yo‗lovchining yo‗lini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. Ilmiy bilish jarayonida
turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‗ra, ular keng va tor
ko‗lamda qo‗llaniladi. Har qanday fan o‗z predmetini o‗rganishda u yoki bu
obektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan foydalanadi. M:
ijtimoiy jarayonlarni o‗rganish metodi olamning ijtimoiy shakli, uning
qonuniyatlari, moxiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. (O‗qituvchi misol
tariqasida tushuntirishi kerak.)
Metod o‗z-o‗zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo‗lishini taminlay
olmaydi, chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo‗llash mahorati ham muhimdir.
Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‗ra,
ular keng yoki tor ko‗lamda qo‗llaniladi. Har qanday fan o‗z
predmetini
o‗rganishda y yoki bu obektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli
xususiy
metodlardan foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o‗rganish metodi
olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan
belgilanadi.
Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‗ra bir necha
guruhga bo‗linadi. Ular: falsafa, fan: umumilmiy, xususiy ilmiy,
fanlararo tadqiqot, ijtimoiy -gumanitar fanlar metodlaridir.
Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal
xususiyatiga ega bo‗lgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu
metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‗lni ko‗rsatadi. Mazkur metodlarga
falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz, sintez,
induksiya va deduksiya va xokazo taalluqli.
Agar maxsus metodlar obektning qonuniyatlarini o‗rganishning xususiy
usullari sifatida namoyon bo‗lsa, falsafiy metodlar shu obektlarda namoyon
bo‗ladigan, alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning eng umumiy
qonuniyatlarini o‗rganadi.
Eng qadimgi va keng tarqalgan falsafiy metodlardan biri dialektika bo‗lsa,
ikkinchisi metafizikadir. Bulardan tashqari sofistika, eklektika, analitik, intiutiv,
fenomenologik, sinergetik, germenevtik kabi metodlar ham mavjud. (O‗qituvchi
yuqoridagi metodlar to‗g‗risida tushuncha berishi kerak.)
Fan metodlari – malum fan tarmog‗iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda
vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‗llaniladigan usullar tizimidir. Har bir
fundamental fan, mohiyat-etibori bilan, o‗z predmetiga va o‗ziga
xos tadqiqot
usullariga ega bo‗lgan sohalar majmuidir.
Umumilmiy tadqiqot metodlari - falsafa bilan maxsus fanlarning
fundamental nazariy-metodologik qoidalari o‗rtasida o‗ziga xos «oraliq
metodologiya» bo‗lib xizmat qiladi.
Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‗lgan
muayyan fanda qo‗llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va
tartib-tamoillari majmuidir. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-
gumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir.
Fanlararo tadqiqot metodlari – asosan fan sohalari tutashgan joyda amal
qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida
yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar
kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‗llaniladi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlariga – etnometodologik, ideografik,
dialog, tushunish
va oqilona tushuntirish, hujjatlarni tahlil qilish, so‗rovlar
o‗tkazish, proektiv, testlash, biografik va avtobiografik, sotsiometriya, o‗yin
metodlari kiradi. (Bu metodlar mazkur fanlarning predmeti bilan bog‗liq maxsus
vositalar, metod va amallardan foydalaniladi.)
Hozirgi zamon metodologiyasi. Metodologiyaning hozirgi rivojlanish
bosqichining o‗ziga xos xususiyati ilmiy muomalaga mutlaqo yangi tushunchalarni
kiritish bilan bog‗liq ekanligini ko‗rish mumkin. Mazkur tushunchalarning
aksariyati muayyan (xususiy) fanlar sohasi bilan bog‗liqdir. Bunday tushunchalar
qatoriga hozirda ancha mashhur bo‗lgan bifurkatsiya,
fluktuatsiya, dissipatsiya,
attraktor, kumatoid (yunoncha–to‗lqin), «case studies», «abduksiya», evrestika
kabi innovatsion tushunchalarni kiritish mumkin.
Kumatoid - suzayotgan obektni anglatadi va obektlarning tizimli
xususiyatini aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo‗lishi, shuningdek yo‗qolishi,
parchalanishi mumkin.
«Case studies» atamasi pretsedentning, yani kuzatish ostida bo‗lgan va
tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig‗maydigan individuallashtirilgan
obektning mavjudligini aks ettiradi.
Abduksiya fikr yuritish orqali empirik faktlardan ularni tushuntiruvchi
gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi.
Shunday qilib, Metodologiya alohida metodlarning oddiy yig‗indisi,
ularning «mexanik birligi» ham emas. Metodologiya – turli darajadagi usul va
tamoyillarning faoliyat sohalari, yo‗nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar,
tuzilmalar
va hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi.
Ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‗nalishlarda turli-
tuman metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat
ko‗rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va
predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Xulosa. Insonning bilish qobiliyati, bilish imkoniyatlari, umuman olganda,
cheklanmagan. Uning bilish imkoniyatlari fanlarning va amaliyotning rivojlanishi
bilan yanada ortib boradi. Insonning bilishi faqat konkret avlod hayoti uchungina
cheklangan, xolos. Lekin bu bilish butun insoniyat hayoti uchun Cheksiz dir, inson
Cheksiz dunyoni Cheksiz bila boradi. Dunyoda inson
bilib olgan va hali bilib
ulgurmagan narsalar va hodisalarning tomonlari, xususiyatlari bor, xolos. Lekin bu
— inson ularni bilishi mumkin emas, degan manoni bildirmaydi, balki malum
davr, malum vaqtda inson — hozir bilmagan bu tomonlar va xususiyatlarni bilib
olishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: