jarayoni tarzida subekt va
obektning o‗zaro munosabatida vujudga keladi.
Inson bilishining obekti va subekti deganda nimani tushunamiz?
Bilishning subekti umuman olganda insondir. Ammo abstrakt inson yo‗q,
bo‗lmaydi. Shu sababli bilishning subektini borliqdagi predmet va hodisalar bilan
bevosita yoki bavosita muayyan tabiiy va ijtimoiy munosabatlarda bo‗luvchi, kishi
yoki kishilar guruhi tashkil qiladi.
Bilishning obekti subektning bilish doirasiga kirgan, uning bilishi qaratilgan
borlikdagi aniq narsa va hodisalardir
.
Inson bilishining tabiatini obekt-subekt o‗rtasidagi munosabatini to‗g‗ri
tushunish asosida bilib olish mumkin. Bunda inson faolligi muhim rol o‗ynaydi.
Inson borliqni faqat bilib olish uchungina o‗rganmaydi, balki u borliq va
uning qonunlarini bilib olishi bilan tabiatga, jamiyatga va o‗ziga faol tasir
ko‗rsatib, tabiatni, jamiyatni va o‗zini o‗zgartirib boradi. Bu erda inson bilishining
amaliyot bilan chambarchas bog‗liqligini namoyon bo‗ladi.
Inson bilishini unda borliq qanday aks etishiga qarab oddiy-kundalik va
ilmiy bilishlariga ajratish mumkin. Insoniyat tarixining dastlabki davrlaridayoq
tabiat va olam haqidagi eng oddiy malumotlar beruvchi kundalik amaliy
bilimlarning manbai, asosi kundalik turmush tajribalari bo‗lib, unga oddiy
malumotlar yig‗indisi sifatidagi tarqoqlik va notizimlilik xosdir. Oddiy kundalik
bilish kundalik oddiy kuzatish, hayotiy tajriba asosida borliqdagi narsa va
xodisalarni insonning o‗z sezgi va tafakkurlari orqali bilishidir. Masalan,
hammaga ayonki kechadan so‗ng kunduz va yana kecha kelishini va u Cheksiz
davom etishini hamma biladi, yoki yil fasllarini almashinib turishi, biridan keyin
ikkinchisi kelishini ham hamma biladi. Ammo hamma ham nega shunday bo‗ladi?
Sababi nimada ekanligi bilan qiziqmaydi?
Kundalik bilim haqiqatni qayd etsada, uni nomuntazam va isbotsiz amalga
oshiradi. Bunday bilimning xususiyati shundaki, odatda, u inson tomonidan ongsiz,
kundalik tajribaga asoslangan holda qo‗llaniladi.
Kundalik noilmiy bilim tarqoq, notizimli bilim bo‗lib, u qonunlar bilan
izohlanmaydi va formallashtirilmaydi. Voqea va hodisalarni ilmiylik mezonlari
nuqtai nazaridan asosli tushuntirmaydi. Kundalik noilmiy bilimning qatiy tizimi va
klassifikatsiyasi bo‗lmaydi.
Bugungi kunda, noilmiy bilimning quyidagi shakllari ham etirof etiladi:
Parailmiy bilim (mavjud standartlarga mos kelmaslik), yolg‗on ilm (turli
aqidalardan ongli ravishda foydalanish), kvaziilmiy bilim (zo‗ravonlik va majbur
qilish metodlariga asoslanib o‗ziga hamkor izlaydi), antiilmiy bilim (haqiqat
haqidagi tasavvurlarni ongli buzish va utopizm), psevdoilmiy bilim (ananaviy
nazariyalarni targ‗ib qiluvchi intellektual faollikda namoyon bo‗ladi) va boshqalar.
Demakki, noilmiy bilim tarqoq, notizimli bilim sifatida tushunilib, u
qonunlar bilan izohlanmaydi va formallashtirilmaydi, mavjud dunyoning ilmiy
manzarasiga qarama-qarshi turadi. Noilmiy bilim kimningdir uydirmasi yoki
yolg‗on emasligini anglash zarur. Chunki u (ratsionallikdan farq qiluvchi) o‗zining
normalari, etalonlari, bilish vositalari va manbalariga ega bo‗lgan aniq intellektual
asoslarda shakllanadi.
Eng umumiy manoda ilmiy bilish obektiv olamdagi narsa va hodisalar
haqida obektiv haqiqiy bilimni egallash jarayonidir. Ilmiy bilish narsa va
hodisalarni izohlash, tushuntirish va bashorat qilish kabi vazifalarni bajaradi.
Ilmiy bilish esa ana shu hodisalarining mohiyati, sababi, qonun va
qonuniyatlarini ochib berishga yo‗naltirganligi bilan ajralib turadi. Demakki, ilmiy
bilish borliqdagi predmet va hodisalarning qonuniyatlarini, ularning mohiyatini
bilishdir. Ilmiy bilish, odatda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borish
asosida amalga oshadi.
Inson bilishi bilmaslikdan bilishga, aniq bo‗lmagan bilishlardan, to‗liq
bo‗lmagan, qisman bilishlardan to‗liqroq bilishlarga, oddiy bilishdan murakkab
ilmiy bilishlarga tomon borishidan iboratdir.
Hissiy, mantiqiy, empirik, nazariy, intuitiv bilish darajalari, ularning o‗ziga
xosligi va aloqadorligi. Inson bilishida bilishning qanday paydo bo‗lishi jihatidan
hissiy, mantiqiy, empirik, nazariy, intuitiv, g‗oyibona bilish kabi ko‗rinishlari ham
mavjud.
Hissiy bilish - insonning his qilishi, sezgi azolari orqali predmet va
hodisalarni, ularning tashqi tomonlarini bevosita idrok qilish tushuniladi.
Hissiy bilish inson bilishining dastlabki bosqichi bo‗lib, uning natijasida
inson miyasida predmet va hodisalarning belgilari, signallari, hissiy obrazlari hosil
bo‗ladi.
Hissiy bilish bosqichi: his qilish, sezgi, idrok va tasavvur kabi shakllarda
sodir bo‗ladi.
His qilish - inson bilishining shunday shakliki, unda kishi o‗z-o‗ziga,
atrofdagi narsa-hodisalarga, kishi yoki kishilarga bo‗lgan munosabatida o‗zining
muayyan holatga kirishi, muayyan holda bo‗lishidir.
Sezgi - hissiy bilishning dastlabki shakllaridan bo‗lib, u insonning borliqni,
undagi narsa va hodisani bilishning o‗ziga xos ko‗rinishidir.
Sezgi va sezgilar insonning sezgi azolariga borliqdagi predmet va
hodisalarning bevosita yoki bilvosita tasiri natijasida yuzaga keladigan hissiy
obrazlardir. Sezgilarni hosil qiluvchi bunday sezgi azolari insonda tashqi va ichki
holatlarda joylashgan bo‗lib, ular: ko‗rish, tam bilish, teri sezgisi va eshitish sezgi
azolaridir, qolganlari ichki sezgi azolari hisoblanadi. Bu sezgi azolari insonning
borliqni bilishida o‗ziga xos bir vosita bo‗lib, ular orqali predmet va hodisalar
haqidagi dastlabki malumotlar inson miyasiga qabul qilinadi. Inson bu sezgi
azolari orqali borliqdagi predmet va hodisalarning tashqi belgi va xususiyatlarini
bilib oladi.
Biroq his qilish va sezgilar insonning borliqni bilishi uchun hali etarli emas.
Buning uchun inson o‗zining hissiy bilishida his qilish va sezgilar shakllarida hosil
qilgan malumotlarini to‗plab, umumlashtirib, ularni bir butun holda inikos ettirishi
ham lozim bo‗ladi. Hissiy bilishning bunday yangi shakli idrokdir.
Idrok - borliqdagi predmet va hodisalarni yaxlit hissiy obrazidir. U o‗zida
his qilish va sezgilar shakllaridagi obrazlarni jamlab ifodalovchi xususiyatga ega.
Biroq insonning hissiy bilishi idroklar shakllarida yuzaga kelgan hissiy malumotlar
inson miyasida qayta ishlanib, hissiy bilishning yangi, yuksak shaklini hosil qiladi.
Bu tasavvurdir.
Tasavvur - ilgari idrok etilgan, ammo ayni vaqtda bevosita idrok
etilmayotgan predmet va hodisalarning inson miyasidagi qayta ishlanib, tiklangan
hissiy obrazidir.
Hissiy bilishning tasavvur shaklida predmet va hodisalarning ikkinchi
darajali, muhim bo‗lmagan xususiyatlari tashlab yuborilib, faqat ayrim muhim
xususiyatlarigina inikos etgan bo‗ladi. Shu tufayli tasavvur predmet va hodisalarni
umumlashtirgan, mavhumlashtirgan darajada aniq hissiy shaklida inikos ettiradi.
Aqliy yoki mantiqiy bilish hissiy bilish bergan malumotlarga suyangan
holda insonning predmet va hodisalarni ularning eng muhim tomonlari,
mohiyatlarini tafakkur orqali umumlashtirib, mavhumlashtirib va konkretlashtirib,
ularni fikrda ifodalanishidir. Faqatgina aqliy bilishgina bizga narsa va
hodisalarning mohiyatini bilib olish imkoniyatini beradi.
Aqliy bilishda inson tafakkuri borliqdagi predmet va hodisalarning izchil
bog‗lanishlari va aloqadorliklarini, ularning harakat, o‗zgarish va rivojlanish
qonunlarini malum fikr shakllari —tushuncha, hukm va xulosa chiqarish kabilarda
ifodalaydi.
Tushuncha - predmet va hodisalar, ularning muhim va zaruriy belgi va
xususiyatlarining umumlashtirilgan, mavhumlashtirilgan va ayni choqda
aniqlashtirilgan fikri obrazidir. U bilish jarayonida malum guruhdagi narsalarni
bazan malum, umumiy, muhim belgilariga ko‗ra umumlashgan xolda ajratib aks
ettiradi. Umuman olganda, tushuncha abstrakt tafakkur shakli sifatida bazi
narsalarni umumlashtirish va shu narsalar uchun umumiy bo‗lgan belgilar
yig‗indisini fikran ajratish natijasidir. Tushuncha muhim jihatlar va xossalarni
aniqlaydi va ularni o‗zida mujassamlashtiradi: tushuncha mohiyatning fikrda
ifodalangan obrazidir. Shuning uchun ham oz sonli tushunchalar son-sanoqsiz
narsalar – xossalar va munosabatlarni qamrab oladi.
Hukm — mantiqiy bilishning shunday fikriy shakliki, unda borliqdagi
muayyan predmet va hodisalar, ular o‗rtasidagi bog‗lanish va aloqadorliklar haqida
tasdiq yoki inkor fikr ifodalanadi. Hukm – fikrning shunday shakliki, uning
yordamida tushunchalarning haqiqatga mosligi tasdiqlanadi yoki inkor etiladi.
Xulosa chiqarish - mantiqiy bilishning shunday shakliki, unda bir yoki bir
necha hukmlar asosida yangi hukm — yangi fikr hosil bo‗ladi. Xulosalash inson
mantiqiy bilish bosqichining yuqori shaklidir.
Shunday qilib, insonning bilish jarayoni hissiy bilish shakllari: his etish,
sezgi, idrok va tasavvurlardan boshlanib, aqliy bilish shakllari: tushuncha. xukm va
xulosa chiqarish shakllarida tafakkurda qayta ishlanib, bilishning «quyi»
bosqichidan, «yuqori» bosqichi tomon ko‗tarilib boradi.
Xissiy va akliy bilish, bilish jarayonining bir-biridan ajralmas ikki boskichi
bo‗lib, ularning birini rolini oshirib yuborish va absolyutlashtirish mumkin emas.
Xissiy bilish bergan dalillarsiz akliy bilishning bo‗lishi mumkin bo‗lmaganidek,
akliy bilishsiz narsa va xodisalarning moxiyatini bilib bulmaydi.
Shuningdek bilish empirik va nazariy ilmiy bilish darajalariga ham
bo‗linadi. Ilmiy bilishning empirik darajasi kuzatish, eksperiment, o‗lchash,
guruhlarga ajratish, sinflarga bo‗lish, ilmiy tasnifga doir amallarni o‗z ichiga oladi.
Ilmiy bilishning nazariy darajasida gipotezalarni ilgari surish, ilmiy
nazariyni yaratish, qonunlarni tariflash, bir gipoteza va nazariyani boshqalari bilan
taqqoslash, shuningdek, umumlashtirish, tushuntirish va avvaldan aytish amallari
bajariladi.
Malumki, empirik bilish biluvchi inson – subektning hissiy qobiliyatlari
bilan chambarchas bog‗langan bo‗ladi. Biroq tajribaning vosita va shakllari xissiy
qabullashga nisbatan muayyan avtonomlikda bo‗ladi. Masalan, bosimni aniqlovchi
asbobning ko‗rsatishi qayd qilinsa, bu bilish amali hali ilmiy dalil bo‗la olmaydi.
Ilmiy dalil kuzatishlar natijalarini biror fikr ko‗rinishida – yani «strelka shkala
bo‗limlarining 760 mm simob ustunini ko‗rsatayapti», - degandan boshlanadi.
Agar nazariy bilish to‗g‗risida gapiradigan bo‗lsak, bu bilishda bizning hissiy
qobiliyatlarimiz qatnashadi. Buning uchun elementar geometriyadagi teoremalarni
isbotlashni ko‗rsatishimiz mumkin, bu erdagi fikrlar geometrik shakllarni
uchburchaklar, kvadratlar, aylanalar va shunga o‗xshash qabullashimizga
asoslanadi.
Avvalo, bu bilish darajalari o‗zlarining predmetlari bo‗yicha farqlanadi.
Izlanuvchi ilmiy bilishning bu ikki darajasida ham ayni bir obekt bilan ish ko‗radi,
biroq obekt har bir darajada turlicha namoyon bo‗ladi. Empirik bosqichda subekt
hodisalarni kuzatish bilan band bo‗ladi, hodisalarning munosabatlari –
bog‗lanishlarini qayd qiladi. Nazariy darajada esa kuzatilayotgan hodisalarni
yuzaga keltirgan sabablari to‗g‗risidagi gipotezalar aytiladi. Odatda sabablarni
aniqlash o‗rganilayotgan obektning mohiyatini ochish bilan bog‗liqdir.
Nazariyaning vazifasi, jumladan sababni aniqlagan holda hodisaning tabiatini
tushuntirishdir.
Empirik va nazariy ilmiy bilish darajalari bilish vositalari bo‗yicha farq
qiladi. Empirik darajada subekt o‗zi o‗rganayotgan obekt bilan bevosita o‗zaro
tasirda bo‗ladi, uni kuzatadi yoki parametrlarini o‗lchaydi. Bunda bilish vositasi
sifatida obekt to‗g‗risida malumot olib beradigan tegishli asboblar bilan
qurollangan holda ko‗rish yoki eshitish qobiliyatidan foydalanish mumkin. Nazariy
darajada subekt bilish obekti to‗g‗risida bilvosita fikrlashi mumkin, yani bunda u
tajribada olingan natijalar asosida ish ko‗radi.
Ilmiy bilish darajalari shuningdek, tushuncha vositalari va tili bilan ham farq
qiladi. Empirik atamalar belgilarini sistemalashtirish (tavsiflash) asosida
shakllanadi. Hosil qilingan tushunchalar (atamalar) empirik tavsiflash sistemasini
tashkil qiluvchi fikr – davolar tarzida tartiblanadi. Bunday empirik fikrlarni
bevosita tekshirish imkoni bo‗ladi. Masalan, «dinamometrning strelkasi 100
bo‗linish shkalasini ko‗rsatib turipti», - degan fikr haqiqiy bo‗ladi, agar o‗sha
asbob rostdan ham shkalaning shu bo‗limini ko‗rsatayotgan bo‗lsa. Nazariy
fikrlarga kelsak, ularning mavqei empirik fikrlardan anchagina farq qiladi.
Nazariyaning tushunchalari – atamalar nazariy bilish darajalariga xos vositalari
bilan o‗rganiladigan obektlarning yuksak abstraksiyalar, ideallashtirishlardir.
«Moddiy nuqta», «absolyut qattiq jism», «ideal gaz» singari ideallashtirilgan
tushunchalar yaxshi tanish. Bunday ideallashtirishlarni o‗z ichiga olgan nazariy
fikrlarning ham haqiqiyligi sinab ko‗riladi. Biroq bunday sinov – tekshirishlarda
tajribaga bevosita «chiqish» bo‗lmaydi, bunday ularni nazariya ichida ham,
empirik fikrlarni amallarni talab qiladi.
Odatda empirik fikrlar ham nazariy yuklamaga ega bo‗lib, nazariyasiz inson
aslida nimani kuzatayotganini va nima uchun eksperiment o‗tkazayotganini, yani u
nimani izlayotganini, nimani o‗rganayotganini bilmagan bo‗lardi. Masalan,
kuzatishlar asosida «jism to‗g‗ri chiziqli tekis harakat qilayapti» deb aytilagan fikr
bunday harakatni tasnif qilish mumkin bo‗lgan ideal sxemaga tayanishnitalab
qiladi, bu o‗z navbatida, klassik mexanikadagi to‗g‗ri chiziqli tekis harakat
nazariyasini foydalanishni taqozo qiladi. Tajriba dalillarining nazariyaga
bog‗liqligi bazan go‗yo kuzatishlar va eksperimentlarning natijalari turli
nazariyalar uchun birday bo‗lmaydi. Biroq bunday davo bilan kelishib bo‗lmaydi,
chunki kuzatishlar va o‗lchash amallarida ayni bir vosita, asbob, sonli shkalalar va
shunga o‗xshashlardan foydalaniladi. Bundan tashqari, fan tarixi shuni
ko‗rsatadiki, empirik bilish natijalari uzoq vaqtgacha o‗zining avtonomligini
saqlashi va malum vaqt o‗tgandan keyingina nazariy bilishga o‗z tasirini o‗tkazishi
mumkin. Masalan, fransuz fizigi A.Bekkerelning (1896 yilda) kashf etgan uran
tuzining tabiiy nur aktivligi fizikaning taraqqiyoti uchun ulkan ahamiyatga ega
bo‗ldi. Faqat yillar o‗tgandan so‗nggina «radioaktivlik», yani nur aktivligi nomini
oldi. Bu avval M.Kyuri nazariyasi so‗ngra E.Rezerford nazariyasida tushuntirib
berildi. Biologiyadagi buyuk voqealar, angliyalik olim Robert Guk tomonidan
(1668 yilda) hujayraning mavjudligi aniqlangandan boshlandi. Yillar o‗tgach,
M.Shleyden va T.Shvan (1838 – 1839 yillar) tomonidan hujayra nazariyasi deb
atalgan konsepsiya ilgari surilib, shakllantirildi.
Intuitiv bilish o‗z tabiatiga ko‗ra, hech qanday hissiy idroksiz va mantiqiy
muhokamasiz biror bir yangi fikrning birdaniga, kutilmaganda tug‗ilishidir. Ammo
intiutiv bilish kishining oldingi tajriba, ko‗nikma, malaka va erishgan bilimlariga
asoslangan holda yuzaga kelishini, busiz intiutiv bilishning bo‗lishi mumkin
emasligini ham esdan chiqarish kerak emas.
Inson bilishini turlarga bo‗lishda intuitiv bilishdan farkli ravishda qadimdan
g‗oyibona bilish haqida ham turli fikrlar mavjud. G‗oyibona bilish inson
bilishining shunday turiki, bunda kishi uzoq masofadan turib sodir bo‗lgan yoki
sodir bo‗ladigan hodisa va voqeani bilishi, his qilishi bu hodisa va voqeaning
qanday sodir bo‗lishi unga ayon bo‗ladi.
Lekin shuni aytish kerakki, g‗oyibona bilishning hozircha mexanizmi fanga
malum emas. Shu sababli ko‗pincha g‗oyibona bilishni kishilar ilohiylashtirib,
bunday bilish faqat aziz-avliyolarga, alohida g‗ayri tabiiy xususiyatlarga ega
kishilarga xos, deb qarab kelishmoqda.
Inson bilishini yana uning ijtimoiy hodisalari bilan bog‗liqligiga ko‗ra, uni
mifologik bilish, diniy bilish, falsafiy bilish, badiiy-estetik bilishlarga ajratish ham
mumkin. Ulardan falsafiy bilish fanning falsafiy masalalarining muhim bir
bo‗limini tashkil qiladi. U bilishning umumiy tabiati va mohiyatini, bilishning
subektiv va obektiv munosabatini, bilishda amaliyotning roli kabi masalalarini,
bilish jarayonining dialektik xarakteri, bilishda haqiqat muammosi kabi
masalalarini o‗z ichiga oladi.
Ong – tafakkur va borliqning birligi. Inson ongi murakkab va serqirra
hodisadir. U to‗g‗ridagi tasavvurlar juda xilma-xil bo‗lib, ular kishilar bilimi va
hayotiy tajribalarining turli-tumanligi bilan bog‗liq. Ong, uning mohiyati,
mazmuni, namoyon bo‗lish jihatlarini tushunishni aksariyat hollarda kishilarning
moddiy ananalariga, ularning diniy qarashlari ham belgilaydi. Ongning tabiati
ko‗plab manolarni o‗z ichiga oladi, chunki u eng umumiylikka, bilvositalikka va
predmetli o‗ziga xoslikka egadir.
Hozirgi vaqtda fanda ongni tatqiq qilish fanlararo xarakterga ega. Ongning
falsafiy tushunchasi psixologiya, lingvistika, semiotika, mantiq, antropologiya,
biologiya, kulturologiya va ularga tutash bo‗lgan fanlarda olingan yangi natijalarni
umumlashtiradi. Ong haqidagi bugungi mulohazalar falsafiy va ilmiy
argumentlarning shunday bog‗lanishlari bilan xarakterlanadiki, bular chegarasida
bu jihatlarni amalda ajratib bo‗lmaydi.
Ong tushunchasining shakllanish tarixi bizga uning asosiy sifatlari haqida
mulohaza yuritishimizga imkon beradi. Birinchidan, bu ongning instrumental
(kognitiv va kommunikativ) jihozlanganiga tegishli bo‗lib, ongning turli – tuman
til (nutq), tushuncha (mantiqiy) va obrazli – sezgi vositalari odamlarning kundalik
hayotlarini, ularning bilish va kommunikativ faoliyatlarini taminlaydi. Ongning
instrumental vositalari insonning nafaqat bilim olishi va muomala qilish, balki
ularni saqlash, qayta tiklash va baholashga, tanlashni amalga oshirib, qaror qabul
qilishga imkon beradi. Ongning instrumental vositalari odamlarning ijodiy
faoliyatida, uning barcha ko‗rinishlarida namoyon bo‗lgani holda nihoyatda
sezilarli rol o‗ynaydi. Inson ongli hulqining instrumental xarakteri, inson yashash
tarzining qolgan barcha tirik mavjudotlarning yashash tarzidan farq qilishini
ko‗rsatadi.
Ikkinchidan, ongning sistemaviy sifatlari: bu sifatlarga ongning bir butun
tarzida bog‗langanligi va uning alohida strukturalari o‗zaro tasirining
muvofiqlanganligidir. Bog‗langanlik va muvofiqlanganlik sifatlari tufayli ong turli
turdagi jarayonlardan iborat eng murakkab sistema sifatida ishlaydi: ular fikrlash,
xissiy (sezgi, qabullash, tasavvur) va shuningdek, taasurotlar va intuitsiyadir.
Onglash jarayonining kechishi, unga tegishli bo‗lgan strukturalarning resurslari
bilan taminlanadi. Ongning har bir strukturasi boshqa strukturalar bilan o‗zaro
tasirlashib, etakchi rol o‗ynashi mumkin. Masalan, emotsional ong yoki hotirlash
deb gapiriladigan bo‗lsa, bu degani ongning boshqa strukturalari uning ishida
qatnashmayapti degani emas.
Uchinchidan, ongning intensional qobiliyati, bu ongning nimagadir,
kimgadir yo‗naltirilganligida, yoki nimadir yoki kimdir to‗g‗risida bo‗lganligida
ifodalanadi. Ongning yo‗nalganlik xossasa insonning dunyo bilan munosabatlarida,
insonning tarixiy, ijtimoiy, kulturologik individual – shaxsiy turli – tuman
aspektlarining munosabatlarida namoyon bo‗ladi. Ongning yo‗nalganlik konkret
hossalaridan odamlarning ongning faoliyatlarining predmeti kim (nima) ekanligi
to‗g‗risida fikrlash mumkin. Ong yo‗nalganligining «ichiga» yo‗nalganlik va
«tashqari»ga yo‗nalganlikni farqlash lozim. Ong inson borlig‗ining tashqi
dunyosiga, shuningdek, uning ichki dunyosiga yo‗nalgan bo‗lishi mumkin.
Insonning ichki dunyosiga yo‗nalganda uning yo‗nalganligi o‗z – o‗zini
anglashi, nazorat qilishi, o‗z – o‗zini tahlil qilish, baxolash va o‗z – o‗zini tartibga
keltirish va shunga o‗xshashlarda namoyon bo‗ladi.
To‗rtinchidan, ongning epistetik sifati inson ichki dunyosining holatini
ifodalaydi. Ongning epistemik sifatida odatda shubhalanish, ishonch holati, erk,
ishontirish singari holatlar nazarda tutiladi. Ongning bu holatlarining tabiati turli
belgilarning mujassamlanishidan iborat bo‗ladi. Masalan, ongning har bir holati
o‗zida bilim va boshqa informatsiyalari elementlari emotsiyalarning baholi –
qadriyatli sifatlari, erk xossasi, ongsizlik psixika elementlarini mujassamlashtirishi,
shuningdek, boshqa psixik va jism – tana omillarining tasirida bo‗lishi mumkin.
Masalan, biz biror narsada aybdorligimizni onglasak, qo‗rquv xissini sezamiz,
hayajonlanamiz, o‗zimizning ishonchimizni ifodalaymiz yoki qoniqish lazzatlanish
xissini sezamiz, bunday holatlarning umumiy belgilari ularning onglanganligining,
ishonchlilikning, qanoatlanganlikning, yoqimlilikning, qadriyatlilikning va shunga
o‗xshash onglanganlik darajasi bilan belgilanadi.
Ong tushunchasini xarakterlashda ko‗pincha uning «aql» va «idrok» degani
sinonimlaridan foydalaniladi.
«Aql» so‗zi qadimgi yunon so‗zi «logos»dan kelib chiqadi. Bu so‗zda
«yig‗moq», «tahlamoq», «tartibga solmoq» so‗zlarining va «gapirmoq»,
«nomlamoq» so‗zlarining manolari chambarchas bog‗langan.
«Obektiv aql» - bu tushuncha olamning aqlli tuzilgani prinsipini ifodalaydi.
Aql obektiv prinsip sifatida olamni bir butunga birlashtiradi, uni inson bilish uchun
kira oladigan qiladi. «Subektiv aql» tushunchasi esa insonning aqliy afzalliklarini
bildirib, uning bilishga, onglashga va harakatga qobiliyatliligini bildiradi. Obektiv
aql tushunchasi bugungi kunda bir muncha eskirdi, chunki olam o‗zining ratsional
tuzilishining soddaligi, ravshanligi va o‗zlashtiriluchanligi bilan insonni
quvontirayotgani yo‗q. Aksincha, dunyo to‗g‗risidagi bugungi tasavvur uni
murakkab va boshqarib bo‗lmaydigan tashkillanish tarzida namoyon qilmoqda.
Dunyo odamga hotirjamlikdan ko‗ra ko‗proq qayg‗urish, notinchlik olib kelmoqda.
Odamlar ilgarigidek olamning qandaydir biror atom katastrofasi yoki tabiiy
kataklizm tufayli umuman yo‗q bo‗lib ketishini kutgandek qiynalib
yashamoqdalar.
Ong haqidagi tasavvurlarning shakllanishida aql (razum) tushunchasi
qatorida idrok (rassudok) tushunchasi muhim rol o‗ynaydi. Inson idrok
qobiliyatlarining xarakterini tushuntirishda, Dj.Lokk idrokni xissiy tajriba
malumotlarini kombinatsiyalovchi qobiliyat sifatida tariflagan edi. Sensualizm
tarafdorlari aql insonning alohida qobiliyati sifatidagi rolini inkor qilar edilar.
Ratsionalizmga qarama – qarshi o‗laroq, idrok tushunchasining sezgilarga bog‗liq
bo‗lgan qobiliyat deyish bilan chegaralanar edilar. Biroq, I.Kant aql va idrokning
farqini yana qaytadan asoslashga harakat qildi. Unga ko‗ra, idrok mantiqning
shakllari va qoidalariga muvofiq fikrlaydi. Aql mulohazalar uchun asoslar beradi
va idrokka munosabatida tanqidiy vazifani bajaradi. Kantga ko‗ra, idrok va aql
insonning turli qobiliyatlaridir: idrok – predmetlar haqidagi mulohaza qilish
qobiliyati, aql esa – mulohaza xukmlarini tahlil qilish qobiliyatidir. Aqlning
vazifalarini ko‗rsatar ekan, I.Kant uni nazariy va amaliy aqllarga bo‗ldi.
Umuman olganda, ong faqat insongagina xos bo‗lgan, miyaning til va nutq
yordamida voqelik aksini umumlashtiradigan, maqsadga muvofiq, konstruktiv va
ijodiy namoyon bo‗ladigan oliy funksiyadir.
Bugungi kunda, avvaldagidan ham ko‗ra, shu narsa oydin bo‗lib
qolimoqdaki, jamiyatning hayotiy faoliyati, yashashga qobilligi ko‗p jihatdan
uning fuqarolarining sog‗ligi va energiyasiga bog‗liqdir. Birinchi tomondan,
jamiyat o‗z fuqarolarining ehtiyojlari har tomonlama rivojlanishi va ularning
qondirilishidan manfatdor. Ikkinchi tomondan, u ehtiyojlarni iqtisod, texnika va
siyosat imkoniyatlari bilan bog‗lab olib borishga intiladi. Tananing o‗sishi,
shakllanishi, keksayishi va o‗lishi vegetativ sistema sifatida, aql xukmiga bog‗liq
bo‗lmagan holda ro‗y berishi ravshan. Biroq, qadim – qadim zamonlardanoq tanani
pavarish qilish insonning biror bir ijtimoiy vazifani bajarish maqsadida amalga
oshirib kelinadi. Qul va hkmdorning, ritsar va koxinning, olim va ishchining tanasi
bir – biridan ancha farq qiladi, bu farq unchalik tashqi emas, balki ichkidir, yani
psixik reaksiyalar, kechinmalar, o‗z – o‗zini nazorat qilish va o‗z – o‗zini
boshqarish jihatidan bo‗lgan farqdir. Jismoniy o‗yinlar va raqslar, bo‗yalish va
tatuirovka, manera va imolarga o‗rganish, affektlar ustidan nazorat – bularning
barchasi tanani, uning ehtiyojlari va intilishlarini boshqarish usullaridir. Inson
sivilizatsiyalari hammavaqt tana sifatlarining shakllanishi uchun ko‗p kuch
sarflaganliklarini yoddan chiqarmaslik kerak. Shuning uchun hozirgi zamon
madaniyati va bugungi kunda inson tanasiga etibor uning ruhiga bo‗ladigan
etibordan kam bo‗lmasligi ravshan.
Hususan, ruhning ongsizlik chuqurliklariga qiziqish Z.Freyd va K.Yungning
ishlaridan boshlab shakllandi, so‗ng, falsafa, kulturologiya va boshqa sohalarda
rivojlantirildi.
Freydning asosiy g‗oyasi ongsizlikning energetik tabiatiga yoki energetik
potensialiga qaratiladi, buni ratsional foydalanish tahlil va nazoratni talab qiladi.
Ongsizlikning xossalarini ifodalab beradigan tushunchalar sistemasini yaratish
zarur. Ongsizlik insonning eng qudratli psixik energetikasi va informatikasi
manbalariga kiradi, ularni biz xulq, muloqot, bilish, baholash, qaror qabul qilish va
shunga o‗xshash motivatsiyalari deb nomlaymiz. Odamning ekstremal hayotiy
vaziyatlardagi hulqi kuzatilsa, uning motivatsiya kompleksida erkin energiya
miqdorining ortishida informatsiya etishmasligi (noaniqligi ro‗y bersa) ehtirosi
kuchayib, qanotsizlanish tuyg‗usi kuchayib ketishini ko‗rish mumkin. Vaziyat
informatsiya nuqtai – nazaridan ravshanlasha borgan sari energiyaning manfiy
qiymatlari pasayadi, taranglanish, zo‗riqish kamayib boradi va batamom yo‗qoladi.
Ongsizlik energetikasida erkin va bog‗lanish energiyasini farq qilish kerak. Erkin
energiya ongsizlik holatining faqat «lazzatli - nolazzatli» prinsipiga bo‗ysungan
eng harakatchan dinamikasini ifodalaydi, bu holatlarda biror narsaga ishonch yoki
shubha bo‗lmaydi. Agar ongsizlikning erkin energiyasi bevosita razryadkaga
intilsa, u holda bog‗lanish energiyasining razryadkaga harakati tormazlangan va
sekinlashgan bo‗ladi. Ongsizlik bog‗lanish energiyasining holati inson
psixikasining ancha katta tashkillanganligi yoki tartiblashganligicha bog‗liq
(shartlangan) bo‗ladi.
Freydga talimotiga ko‗ra, boshlang‗ich energiya, ruh va tananing resurslarini
taminlanishi – bu hammadan avval energetik jarayon, rohatlanish – istemol qilish
va qoniqishga o‗xshashdir. Ongsizlik tasavvuridagi syujetlar, fantaziyalarda
motivini topgan intilishlar va hoxishlar tarzida assotsiyalanadi. Psixoanaliktiklar
(tahlilchilar) psixik reallik tarzidagi fantaziyaning turli darajalarini ko‗rsatib
o‗tadilar. Bular quyidagilar bo‗lishi mumkin: ratsional (aqliy) aktlar («o‗ngdagi
tushlar») – insonning uyg‗oq vaqtidagi hikoyalar, bayonlar, dialoglar, illyuziyalar);
onglanmaydigan
tuyg‗ular,
avvaldan
sezishlar,
orzular;
tushlardagi
sublimatsiyalangan obrazlar; gallyusinatsiyalar, dovdirash, vahimaga tushish va
shunga o‗xshash anomal simptomlar elementlari bo‗lgan ehtiros aktlari.
Tasavvurda (taasurotda) istak (hoxish) predmeti bo‗lgan narsa ongning
ratsional (aqliy), ehtiros yoki erk sferasidan siqib chiqarilishi va ongsizlik tublarida
shakllanib, yo oddiy tushlarda yoki «o‗ngidagi tush»da namoyon bo‗lishi mumkin.
Freyd tushlarni tahlil qilishni ongsizlik tabiatini bilib etishning «shohona yo‗li»
deb atagan edi. Tush ko‗rishlardagi «siljish», «quyuqlashish» va «simvollashtirish»
mexanizmlari psixika ongsizlanish tashkillanishining har qanday ko‗rinish
shakllari uchun xarakterlidir.
Siljish va quyuqlashish mexanizmlarining ishlashi fazodagi va vaqtdagi
tutashlik va o‗xshashlikka ega bo‗lgan psixik assotsiatsiyalarning asosida yuzaga
keladi. Siljish o‗zi tufayli biror narsaga bo‗lgan nuqtai – nazarni keskin o‗zgartirib
yuborishi, diqqatni (aksentni) asosiy aksentlardan ikkinchi darajali aksentlarga
o‗tkazish, qadriyatlarga qayta baho berishga olib kelishi mumkin. Tushdagi
kognitiv obrazlar ularning tushuncha – o‗xshash shakllarining sezgi (ko‗rish,
eshitish va sh.o‗.) shakllariga siljishi hisobiga va aksincha siljishi hisobiga quriladi.
Siljish quyuqlashishga yordam beradi, quyuqlashish mexanizmlarining tasiri bir
necha assotsiativ – obraz zanjirlarining kesishlarida namoyon bo‗ladi. Tushdagi
obrazlarning quyuqlashishi ongsizlikning energetik va iformatsion oqimlarining
yig‗ilishini aks ettiradi. Unda, masalan, real hayot yo‗lining biror uzun va
murakkab bo‗lagi to‗g‗risida bayon qilib berishning «quyqasi» yig‗ilgan bo‗ladi.
Siljish va quyuqlashish mexanizmlari faqat tushdagina tasir ko‗rsatib qolmaydi.
Freyd, masalan, quyuqlashish – bu o‗tkir aqllilikning asosiy usullaridan biridir,
uning tasiri so‗zlarni talaffuz etish, yozishdagi xatolarda, so‗zlarni eslay
olmaslikda va shunga o‗xshashlarda namoyon bo‗ladi.
Simvollashtirish deb - ongsizlik intilishlar, hoxishlarni reprezentatsiya
qilishning obrazli ifodalanishiga aytiladi. Tush ko‗rish obrazi, yoki simptomining
maqsadi harakat va mulohazalarning ochiq manosi yoki mazmunini yashiruvchi
Shuning uchun mumkin bo‗ladiki, simvol uni faqat ifodalabgina qolmaydi, balki
o‗rnini ham oladi. Psixoanalizning nazariyotchisi va amaliyotchisi fransuz olimi
Jak Lakan (1901-1981)ning uqtirib o‗tishcha, simvollashtirish ongsizlikning faqat
shunday hodisalarini ifodalaydiki, ularni til va nutq vositalarida tartiblashtirish
mumkin bo‗lsin. Shuning uchun ongsizlikning amallari bo‗lmish siljish va
quyuqlashish simvollashtirishning xususiy hollari – bo‗lishi mumkin: siljish
metonimiya amaliga, yani predmetni uning qandaydir xossasi bilan almashtirish,
quyuqlashish esa metaforaga, yani bir predmetni boshqasiga o‗xshatish amaliga
to‗g‗ri keladi. Ongsizlik tabiatini bilib olish uchun Lakan «ko‗zgu modeli» dan
foydalanadi. Hususan, hayotning dastlabki paytlarida bolaning o‗zini bilib olish
akti tana – xissiy, ongsizlik aktidir. «Kuzgu» unga o‗zini boshqa odamga
qaragandek qarashga imkonini beradi, u o‗zining «ko‗zgu»dagi aksini so‗zlar bilan
identifikatsiya qilish elementlarini amalga oshira boshlagan paytda bilish akti ro‗y
beradi. Ana shu vaqtdan boshlab o‗zining ongsizligiga o‗tish boshlanadi. Bolaning
ongsizligi «ko‗zgu»da aks etadi, uning yordamida u o‗zini biladi (kashf etadi), va
shu bilan o‗z – o‗zini onglaydi.
Ongsizlik tushunchasi insonlararo munosabatlar dunyosini qarashda ham
qo‗llaniladi. Ongsizlikda sezilishlik, jism – tanalilik, aklliylikning, taacsurot,
intuitsiya, ixtiros, erk hotiraning yashirin, «berkitilgan» sifatlari mujassamlashgan
bo‗ladi. Ongsizlik manolarining mumkin bo‗lgan sharxlanishi (interpretatsiyasi) va
echilishlari insonga ana shu inson til yordamida uni o‗zining boshqalar bilan
muloqot munosabatlari sohasiga kiritishning uddasidan chiqqan paytda ro‗y beradi.
Odamlarning bunday muloqot modeli bir kishining ikkinchi kishiga munosabatini
ongsizlik funksiyasida aniqlashni ko‗zda tutadi.
Muloqot jarayonlarida suhbatdoshning nutqi ongsizlikning ko‗zgu
qiymatlari sohasida xarakaterlanishi mumkin, uni bilib olish uchun unga quloq
solish kerak. Bunday muloqotda har bir tomon boshqa tomonning ko‗zgusi bo‗lib
xizmat qiladi, unga har ikki tomon o‗z ongsizliliga qaragandek qaraydi va uni
onglashga harakat qiladi. Bizning ongimiz uchun ongsizlik sferasidir. Bizning
ongimiz o‗zganing ongiga «qarab oladi» va u bizga xuddi bizning ongsizligimiz
tarzida ochiladi. Psixoanaliz nuqtai – nazaridan «ongsizlik - onglilik» ko‗zga
munosabatlar metaforik modeli turli avlodlarga, turli tarixiy davrlarga, turli
madaniyatlarga tegishli turli tillarda gapirayotgan odamlar muloqotini tahlil
qilishda ayniqsa mahsuldordir.
Dostları ilə paylaş: |